8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Mart – Dekabr
Mavsum

Komodo orollarining nomi yer yuzidagi barcha geograf va zoogeograflarga tanish, chunki bu yerda noyob va sirli hayvonlar – yer yuzida 160 mln. yil avval qirilib ketgan tarixdan ilgarigi yirtqich kaltakesaklar saqlanib qolgan va yashab kelmoqda. Komodo – dunyodagi eng yirik reptiliyalar – komod drakonlari mavjud bo‘lgan milliy qo‘riqxona bo‘lib, ularning soni orolda bir necha mingga yetadi. Ushbu jonivorlarni ovlash qonun tomonidan taqiqlanadi, ularning o‘zi esa yo‘qolib borayotgan tur sifatida Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

JO‘NASH Har payshanba
QAYTIB KELISH Har juma
VIZA Talab qilinmaydi

Tur 2020-yilning 20-dekabriga qadar amal qiladi

 

Tur narxiga quyidagilar kiritilgan:

  • Balidagi Tijilli Benua 4* mehmonxonasida 2 tun
  • Kuala-Lumpurdagi Verdant Hill 4* mehmonxonasida 2 tun
  • 2 tun/3 kun – Bintang Flores 3* mehmonxonasida yashash bilan Komodo National Park ekskursiya dasturi (ovqatlanish dastur bo‘yicha)
  • 1 tun/2 kun – The Akmani Hotel Jakarta 4* mehmonxonasida yashash bilan Jakartada ekskursiya dasturi (nonushtalar)
  • Barcha transferlar dastur bo‘yicha
  • Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Kuala-Lumpur bo‘ylab individual tur (4 soat)

 

Quyidagilar qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Ichki aviaqatnov: Kuala-Lumpur – Bali – Labuan-Bajo – Jakarta – Kuala-Lumpur – barcha chiptalar uchun taxminan 420 dollar
  • Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent xalqaro aviaparvozlari
  • Kattalar uchun tarifning narxi – 5.193.000 so‘m
  • Bolalar uchun tarifning narxi – 3.895.000 so‘m
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun davlat kursi bo‘yicha so‘mda 8 dollar

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Payshanba – 23.00 da Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchish, juma 09.30 da Malayziyaga uchib borish

1

Juma – 1-kun (Bali)

Kuala-Lumpur – Denpasar parvozi Aeroportda kutib olish, Tijilli Benua 4* mehmonxonasida transfer. Bo‘sh vaqt

2

Juma – Shanba 1-2-kunlar (Bali)

Bali orolining ajoyib sohilida plyajda dam olish

3

Yakshanba – 3-kun (Bali – Labuan-Bajo)

06:30 Balida mehmonxonadan erta ko‘chirish

07:00 Bali aeroportiga kelish

08:00 Balidan uchish

09:15 Labuan-Bajo aeroportiga kelish va ingliz tilida gaplashuvchi gid bilan uchrashish

09:15 Obzorli turning boshlanishi (mahalliy bozorga, Oynali Grotga tashrif buyurish, shu yerdagi bandargohga va baliqchilar qishlog‘iga safar uyushtirish)

13:30 Mahalliy restoranda tushlik.

14:30 Mehmonxonaga transfer va Bintang Flores 3* ga joylashish

4

Dushanba – 4-kun (Labuang-Bajo)

06:00 Mehmonxonada nonushta

07:00 Komodo National Park dagi tezyurar qayiqda jo‘nash uchun mahalliy bandargohga transfer

07:30 Komodo oroliga katerda borish

08:30 Komodo orolidagi Loh Liangga kelish

08:45 Komodo drakonlari, shuningdek mahalliy faunaning boshqa qush va hayvonlarini izlab Banunggulungga trekking

10:45 Pushtirang plyaj (Pink Beach)ga jo‘nash, u yerda cho‘milish va niqob hamda trubka bilan suzish mumkin. Katerda suzish vaqtida lanch boks taqdim qilinadi.

12:30 Rincha (Rinca) oroliga katerda suzish

13:00 Loh Buayaoga kelish

13:15 Komodo drakonlarini izlab WaeWasoga trekking, shuningdek bu yerda siz boshqa yovvoyi qushlarni uchtatishingiz mumkin

15:15 Katerda Bidadari oroliga o‘tish va trubka hamda niqobda sho‘ng‘ish, orolning oppoq qumida hordiq chiqarish

17:00 Labuan Bajoga qaytib kelish

17:10 Labuan Bajoga qaytish va mehmonxonaga joylashish.

5

Seshanba – 5-kun (Labuan Bajo – Jakarta)

08:00 Mehmonxonada nonushta

11:00 Ko‘chish, aeroportga transfer

11:30: Komodo aeroportida ro‘yxatdan o‘tish

14:30 Jakartaga uchish

16:10 Jakartaga kelish

16:30 The Akmani Hotel Jakarta 4* mehmonxonasiga transfer

6

Chorshanba – 6-kun (Jakarta – Kuala-Lumpur)

Mehmonxonada nonushta. Nomerlarni bo‘shatish 10:00 dan Siti turning boshlanishi (ingliz tilida gaplashuvchi gid bilan.)

Birinchi to‘xtash Sunda Kelapa 1 portida

Sunda Kelapa Eski port Sunda Kelapa hamon ajoyib Makassar shxunalarini ko‘rmoqda. Bu yerda hammasi asrlar davomida o‘zgarmay, o‘z holicha qolgan: yukchilar yelkanli kemalardan yuklarni qo‘lda va yukortgichlarda tushirishadi, biroq bugungi kunda ular yuk bilan kamroq band qilingan. Bu yerdan o‘ng tomonda zamonaviy asosiy bandargoh joylashgan bo‘lib, u yerda boy fuqarolarning serhasham yaxtalari to‘xtab turibdi.

Keyin 2. Kota Tua

(Eski shahar ma’nosini beradi) Jakarta Gollandiya mustamlaka davrida Bataviya sifatida mashhur bo‘lgan. Jakartada Bataviyaning eng boy tarixini o‘zida saqlagan o‘ziga xos tuman bor, u Kota Tua deb nomlanadi. U o‘zining qulay joylashuvi va ko‘plab arxitektura obidalari tufayli mashhurlikka erishgan. Undagi ba’zi tarixiy imorat va obidalar qamidiy Jakartaning go‘zalligini aks etiradi va o‘tmishga sayohat qilishga yordam beradi. Shahardagi afsonaviy taomlar Bataviyaning uzoq va boy tarixini aks ettiradi

Yo‘nalishimizdagi keyingi nuqta – Nasional yodgorligi – MONAS – 132m li Milliy yodgorlik (Monas), u Merdeka maydoni uzra yuksalib, bir vaqtning o‘zida Jakartaning eng asosiy obidasi va sobiq prezidentning eng mashhur arxitektura noburgarchiligi hisoblanadi. Qurilishi 1961-yilda boshlangan Monas 1975-yilga kelibgina yakunlangan. Obida italyan marmaridan qurilgan va 50 kilolik yupqa zarvaraq bilan tilla yugurtirilgan haykal alangasi bilan tugallangan.

So‘ngra silliq temirdan qilingan jimjimador gumbazli har biri 60 metr balandlikka ega rim-katolik cherkovi bor. U oldingi cherkovning joyida 1901-yili qad rostlagan. Vitrajning o‘ziga xosliklariga diqqat qilish kerak… Istiqlol masjidi – kuchli taassurot tug‘diruvchi zamonaviy masjid. Istiqlol masjidining oynalari naqshli geometrik panjaralar bilan o‘ralgan. Janubi-Sharqiy Osiyoda eng yirik hisoblanuvchi ushbu masjid 1978-yili ochilgan bo‘lib, uning besh pog‘onasi islomning besh ustunini anglatadi. Uning gumbazi ko‘ndalangiga 45 metrga, minorasining balandligi esa 90 metrga yetadi.

13:00 Aeroportga transfer

14:50 Kuala-Lumpurga uchish

18:05 Kuala-Lumpurga uchib kelish

18:30 Verdant Hill 4* mehmonxonasiga transfer

7

Payshanba – 7-kun (Kuala-Lumpur)

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh vaqt 18:00 Gid bilan uchrashuv va kechki ovqatni o‘z ichiga oluvchi kechki turning boshlanishi

Kuala-Lumpur bo‘ylab tungi tur (4 soat)

Yirik shaharlarda illuminatsiyalar allaqachon shunchaki yoritish vositasi hisoblanmay qo‘ydi. Gavjum shaharda tun tushgach ham hayot qaynayveradi, neon yoritgichlar kunduz kuni ko‘zdan yashiringan yangi, parallel borliqni kashf qiladi. Tungi Kuala-Lumpur – bu o‘zgacha holat. Quyosh botgandan so‘ng shahar olov teatriga aylanadi, insonlar esa, tungi parvonalar kabi goh u, goh bu yorug‘lik manbayini izlaydilar. Tanlov esa doim ulkan. Ushbu ertakni tungi Kuala-Lumpur bo‘ylab ekskursiya paytida his qilishingiz mumkin. Ushbu ekskursiya paytida bizning rus tilida so‘zlashuvchi gidimiz sizga Mustaqillik maydonida to‘xtab o‘tish bilan shaharning eng yorqin ko‘chalarini namoyish qiladi. Shundan so‘ng siz shaharga asos solgan xitoyliklarning ilk manzilgohi – Kuala-Lumpur xitoy kvartalini tomosha qilasiz. Chaynataun nomi bilan mashhur Petaling ko‘chasidagi tungi bozorni aylanasiz va savdolashish qobiliyatlaringizni sinab ko‘rasiz. Futbolkalar, sumkalar, aksessuarlar va xotira suvenirlarini xarid qilasiz. Kechaning yakunida sizni madaniy dastur va milliy raqslarni o‘z ichiga oluvchi Kuala-Lumpur WOW restoranida kechki bazm kutmoqda.

8

Juma – 8-kun (Jakarta – Kuala-Lumpur)

(Kuala-Lumpur) Mehmonxonada nonushta. Xonalarni bo‘shatish. Kuala-Lumpur aeroportiga transfer

Kuala-Lumpur

Bu bir paytning o‘zida etnik guruhlarning o‘ziga xosligini saqlab qolgan zamonaviy, rivojlangan shahar. Shaharning zamonaviy arxitekturasi dunyodagi eng baland egizak binolar hisoblangan «Petronas» minoralari bilangina cheklanib qolmaydi.
Shaharda ko‘p sonli tarixiy va madaniy obidalar bilan tanishish, zamonaviy ko‘ngilochar komplekslarda vaqtni maroqli o‘tkazish va ko‘plab savdo markazlarining birida xaridlarni amalga oshirish mumkin. Kuala-Lumpur dunyodagi eng arzon besh yulduzli mehmonxonalarga ega shahar sifatida ham mashhur. Har yili bu yerda «Formula-1» avtopoygalarining eng birinchi bosqichlaridan biri – Malayziya gran-prisi o‘tkaziladi. Langkavi. Shu nomdagi arxipelagning bosh oroli – Malayziyada sayyohlar orasida eng mashhuri hisoblanadi. Orolda asosan to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar joylashgan, bir nechta uch yulduzlilari ham bor.
Langkavi o‘zining plyajlari, mayin oppoq qumlari va musaffo dengizi bilan mashhur. Orolda jamoat transporti mavjud emas: faqat taksi, shuningdek mashina, velosiped va skuterlarning ommaviy ijarasi yo‘lga qo‘yilgan. Tarkibidagi ko‘plab minerallar, jumladan magniy tufayli oppoq qumli musaffo plyajlar sog‘liq uchun nihoyatda foydali deb tan olingan va revmatizm, osteoxondroz, bronxit kasalliklarini davolaydi.

Bir kishi uchun turning narxi (kamida 2 kishi)

2 kishini joylashtirishda 1 kishi uchun – 15.300.000 so‘mdan boshlab

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 2 reviews
RU
06.08.2019

Куала-Лумпур моя любовь с первого взгляда, но помните: если запланировали утром парочку экскурсий, придется постоять в пробках, которые отнимают много времени.

RU
06.08.2019

Джакарта для меня открывалась где-то нелепыми, а где-то чудесными контрастами, но однозначно запомнилась романтикой колониальной культуры и очень вкусной кухней.

Fikr bildiring

Show only reviews in UZ (0)

Baholash