7 dan 14 kungacha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Апрель — Август
Mavsum

Sxaltubo tabiiy go‘zalligi va ko‘plab tarixiy-madaniy yodgorliklari bilan dong taratgan ajoyib joy. Doim yashil landshaftlari, tetiklantiruvchi suvlari va mashhur gruzin mehmondo‘stligi bilan mashhur bo‘lgan benuqson dam olish va xotirjamlik mamlakati tashrif buyuruvchilarni befarq qoldirmaydi. «Barhayotlik manbayi» deb ham ataladigan bu ajoyib kurortning radonli suvlari oʻzining fizik-kimyoviy xossalari bilan ajralib turadi va tom maʼnoda dunyoda oʻxshashi yoʻq joy hisoblanadi. Uning tabiiy harorati yilning istalgan vaqtida 33–35 darajani tashkil etadi. Radon suvlari noyob shifobaxsh xususiyatlarga ega va jami 60 ga yaqin kasalliklarni davolaydi. Ayniqsa, tayanch-harakat va yurak-qon tomir kasalliklari, markaziy va periferik asab tizimi, ginekologik, urologik muammolar va turli teri kasalliklarini davolashda samaralidir.

QATNOVLAR Har seshanba va juma: apreldan avgustgacha

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Sxaltubodan/ga transfer
  • Ikki mahal ovqatlanish bilan istiqomat qilish
  • To‘plam taklifiga binoan muolajalar.
  • Kundalik muolajalar:
    • Shifokor maslahati
    • Fizioterapiya
    • Davolovchi massaj
    • Mineral suvli vanna
    • Suvosti massaji

 

Qo‘shimcha to‘lovlar:

  • Toshkent-Tbilisi-Toshkent aviaparvozi 4 306 255 so‘mdan boshlab
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun kuniga 14 000 so‘mdan boshlab
  • Firma xizmatlari – 100 000 so‘m
  • PSR testlar

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Ko‘rsatilgan joylashtirish shaklida 1 kishi uchun turning narxi:

7 kecha

Bir kishilik nomer 11 020 000 so‘mdan

Ikki kishilik nomer 7 545 000 so‘mdan

10 kecha

Bir kishilik nomer 14 672 000 so‘mdan

Ikki kishilik nomer 9 384 000 so‘mdan

14 kecha

Bir kishilik nomer 18 660 000 so‘mdan

Ikki kishilik nomer 12 200 000 so‘mdan

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (1)

Baholash