8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Тошкентдан Мисрга тур

Misr – noyob davlat bo‘lib, u yerda har bir inson o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot topishi mumkin. Mehmondo‘stlik muhiti va ko‘ngilochar joylarning keng tanlovi oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ushbu mintaqaga katta shuhrat keltirgan.

Ayni vaqtda Qizil dengiz va Sinay yarimoroli dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi.

Qizil dengiz – Dunyo okeanining eng sho‘r dengizi. O‘zining zilol suvlari bilan mashhur, boisi unga loy va qum olib keluvchi daryolar kelib quyilmaydi. Hattoki sovuq mavsumda ham suvining harorati 20 °C dan pastga tushmaydi, issiq mavsumlarda esa 27–28 °C dan oshishi mumkin. Bu suvda turli xil infeksiyalarning ko‘payish xavfini kamaytirishga imkon beradi va bu bilan dengiz suvining shifobaxsh xususiyatlarini oshiradi.

Noyob suvosti dunyosi sababli Qizil dengiz dayving bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.

Sharm al-Shayxda dam olish

Sharm al-Shayx – oilaviy va faol dam olish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda siz ko‘p sonli marjon qoyalarini, plyajlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni topasiz.

Quml plyajda mayin quyosh nuri ostida hordiq chiqarishdan tashqari mehmonlarga ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar taklif qilinadi: dayving, sahro bo‘ylab safar, toqqa chiqish, golf va milliy bog‘lar – ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin! Sharm al-Shayx kurorti plyajlarida boshqa dengiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlarini ham topish mumkin (bananlar, katamaranlar, yaxtalarda sayr va sh.k.).

Jo‘nab ketish Har dushanba va chorshanba kunlari Air Qohiraga
Viza Viza – talab etilmaydi, yarimorolni 14 kecha  tark etmagan holda Sharm al-Shayxda qolish  sharti bilan

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent aviaparvozi AirCairo aviakompaniyasida
  • Mehmonxonaga joylashish
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
  • Ovqatlanish – Hammasi ichida
  • Diqqatga sazovor joylarga sayohat
  • COVID+ tibbiy sug‘urta

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Firma xizmatlari – 100 000 so‘m
  • Mamlakatda 14 kundan ortiq bo‘lishda vizani Toshkentdagi Misr elchixonasida yoki Sharm al-Shayx aeroportiga uchib borishda olish mumkin
  • VIZA 10 kun davomida rasmiylashtiriladi
  • Viza narxi = 25$

Uchib ketish va qaytib kelish vaqti:

Toshkent – Sharm al-Shayx Air Cairo (AIRBUS A-320) 10:00 TAS – 13:30 SSH

Sharm al-Shayx – Toshkent Air Cairo (AIRBUS A-320) 00:40 SSH – 08:40 TAS

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Sharm al-Shayx

Suv ostida suzish uchun ajoyib joy. Musaffo va iliq suv, boy suvosti dunyosi va ko‘plab marjon qoyalarining mavjudligi dayving bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Ko‘plab dayving klublar, suvosti suzish maktablari, yaxtalar, yo‘riqchilar va h.k. sizning xizmatingizda.

Sharm al-Shayx tungi hayoti o‘zining mashhur diskotekalari, kazino va shou-namoyishlari bilan dong taratgan. Naama Beydagi sayr yo‘li – «promenad» sevimli joylardan biridir. Bu yerda kechgacha savdo markazlari va ko‘plab ko‘cha kafelari ishlaydi, ular yerda tashrif buyuruvchilarga arab, yapon va yevropa milliy taomlari, dengiz mahsulotlari taklif qilinadi.

Turli-tuman yovvoyi gullar, osilib turgan xurmo maysazorlarining marvariddek tovlanishi, daraxt va palmalar, mayin iliq qumli keng plyajlar, feruza rangli dengiz va hovuzlarning moviy ko‘llari – bularning barchasi bir vaqtning o‘zida rang-barang kanyonlar, ertaknamo qoyalar va sariq qumlar bilan o‘ziga xos uyg‘unlikda joylashgan.

Sharm al-Shayxda sayyohlik mavsumi hech qachon uzilmaydi: bu yerda yil bo‘yi cho‘milish va toblanish mumkin. Har yili kurort borgan sari kengayib bormoqda.

Narxlar bir haftalik to‘plam uchun katta yoshli 2 nafar insonga ko‘rsatilgan:

Hilton Sharks Bay 4*+ AI Standard / DBL 21. 089 .600 so‘mdan boshlab

AMPHORAS BLU 4* AI Standard / DBL 20 .092 .000 so‘mdan boshlab

AMPHORAS 5* AI Standard room / DBL 21 .784.000 so‘mdan boshlab

SHARM GRAND PLAZA 5* AI Superior Room / DBL 20.745.000 so‘mdan boshlab

MONTE CARLO SHARM RESORT 5* Deluxe AI 24H Deluxe Garden View /DBL 24.090.000 so‘mdan boshlab

ALBATROS AQUA PARK 5* AI Standard Room / DBL 26.264.000 so‘mdan boshlab

JAZ BELVEDERE RESORT 5* Premium AI Superior Classic Room / DBL 23.184.000 so‘mdan boshlab

CORAL SEA SENSATORI 5* AI Standard room / DBL 35.457.000 so‘mdan boshlab

SULTAN GARDENS RESORT 5* AI Standard Room / DBL 27.227 .000 so‘mdan boshlab

Misrga vizani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

  • Xorijga chiqish pasporti
  • Yaqinda suratga olingan 2 ta rasm (3,5×4,5)
  • Borib kelish aviachiptasining nusxa olingan broni
  • Vizani olish uchun batafsil to‘ldirilgan so‘rovnoma

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (2)

Baholash