8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Dekabr – Mart
Mavsum

CHEXIYANING   SHPINDLEROV MLIN TOG‘-CHANG‘I KURORTI

Chexiyada «mavsum emas» degan tushuncha yo‘q, chunki Chexiyada xoh yanvarda bo‘lsin, xoh iyulda dam olish mumkin – o‘rta asr ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, pivo ichish va qovurilgan kolbasalarni yeyish, butun dunyoga mashhur mineral balneologik kurortlar – sog‘lig‘ini tiklashni istaganlar uchun, bundan tashqari Chexiyada qishki tog‘-chang‘i kurortlari joylashgan bo‘lib, ularning darajasi hamyonbop narx evaziga vaqtni ajoyib tarzda o‘tkazishga imkon beradi.

Umuman olganda, Chexiyada har kim ko‘ngliga yoqqanini topadi.

VIZA kerak

 

Narxga kiritilgan:

  • Tanlangan mehmonxonada 8 kun/7 kecha yashash
  • Ovqatlanish – nonushtalar
  • Praga aeroporti – tog‘-chang‘i kurorti- Praga aeroporti transferi

 

Qo‘shimcha to‘lanadi (narx 1 kishi uchun keltirilgan):

  • Moskva yoki Istanbul orqali tranzit bilan Pragaga aviaparvoz
    • Kattalar tarifining narxi 9,148,354 so‘mdan boshlab
    • Bolalar tarifining narxi 7,718,014 so‘mdan boshlab
  • Chexiya elchixonasining konsullik + viza yig‘imi –  97 yevro
  • COVID-19 ni qoplash bilan tibbiy sug‘urta – davlat kursi bo‘yicha so‘mda 12 dollar
  • Firma xizmatlari – 1 kishi uchun 200000 so‘m

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Shpindlerov Mlin

Kurort hududida ikkita katta tog‘-chang‘i qiyaligi ishlaydi – Avliyo Pyotr va Medvedin. Birinchisi Avliyo Pyotr tog‘ida joylashgan, bu yerda 11 ta tushish yo‘lagi, yugurish, kattalar va bolalar uchun trassalar, shuningdek snoubordchilar uchun trassa bor. Ularning umumiy uzunligi 13 kilometrdan ortiq. Kunning qorong‘i paytida trassalar qulay tushish uchun yoritiladi. Shuningdek Avliyo Pyotrda ko‘targichlar va uchta arqon yo‘li ishlaydi. Bir soat ichida ko‘targichlar 9 mingtagacha odamni o‘tkazib qo‘yishi mumkin. Ushbu tog‘-chang‘i qiyaligining o‘ziga xosligi – chanada tushish imkoniyatidir. Bu go‘yo havaskorlar uchun mo‘ljallangan bobsley kabidir.

Snoubordchilar uchun bu yerda rampa va tramplinlar o‘rnatilgan. O‘rmonda chang‘i uchish ixlosmandlari uchun 100 kilometrlik trassa yotqizilgan. Shuningdek Avliyo Pyotrda chang‘ichilar uchun maktablar, aslaha-anjom ijarasi va tamaddi qilib olish mumkin bo‘lgan kafe ishlaydi. Chang‘ichilarni Avliyo Pyotr va Medvedin o‘rtasida harakatlanuvchi bepul avtobus manzilga eltadi.

Medvedin tog‘-chang‘i qiyaligi dengiz sathidan 1000 m balandlikda, Viktovitse oblastida joylashgan. Bu yerda 7 ta qiyalik (ulardan 1 tasi qora va 5 tasi qizil) ishlaydi, shuningdek yugurish yo‘lakchalari va snoubordchilar uchun trassalar bor. Qiyaliklarning umumiy uzunligi 11 kilometrdan ortiq. Medvedinda arqon yo‘li va 7 ta ko‘targich ishlaydi.

Kechalarni mahalliy taomlar va mashhur chex pivosidan bahra olgan holda sokin shinam restoranchalarda o‘tkazish mumkin.

Tog‘-chang‘i kurortida dam olganda so‘ng bir necha kunga Pragaga yo‘l olish, Pragaga yaqin bo‘lgan Germaniya shaharlariga, Venaga 1 kunlik ekskursiya uyushtirish, 2 kunga Shveysariyaga borib kelish va rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida ko‘plab ekskursiyalarda qatnashishmumkin.

Quyidagi mehmonxonalarda yashashda turning narxi:

Lesana 3*  mehmonxonasida

Narx 7 kecha/8 kunlik nomer uchun berilgan

2 o‘rinlik nomerda yashashda – 11.474.000 so‘mdan boshlab

3 o‘rinlik nomerda yashashda – 14.547.000 so‘mdan boshlab

1 o‘rinlik nomerda yashashda – 10.830.000 so‘mdan boshlab

2+2 oilaviy nomerda yashashda – 15.508.000 so‘mdan boshlab

Adam 4* mehmonxonasida

Narx 7 kecha/8 kunlik nomer uchun berilgan

2 o‘rinlik nomerda yashashda – 13.110.000 so‘mdan boshlab

3 o‘rinlik nomerda yashashda – 16.770.000 so‘mdan boshlab

1 o‘rinlik nomerda yashashda – 11.600.000 so‘mdan boshlab

2+2 oilaviy nomerda yashashda – 18.660.000 so‘mdan boshlab

Chexiya Respublikasiga vizani rasmiylashtirish uchun hujjatlar ro‘yxati:

HAMMA UCHUN:

  1. Vizalar, chet elga chiqish pasporti + ichki. Uchib kelish, uchib ketish, qayd qilish, nikoh guvohnomasi va h.k. shtamplar ko‘rsatilgan pasportning barcha sahifalari.
  2. Yaqin qarindoshlar uchun hujjatlarning nusxalari (er, xotin, voyaga yetmagan farzandlar)
  3. 2 ta fotosurat – 3,5 x 4,5, yuz yirik planda oq fonda, vaksinatsiya sertifikati (Pfizer, Moderna, AstraZeneca)
  4. Plastik kartada xorijiy valutada mablag‘ borligi haqida bankdan ma’lumotnoma, ma’lumotnomani faqat tur uchun to‘lovni amalga oshirib bo‘lgandan so‘nggina olish lozim. Plastik karta nusxasi.
  5. Nikoh guvohnomasi

SHUNINGDEK:

Yollanib ishlovchi arizachilar uchun:

  1. Ish joyidan egallab turgan lavozimi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  2. Ta’til taqdim etilgani haqida ish beruvchidan ma’lumotnoma-tasdiqnoma
  3. Ishdan 12 OYLIK ish haqi uchun ma’lumotnoma (oyma-oy)
  4. Mehnat daftarchasining nusxasi – birinchi va oxirgi sahifasini muhr bilan tasdiqlash

YOKI:

Firma egalari yoki ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi, litsenziya)
  2. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma

YOKI

Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan
  2. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma
  3. Korxonaning yillik aylanmasi haqida bankdan ma’lumotnoma

YOKI

Nafaqadagilar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan

Bolaga ota-onalardan faqat biri hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Bolaning chet etga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning quyidagi shakldagi notarial tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasi bo‘lmagan shaxs hamrohlik qilgan taqdirda:

  1. Ota-onaning notarial tasdiqlangan ruxsati.
  2. Hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan ariza-majburiyatnomasi.

3. Bolaga o‘quv muassasasidan ma’lumotnoma

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (1)

Baholash

16 − 14 =