8 kun 7 kecha
Kunlar soni
Butun yil davomida
Mavsum

Guruh bo‘lib amalga oshiriladigan tur: Barselona-Mayorka-Ibitsa

Guruh bo‘lib amalga oshiriladigan tur: Barselona-Mayorka-Ibitsa. Barselonadan uchib kelish va uchib ketish SHANBA KUNLARI (aniq sanalar guruhning to‘planishiga bog‘liq), operatorlarimizdan aniqlashtiring. Ispaniyaga tashrif buyuring va Siz izlagan narsangizni albatta topasiz. Charaqlagan quyosh, yoqimli dengiz suvi, tillarang qum, butun dunyoga mashhur qadimiy obidalar, shonli muzeylar va albatta, serzavq, iqtidorlarga boy va mag‘rur xalqning mehmondo‘stligi. Bir marta korridaga tashrif buyurish, olovli flamenkoni tomosha qilish, o‘rta asr shahrining tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, qaynoq xalq bayramining guvohi bo‘lish va balki bevosita ishtirok etish – Ispaniya butun umrga yuragingizda qoladi! Biz sizni orzu sari yetaklaymiz!
Biz sizga Ispaniya bo‘ylab istalgan didga mos sayohatni taklif qilishga tayyormiz – ekskursiyaviy – Ispaniya shaharlari bo‘ylab, gastronomik, bolalar va kattalar uchun, sohilda hordiq chiqarish bilan – Kosta Brava, Kosta Dorada, Mayorka, Andorra va Kanar orollari, Ispaniya-Italiya, Ispaniya-Fransiya kombinatsiyalashgan turlari va h.k.

 

JO‘NAB KETISH Shanba
QAYTIB KELISH Shanba
VIZA (hujjatlarni Moskvaga yuborish bilan) Talab etiladi: $75 + 640.000 so‘m

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • 3* li mehmonxonada, 1 yoki 2 o‘rinlik xonada 7 kecha;
  • Ovqatlanish turi – nonushtalar;
  • Dastur bo‘yicha guruh bo‘lib transferlar;
  • Ekskursiyalar + hamrohlik qiluvchi gid;
  • Mayorkaga aviachiptalar va kemaga chiptalar.

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Aviachipta: Toshkent – Barselona – Toshkent (Aeroflot aviakompaniyasi bilan, Moskva orqali) – bir kishi uchun 7.400.000 so‘mdan boshlab
  • Moskvadagi Ispaniya elchixonasining konsullik yig‘imlari bir kishi uchun $75 + 640.000 so‘m (DHL pochta xizmati orqali hujjatlarni Moskvaga jo‘natish va qabul qilib olishlarni o‘z ichiga oladi)
  • Tibbiy sug‘urta – 8 AQSH dollari. To‘lov kuni O‘zR Markaziy banki davlat kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi
  • Kompaniya xizmatlari – 100 000 so‘m
  • Shahar soliqlari (mehmonxonaga joylashganda joyida to‘lanadi)

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Dastur

1

1-kun: SHANBA – BARSELONA

Barselona aeroportiga uchib kelish. TRAVEL FEEL TOURS BY VIAJES OLYMPIA yozuvi yozilgan taxtacha bilan aeroportda kutib olish. Mehmonxonaga transfer. Mehmonxonaga joylashish.
2

2-kun: YAKSHANBA BARSELONA - FIGEYROS - KOSTA BRAVA – Ekskursiya

Nonushta. Figeyrosga yo‘l olish. Salvador Dali teatr-muzeyiga tashrif buyurish. Tushlik uchun bo‘sh vaqt. Kosta Brava sohilidagi mehmonxonaga joylashish.
3

3-kun: DUSHANBA KOSTA BRAVA - BARSELONA - PALMA - DE MAYORKA

Nonushta. Barselonaga yo‘l olish. Gotika kvartaliga tashrif buyurish va Antonio Gaudining arxitektura modernizmini ko‘zdan kechirish bilan Barselona bo‘ylab ekskursiya. Aeroportga transfer va Mayorka oroliga uchib ketish. Palmaga uchib kelish, transfer va mehmonxonaga joylashish.
4

4-kun: SESHANBA PALMA - DE - MAYORKA

Nonushta. Mayorka qirollari saroyi va Belveder qasri – Almudayna saroyini tashqaridan tomosha qilish bilan Palma-de-Mayorka bo‘ylab ekskursiya. Bo‘sh vaqt.
5

5-kun: CHORSHANBA PALMA - DE - MAYORKA

Nonushta. Bo‘sh kun. Qo‘shimcha to‘lov evaziga shisha ishlab chiqaruvchi fabrikaga va Ajdarho g‘origa ekskursiya taklif etiladi.
6

6-kun: PAYSHANBA PALMA - DE - MAYORKA - IBITSA

Nonushta. Portga transfer. Ibitsa oroliga kemada suzib borish. Transfer va mehmonxonaga joylashish. Ibitsa bo‘ylab eksursiya.
7

7-kun:PAYSHANBA IBITSA - BARSELONA

Nonushta. Bo‘sh vaqt. Aeroportga transfer va Barselonaga uchib borish. Transfer va mehmonxonaga joylashish.
8

8-kun: SHANBA - BARSELONA

Nonushta. Ertalab Barselona aeroportiga transfer (butun guruh uchun).
* Barselona atrofidagi qishloqda joylashgan mehmonxonaga joylashish. Dasturda vaqt va ekskursiya obyektlariga tashrif buyurish borasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
3* LI MEHMONXONADA YASHASHDA TURNING NARXI:

1 o‘rinlik xonada 1 kishi joylashishida – 11.900.000 so‘mdan boshlab 2 o‘rinlik joylashtirishda 1 kishi uchun – 8.500.000 so‘mdan boshlab

Viza markazi orqali topshirilganda hujjatlar ro‘yxati:

  • Ispan yoki ingliz tilida tegishli ravishda to‘ldirilgan, arizachi tomonidan shaxsan imzolangan so‘rovnoma. Bolalar uchun rasmli so‘rovnoma blanki kerak bo‘ladi. Balog‘atga yetmaganlar uchun ota-onalarning yoki vasiylarning biri imzo qo‘yadi;
  • Shengen hududidan chiqishning kutilgan sanasidan kamida uch oy davomida amal qiluvchi, kamida ikkita bo‘sh sahifani o‘z ichiga oluvchi va o‘n yildan oshmagan Xorijga chiqish pasporti + Pasport va pasportning barcha sahifalarining kserokopiyasi
  • So‘nggi 6 oy davomida oq fonda qilingan, yaxshi sifatli 3,5×4,5 sm li ikkita rangli fotosurat
  • Butun sayohat davrini yoki birinchi safarni o‘z ichiga oluvchi va Shengen shartnomasining barcha davlatlarida amal qiluvchi tibbiy sug‘urta polisi. Sug‘urta qoplamasi – kamida 30 000 yevro yoki 50 000 AQSH dollari;
  • Joylashish joyi yoki turni yoki boshqa turdagi joylashishni tasdiqlovchi va oldindan to‘lov hujjati
  • Borib kelish uchun aviachiptalarni bronlashtirish
  • So‘nggi uch oy uchun bankdan ko‘chirmalarning originali (barcha talabgorlar uchun). Bir kishi uchun har bir kunga € 64,53 dan, safar uchun har bir kishiga kamida 580,77 yevro. Hujjatning amal qilish muddati – berilgan sanadan boshlab 1 oy. Safar homiylashtirilgan holatda homiylik xati chop etilgan holatda va homiyning moliyaviy kafolatlari taqdim qilinadi;
  • So‘nggi uch oy davomida qilingan, hisob bo‘yicha mini-ko‘chirma ilova qilingan xalqaro kredit kartasi. Hujjatning amal qilish muddati – berilgan sanadan boshlab 1 oy (barcha talabgorlar uchun);
  • Oxirgi 12 oy uchun ish joyidan oylik ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (ishlovchilar uchun);
  • Ish joyidan lavozimi (ishlovchilar uchun) yoki talabalik holati (talabalar uchun) ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
  • Mehnat daftarchasi (ishlovchilar uchun);
  • Pensiya daftarchasi (nafaqadagilar uchun);
  • Navbatdagi ta’til (ishlovchilar uchun) yoki ta’til (talabalar uchun) taqdim etilgani haqida ish beruvchi yoki ta’lim muassasasidan tasdiqnoma;
  • Ro‘yxatdan o‘tganlik yoki litsenziya nusxasi (agar talabgor kompaniya egasi yoki xususiy tadbirkor bo‘lsa);
  • Soliqlarni to‘laganlik haqida tasdiqnoma (agar talabgor kompaniya egasi yoki xususiy tadbirkor bo‘lsa);
  • O‘zbekistonda qarindoshlik aloqalarining mavjudligi to‘g‘risida tasdiqnoma (turmush o‘rtog‘i yoki farzandlari pasportlarining asli yoki nusxalari, farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, turmush holatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.);
  • Voyaga yetmaganlar (18 yoshga to‘lmaganlar) uchun qo‘shimcha talablar
    • Talabgorning tug‘ilganligi haqida guvohnoma
    • Ota-onalari pasportlarining nusxalari
    • Voyaga yetmagan yolg‘iz sayohatga ketayotgan bo‘lsa, ota-onasi yoki qonuniy vasiy tomonidan notarial rozilik
    • Agar bola ota-onalarning faqat bittasi bilan safarga chiqayotgan bo‘lsa, ikkinchi ota-onadan bolaning safar qilishi uchun notarial rozilik
    • Agar ota-onaning biri mavjud bo‘lmasa yoki yolg‘iz ota yoki onalik holatini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lsa, faqat bir dona pasport

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlar rus, ispan yoki ingliz tilida taqdim etilishi kerak.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

3.00 based on 1 review
18.10.2023

Ассалому алайкум! Кушимча туловлар 8500000га кушимча туланади-ми?

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (2)

Baholash