10 дней 9 ночей
Kunlar soni
0+
Yoshi
Круглый год
Сезон

Tailand— o‘z tarixi davomida hech qachon mustamlaka bo‘lmagan Janubi-Sharqiy Osiyodagi yagona davlat. Bu tayliklar uchun o‘ziga xos g‘urur hisoblanadi. Tailand poytaxti – Bangkok (tay tilida «Krung-Tep» – «Farishtalar shahri») davlatning eng yirik shahridir. Quyidagi kurortlar bor: Pattayya, Xua Xin, Rayong, Chang oroli, Samet oroli, Samui oroli, Krabi oroli, Pxuket oroli va h.k. Sizga mo‘jizakor Tailand qirolligi bo‘ylab unutilmas dam olish onlarini taklif qilamiz. Hammasi birda: plyajda dam olish, ekskursiyalar, shopping, tungi o‘yin-kulgilar bir turda birlashgan

UCHIB KETISH Dushanba / Chorshanba
QAYTIB KELISH Payshanba / Dushanba
VIZA Bangkok aeroportiga uchib borgach rasmiylashtiriladi, bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 60$)

Turning narxiga quyidagilar kiritilgan:

  • Bangkokdagi nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi Prince Palace 4* mehmonxonasida yashash – 2 kecha
  • Pattayyadagi nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi tanlangan mehmonxonada yashash – 7 kecha
  • Guruh bo‘lib transfer: Bangkok aeroporti – Bangkok mehmonxonasi – Pattayya mehmonxonasi – Bangkok mehmonxonasi
  • Bangkokka ekskursiya: Qirollik saroyi va Zumrad Budda ibodatxonasi, Vat Saken ibodatxona kompleksi, Qimmatbaho toshlar muzeyiga tashrif buyurish bilan, shuningdek Bangkokdagi eng mashhur va eng katta savdo-ko‘ngilochar markaziga safar (safar ixtiyoriy, qaytib kelish mustaqil ravishda, qo‘shimcha to‘lov evaziga amalga oshiriladi)
  • Pattayyaga ekskursiya: Timsoh fermasi, timsohlar shousi, qadimiy toshlar parki; lateks fabrikasi va qimmatbaho toshlar muzeyini borib ko‘rish; fillar shousi, milliy madaniy shou, botanika bog‘i bo‘ylab sayr, kosmetika va ekzotik jonivorlar terisidan tayyorlangan buyumlar do‘koni
  • Tailand SIM-kartasi (xonaga)
  • Jonli orxideyalardan marjon (bir kishi uchun)
  • Qabul qiluvchi turoperatordan firmali ryukzak (xonaga)
  • Папка с полезной информацией (на комнату)

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Bangkok – Toshkent aviaparvozi:
    • Kattalar uchun 3 966 317 so‘mdan boshlab
    • Bolalar uchun 2 802 026 so‘mdan boshlab
  • Tailandga vizani rasmiylashtirish vaqtida konsullik yig‘imi bir kishi uchun 60 AQSH dollari atrofida (Bangkok aeroportiga borganda to‘lanadi)
  • Firma xizmatlari: bir kishi uchun 100 000 so‘m

япония, тур в японию

япония, тур в японию

COSY BEACH HOTEL 3* + (Pattayya) mehmonxonasida yashashda

  • Bir o‘rinlik xonada – 4 958 000 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada – 2 918 000 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada qo‘shicha krovat – 2 883 900 so‘mdan boshlab
  • Bir xonada ikki nafar katta yoshli bilan 12 yoshgacha bolaga – 2 550 900 so‘mdan boshlab

SIAM BAYSHORE RESORT 4* (Pattayya) mehmonxonasida yashash

  • Bir o‘rinlik xonada – 7 046 900 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada – 3 934 900 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada qo‘shimcha krovat – 3 678 900 so‘mdan boshlab
  • Bir xonada ikki nafar katta yoshli bilan 12 yoshgacha bolaga – 1 598 900 so‘mdan boshlab

CENTARA GRAND MIRAGE BEACH 5* (Pattayya) mehmonxonasida yashash

  • Bir o‘rinlik xonada – 8 548 000 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada – 4 694 900 so‘mdan boshlab
  • Ikki o‘rinlik xonada qo‘shimcha krovat – 4 694 900 so‘mdan boshlab
  • Bir xonada ikki nafar katta yoshli bilan 12 yoshgacha bolaga – 2 766 900 so‘mdan boshlab

Tailand

Tailand har bir sayyohga o‘ziga xos ajoyibotlarni taklif qila olishi bilan noyobdir. Har qanday ta’bga, mablag‘ga mos, plyajda dam olish va ekstremal sarguzashtlar, qadimiy ibodatxonalar va tungi diskotekalar – Tailand mana shunday rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga har bir sayyoh ushbu mamlakatda o‘ziga yoqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi mumkin. Mahalliy xalq sayyohlarga juda ham xayrixoh munosabatda bo‘ladi va har doim yordamga shay. Bu tushunarli, boisi ko‘pchilik shaharlarda sayyohlik biznesi – daromadning asosiy manbayi. Biroq dam olishda bo‘la turib, Tailandda ham ma’lum qoidalar borligini unutmaslik va ularga rioya qilish kerakligini bilish lozim.
Poytaxtning taycha nomi (uni Bangkok aholisi hanuzgacha ishlatadi) – «Krung Txep Maxa Nakxon» tay tilidan tarjima qilinganda «Farishtalar shahri, Buyuk poytaxt» degan ma’noni bildirib, 150 tadan ortiq harfdan iborat va eng uzun shahar nomi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan! Ayni vaqtda Bangkok Tailandning eng yirik savdo, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Zamonaviy savdo-sotiq markazlari, supermarketlar, dunyoda yuqori darajasi bilan ajralib turuvchi ko‘p sonli mehmonxonalar, osmono‘par binolar, maysalarga burkangan parklar va botanika bog‘lari, restoran va hayvonot bog‘lari Bangkokni bezab turadi va unga zamonaviy qiyofa bag‘ishlaydi.

Pattaya

Ushbu zamonaviy va jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan shahar Tailandning janubi-sharqiy qismida, Siam ko‘rfazi qirg‘og‘ida joylashgan.

Shahar mamlakat sharqining industrial jihatdan rivojlangan qismida joylashganligiga qaramay, u Tailandning eng asosiy sayyohlik markazi bo‘lib qolmoqda.

1.      Tailand chegarasini kesib o‘tish uchun sayyoh pasportining amal qilish muddati qirollikdan ketish rejalashtirilgan kundan kamida 6 oy bo‘lishi kerak. O‘zbekiston fuqarolari uchib borganlaridan so‘ng sayyohlik vizasini olishlari mumkin (Visa on Arrival, mamlakatda 14 kun bo‘lib turish uchun, odatda bunday vizani uzaytirib bo‘lmaydi). Tailandga uchib borilgandan so‘ng sayyohlar pasport nazorati va bojxona zonasidan mustaqil ravishda o‘tishlari kerak bo‘ladi. Pasport nazoratini o‘tishdan oldin immigratsiya kartochkasini to‘ldirish lozim. Odatda, uni samolyotda berishadi, biroq hujjatni bevosita pasport nazorati ustunida ham olish mumkin. Har ikki qismi to‘ldiriladi – kirish va chiqish uchun. Kirishning bir qismi nazoratchi tomonidan olib qo‘yiladi. Immigratsiya kartochkasining qolgan qismini mamlakatdan chiqib ketishda pasport nazoratida taqdim etish uchun albatta saqlab qo‘yish kerak. Pasport nazoratidan o‘tib va yukni qabul qilgandan so‘ng siz bojxona zonasiga borasiz, u yerda tanlanib olinadigan tekshiruv o‘tkaziladi.O‘zbekiston fuqarolariga vizalar maxsus Visa on Arrival peshtaxtasida berilib, u yerda quyidagilarni taqdim etishingiz lozim:∙ Tailandni tark etish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy davomida amal qiluvchi pasport;∙ Pasport o‘lchamida vizani rasmiylashtirish uchun kamida 6 oy qolganida yorug‘ fonda olingan 3×4 sm li 1 ta surat;∙ Qaytib kelish chiptasining nusxasi (immigratsiya xizmatlari mamlakatdan uchib ketish sanasini tekshiradilar; nusxani aeroportdan qilish yoki oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin);∙ Immigratsiya kartochkasi (odatda, samolyotda beriladi va to‘ldiriladi);∙ Viza anketasini oldindan maxsus (saytida yoki mustaqil ravishda qo‘lda aeroportga uchib keligandan so‘ng to‘ldiriladi) https://extranet.immigration.go.th/voaonline/voaonline/VoaonlineAction.do);

1

1-kun: Bangkokka kelish Pattayyaga o‘tish (1,5 s)

Tanlangan toifadagi mehmonxonaga kelish va joylashish.
3

2-kun: Tanishuv ekskursiyasi

4

2–8-kunlar: Dam olish

5

8-kun: Bangkokka transfer

Kelish va tanlangan toifadagi mehmonxonaga joylashish.
7

9-kun: Bangkokda ekskursiya

8

10-kun: Jo‘nab ketish

COSY BEACH HOTEL 3*  + Prince Palace 4* (Bangkok)SIAM BAYSHORE RESORT 4*+ Prince Palace 4*  (Bangkok)CENTARA GRAND MIRAGE BEACH 5* + Amari Watergate 5* (Bangkok)

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (8)

Baholash

5 − five =