8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

CHEXIYA + SHVEYSARIYA

Chexiya – Yevropadagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri. Ushbu mamlakat ko‘p asrlik boy tarixga, qadimiy an’analarga va ko‘plab qiziqarli obidalarga ega. Bu yerda sizni muhtasham o‘rta asr shaharlari, chiroyli qadimiy qasrlar, ajoyib tabiiy landshaftlar, butun dunyoga mashhur mineral buloqlar va albatta, an’anaviy chex taomlari kutmoqda.

Shveysariya… Alp va tog‘ chang‘ilari, Jeneva ko‘li va sutli shokoladlar, eng ishonchli banklar va nufuzli qo‘l soatlari, 20-asr boshlari rus inqilobchilari va 21-asr boyvachchalari mamlakati… sayyohlik qoliplarini cheksiz ravishda davom ettirish mumkin. Mitti davlat noyob tabiati va ko‘plab qo‘lda yasalgan go‘zalliklarini, zamonaviy iqtisodiyot sohalarini qanday qilib o‘z bag‘riga sig‘dirgan va bir paytning o‘zida o‘z an’analari va betakror hayot tarzini qanday qilib saqlab qolgan ekan-a?

JO‘NAB KETISH Har payshanba
QAYTIB KELISH Har payshanba
VIZA Talab etiladi

 

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Pragada tanlangan toifadagi mehmonxonada yashash
  • Shveysariyada 3* li yoki 4* li mehmonxonada yashash
  • Ovqatlanish – nonushtalar
  • Praga bo‘ylab 2 ta piyoda ekskursiya
  • Shveysariyaga 2 kunlik ekskursiya
  • Rus tilida so‘zlashuvchi gid xizmati
  • Transport xizmati
  • Praga aeroporti – mehmonxona – Praga aeroporti transferi

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Moskva – Praga – Moskva – Toshkent aviaparvozi
    • Kattalar uchun tarif bir kishi uchun 7.200.000 so‘mdan boshlab
    • Bolalar uchun tarif 6.032.000 so‘mdan boshlab
  • Viza – 97 yevro
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 8 dollar davlat kursi bo‘yicha so‘mda
  • Firma xizmatlari: 1 kishi uchun 100 000 so‘m

 

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Dastur

1

1-kun

Moskva, Sankt-Peterburg yoki Istanbulda orqali transit bilan Toshkentdan uchish. Pragaga uchib kelish, aeroportda kutib olish, tanlangan toifadagi mehmonxonaga transfer.

2

2-kun

Nonushtadan so‘ng «Praga shahri va shaharliklar» kuzatuv ekskursiyasi.
3

3-kun

ERTA TONGDA soat 04.30 da Shveysariyaga 2 kunlik tur uchun jo‘nash. Tush payti Reyn sharsharasiga tashrif, keyinroq – tushlik (qo‘shimcha to‘lov evaziga). Syurixga taxminan 16:30–17:00 da yetib kelish. 2-2,5 soatlik obzorli ekskursiya, so‘ng bo‘sh vaqt.

So‘ngra mamlakatdagi barokko uslubidagi eng yirik shahar bo‘lmish Vayl-am-Reynga tashrif buyurish. Taxminan 20.00 da kelish, markazdagi 3* yoki 4* li mehmonxonaga joylashish. Xohishga qarab uyqudan oldin shaharni aylanish mumkin.

4

4-kun

Shveysariyadagi 2 kunlik ekskursiyaning davomi. Nonushtadan so‘ng Shveysariya Konfederatsiyasi poytaxti Bernga sayohat. 9:00 dan 11:00 gacha shahar bo‘ylab obzorli ekskursiya.

Ko‘llar mamlakati bo‘ylab sayohatimiz Shveysariya Alp tog‘larining darvozasi hisoblanuvchi Bern Oberlandi regionidagi Interlakenda davom etadi. taxminan 12:00 da shaharga tashrif. Sizni iqlimiy kurort bo‘ylab sayr kutmoqda va siz hattoki original shveysar soatlarini ham sotib olishingiz mumkin.

13:00 lar atrofida, ajoyib ilonizi yo‘l bo‘ylab yurib o‘tgandan so‘ng dunyoning eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuruvchi 10 ta shahridan biri bo‘lgan Lyutsernga kelamiz. Tushlik qilganimizdan so‘ng ikki soatlik obzorli ekskursiya.

Lixtenshteyn knyazligi orqali orqaga qaytish. Mahalliy suvenir do‘konlar bo‘ylab sayr va shoping. Aniq jo‘nab ketish vaqti joyda aniqlanadi: gid uni qo‘shimcha e’lon qiladi.

5

5-kun

Chamasi tongi soat 05.00 da Pragaga tashrif. Mehmonxonada dam olish.
6

6-kun

Nonushtadan so‘ng «Eski shahar va yahudiy kvartali» piyoda ekskursiyasi.

7

7-kun

Bo‘sh kun.

8

8-kun

Aeroportga transfer, Toshkentga uchish

Vaqt Praga ustidan hukmronlik qila olmaydigandek go‘yo…

Uning o‘rta asrlar Pragasining ruhiyati ayniqsa tor tosh ko‘chalari, shahar madaniyati va tarixini aks etuvchi noyob arxitektura imoratlari, shuningdek mahalliy xalqning bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi butun dunyodan ko‘plab sayyohlarni bu yerga jalb etadi.

Praganing asosiy tarixiy va arxitektura obidasi haqli ravishda mahobatli Praga gradi va uning hududida joylashgan Avliyo Vit sobori hisoblanadi. Ushbu sobor – Yevropadagi gotik uslubda qurilgan eng yaxshi namunalardan biri.

Tin ibodatxonasi, Karl ko‘prigi, Staromest maydonidagi Staromest ratushasi, Vishegrad, Eski qirollik saroyi, Stragov monastiri, Loret monastiri, Vatslav maydoni, Milliy muzeyga albatta tashrif buyurish va mashhur Oltin ko‘cha (Zlata ulichka) bo‘ylab sayr qilish lozim.

Poytaxt atrofida Berounka daryosi yonidagi ulkan qoyada qad rostlagan nihoyatda manzarali yerda joylashgan Karlshteyn gotik Imperator qasri, chex qirollarining ov qasri Krshivoklat, Konopishte qasri va ko‘plab diqqatga sazovor yodgorliklari hamda eng asosiy qadamjosi – Avliyo Varvara soboriga ega o‘rta asr shaharchasi Kutna-Gora kabi joylar ayniqsa qiziqarlidir.

Shveysariya… Alp va tog‘ chang‘ilari, Jeneva ko‘li va sutli shokoladlar, eng ishonchli banklar va nufuzli qo‘l soatlari, 20-asr boshlari rus inqilobchilari va 21-asr boyvachchalari mamlakati… sayyohlik qoliplarini cheksiz ravishda davom ettirish mumkin. Mitti davlat noyob tabiati va ko‘plab qo‘lda yasalgan go‘zalliklarini, zamonaviy iqtisodiyot sohalarini qanday qilib o‘z bag‘riga sig‘dirgan va bir paytning o‘zida o‘z an’analari va betakror hayot tarzini qanday qilib saqlab qolgan ekan-a?

TURNING NARXI:

3* li mehmonxonada 2 kishini joylashtirishda 1 kishi uchun – 5.309.000 so‘mdan boshlab

3* li mehmonxonada 1 kishini joylashtirishda – 7.961.000 so‘mdan boshlab

4* li mehmonxonada 2 kishini joylashtirishda 1 kishi uchun – 5.687.000 so‘mdan boshlab

4* li mehmonxonada 1 kishini joylashtirishda – 9.856.000 so‘mdan boshlab

Chexiya Respublikasiga vizani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.

HAMMA UCHUN:

  1. Pasportda ochilgan OVIR vizasi va pasportda ikkita bo‘sh sahifa. Pasportning amal qilish muddati qaytib kelish kunidan boshlab kamida 3 oy YOKI yangi nusxadagi xorijga chiqish pasporti. Vizalar, uchib kelish, uchib ketish, propiska, nikoh guvohnomasi va h.k. shtamplar taqdim etilgan barcha pasport sahifalari nusxasi.
  2. Yaqin qarindoshlarga hujjatlar nusxasi (er, xotin, voyaga yetmagan bolalar).
  3. 2 ta fotosurat – 3.5×4.5, yuz yirik planda oq fonda.
  4. Plastik kartasida xorijiy valyutada hisob raqam mavjudligi haqida bankdan ma’lumotnoma, ma’lumotnomani bankdan tur uchun to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng olish lozim. Plastik kartasining nusxasi.
  5. Nikoh guvohnomasi, er/xotinning pasport nusxasi.

SHUNINGDEK:

Yollanib ishlovchi ariza taqdim qiluvchilar uchun:

  1. Ishdan egallab turgan lavozim to‘g‘risida ma’lumotnoma.
  2. Ta’til taqdim etilganlik to‘g‘risida ish beruvchining tasdiqnoma-ma’lumotnomasi.
  3. Ish joyidan 12 oylik maosh to‘g‘risida ma’lumotnoma (oyma-oy).
  4. Butun mehnat daftarchasining nusxasi – birinchi va oxirgi sahifalari muhr bilan tasdiqlangan holda.

YOKI:

Firma egalari va ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimlikda ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya)
  2. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.

YOKI

Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan.
  2. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.
  3. Bankdan korxonaning yillik aylanmasi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

YOKI

Nafaqaxo‘rlar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan.

Bolaga ota-onalarning faqat bittasi hamrohlik qilayotgan hollarda:

  1. Bolaning chet elga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notariusda tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasidan boshqa shaxs hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Har ikki ota-onadan notariusda tasdiqlangan ruxsatnoma.
  2. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notariusda tasdiqlangan ariza-majburiyati.
  3. Bola uchun o‘quv muassasasidan ma’lumotnoma.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash