8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Aprel – Dekabr
Mavsum

Toshkentdan Malayziyaga tur

Bu Janubi-Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri va yilning istalgan faslida dam olish uchun ajoyib maskan. Ikki madaniyat davlati: qit’a va orol. Poytaxt Kuala-Lumpurning osmono‘par binolari Kalimantanning qadimgi plyajlari bilan yonma-yon joylashgan, an’anaviy bozorlar va zamonaviy do‘konlar esa ko‘pchilikning orasida shuhrat qozongan. Malayziya kurortlari hayvonot va nabotot dunyosi bilan farqlanadi: Pangkor, Penang, Langkavi, Borneo, Tioman va boshq.

Langkavi – shu nomdagi arxipelagning eng asosiy oroli – Malayziyadagi dunyo sayyohlari orasida eng mashhur bo‘lgan orol. Ko‘p miqdordagi minerallar, shu jumladan magniyli toza plyajlar sog‘liq uchun juda foydali hisoblanadi va revmatizm, osteoxondroz, bronxitlardan davolaydi. Langkavi birinchi geoparklardan hisoblanadi va YUNESKO tomonidan qo‘riqlanadi.

Langkavi orolida 5 kecha + Kuala-Lumpurda 2 kecha

JO‘NAB KETISH Toshkent-K/Lumpur: Payshanba: Uchib ketish 23:00 | Qaytib kelish 09:30
QAYTIB KELISH K/Lumpur-Tashkent: Juma: uchib ketish 11:00 | Qaytib kelish 16:00
VIZA Talab etilmaydi

Jadvalda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Talabnoma berishda aniqlashtirishingizni so‘raymiz.

TURNING NARXIGA QUYIDAGILAR KIRADI:

  • Dastur bo‘yicha mehmonxonalarda yashash
  • Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan barcha tur va transferlar
  • Barcha kirish chiptalari
  • Ovqatlanish turi nonushtalar, agar boshqasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa
  • Ingliz tilida so‘zlashuvchi gid bilan Penang oroliga transfer

 

PAKETGA QUYIDAGILAR KIRITILMAGAN:

  • Shaxsiy xarajatlar
  • Choychaqalar

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Kattalar uchun 5.100.000 so‘mdan boshlab Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent aviaparvozi
    • 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 3.950.000 so‘mdan boshlab
  • 66 yoshgacha bo‘lganlar uchun individual tibbiy sug‘urta – 68 000 so‘mdan boshlab
  • Firma xizmatlari – bir kishi uchun 100 000 so‘m

 

*DOLLAR KURSINING MAHALLIY VALYUTAGA NISBATAN KESKIN O‘SISHI YOKI PASAYISHI HOLATIDA PAKET NARXIDA O‘ZGARISHLAR BO‘LISHI MUMKIN

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Narx milliy valyutada nomerda bir kishi uchun butun paketga ko‘rsatilgan

  • Bir o‘rinlik nomerda —  14.440.000 so‘m
  • Ikki o‘rinlik nomerda  —  11.640.000 so‘m

Kuala-Lumpur

Yoki shunchaki «Key-El» (uni mahalliy aholi shunday deb ataydi), Malayziyaning poytaxti, Malakka yarimorolining janubi-g‘arbida, Klang va Gombak daryolari quyilish joyining pasttog‘lik vodiysida joylashgan. Shahar bo‘ylab sayrni uning markazidan, qadimiy Jamek masjididan boshlash kerak. U ikki daryo kesishmasida, Kuala-Lumpur paydo bo‘lgan yerda joylashgan.

Kuala-Lumpur – bir vaqtning o‘zida etnik jamoalarning o‘ziga xosligini saqlab qolgan, yuksak darajada rivojlangan shahar. Shaharning zamonaviy arxitekturasi dunyoda sobiq eng baland egizak minoralar hisoblangan «Petronas» imoratlari bilan mashhur, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi.

Shaharda ko‘plab tarixiy va madaniy obidalar bilan tanishish, zamonaviy ko‘ngilochar komplekslarga tashrif buyurish va ko‘plab savdo markazlarida shopingga vaqt ajratish mumkin. Kuala-Lumpur, shuningdek, dunyodagi eng arzon besh yulduzlik mehmonxonalarga ega shahar sifatida ham mashhur. Har yili bu yerda «Formula-1» bo‘yicha jahon chempionatlarining bosqichlaridan biri – Malayziya gran-prisi o‘tkaziladi.

Langkavi

Shu nomdagi arxipelagning eng asosiy oroli – Malayziyadagi dunyo sayyohlari orasida eng mashhur bo‘lgan orol. Ko‘p miqdordagi minerallar, shu jumladan magniyli toza plyajlar sog‘liq uchun juda foydali hisoblanadi va revmatizm, osteoxondroz, bronxitlardan davolaydi. Langkavi birinchi geoparklardan hisoblanadi va YUNESKO tomonidan qo‘riqlanadi.

1

1-kun: Kuala-Lumpur

Aeroportga kelish. Kuzatib qo‘yish va mehmonxonaga joylashish. Bo‘sh vaqt.

2

2-kun: KUALA-LUMPUR

Mehmonxonada nonushta qilish.

Guruh tarkibida Malayziyaning ma’muriy poytaxti – Putrajaya shahriga ekskursiya.

U yerda Adliya saroyi (ko‘proq Tojmahalni yodga soladi), nihoyatda yorug‘ va go‘zalligi bilan lol qoldiruvchi Putra masjidi (Pushti rang masjid), butun dunyoda o‘xshashi yo‘q po‘lat masjid, har biri dunyoning mashhur ko‘priklari elementlarini takrorlovchi ko‘priklar joylashgan. So‘ngra Kuala-Lumpurga yo‘limizni davom ettiramiz va kuzatish ekskursiyasi yordamida shahar bilan tanishishda davom etamiz. Asosiy yodgorliklarning oldida to‘xtash bilan shinam avtomobilda 3 soatlik safar. Gid sizni Kuala-Lumpurning tashkil topish tarixi, u yerlik aholining urf-odatlari bilan tanishtiradi, nimani va qayerda sotib olish, qaysi restoranda milliy taomlarni tanovul qilib ko‘rishni maslahat beradi. Kuala-Lumpur va uning aholisi bilan bog‘liq qiziqarli faktlar va original hazillar siz uchun yoqimli yangilikka aylanadi.

To‘xtab o‘tish joylari: Qirol saroyi, Xitoy ibodatxonasi, Noyob gumbazli milliy masjid, Mustaqillik maydoni, Batik fabrikasi, Petronas egizak minoralari fonida suratga tushish uchun to‘xtash.

3

3-kun: KUALA-LUMPUR.

Mehmonxonada nonushta qilish.

Ertalabki 09:00 da mehmonxona lobbisida rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan uchrashuv. Siz Malayziyaning birinchi poytaxti – Malakka va uning tarixiy markazi bilan tanishasiz. Bu yerda portugaliyaliklarning merosi saqlanib qolgan: Fort, gollandiyaliklar qurgan qizil g‘ishtli cherkovga ega maydon, dekorativ tegirmonlar, daryo bo‘yidagi ko‘cha. Ingliz merosi ham bor. Bularning hammasi antiqa do‘konlarni topish mumkin bo‘lgan xitoy ko‘chalari bilan uyg‘un aralashib ketgan. Olovlar yongan va shahar chinakam romantik ko‘rinish olgan kunduz kuni yoki kechqurun daryo bo‘ylab sayr qilish mumkin. Malakkada muzeylar butun Malayziyadagidan ko‘proq! Rikshalarda sayr qilishni maslahat beramiz: ular gullar, o‘yinchoqlar, girlyandalar, olovlar bilan bezatilgan. Har bir haydovchi o‘z rikshasini betakror qilishga urinadi.

Turning yakunida mehmonxonaga qaytib kelish va bo‘sh vaqt. Mehmonxonada tunab qolish.

4

4-kun: KUALA-LUMPUR –KAMERUN TOG‘LIGI.

Mehmonxonada nonushta qilish.

Soat 09.00 da mehmonxona lobbisida haydovchi va rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan uchrashuv va Cameron Highlandsga transfer. Yo‘l manzarali jungli va tog‘lar orqali o‘tadi. Tepaga chiqishda to‘xtab, siz choy plantatsiyalariga kirasiz. Inson qo‘li bilan sun’iy tarzda yaratilgan yashil tepaliklar – kishini o‘ziga jalb qiluvchi  tomosha. Bevosita o‘rmonda yashovchi va hanuzgacha barcha sivilizatsiya noz-ne’matlarini rad etuvchi orangasli qabilasining turar joylarini ko‘rasiz. Mazali qulupnayni tatib ko‘rasiz. 13.00 da  LakeHouse mehmonxonasida tushlik uyushtiriladi. Mehmonxona arxitektura yodgorligi hisoblanib, Malayziya mustamlakasi davrida Britaniya armiyasining iste’fodagi ofitseri Stenli Jek Forster tomonidan qurilgan.

So‘ngra mehmonxonaga joylashish va bo‘sh vaqt taqdim etiladi. Mehmonxonada tunab qolish.

5

5-kun: KAMERUN TOG‘LIGI – BUKIT MERA - BELUM.

Mehmonxonada nonushta. Nomerlarni bo‘shatish.

Tonggi 08:00 da gid bilan lobbida uchrashuv va ekskursiyaga chiqish.

Biz sirli yo‘sinli o‘rmonga tashrif buyuramiz. U mutlaqo noreal bo‘lib, burchakda g‘aroyib hayvonlar yashiringandek yoki yaqin-atrofda Yalmog‘iz kampir yashaydigandek tuyuladi. So‘ngra biz Malayziya yarimorolida dunyodagi yagona orangutanglarni tiklash markazi bo‘lgan Bukit Meraga yo‘l olamiz. Yo‘l-yo‘lakay meva bozoriga kirib o‘tamiz. Katerda bir necha daqiqalik yo‘l bizni orangutanglar tabiiy sharoitlarda yashovchi OrangUtan oroliga yetaklab keladi. Mahalliy restoranda tushlik. Tushlikdan so‘ng siz Perak shtati sultonining qarorgohi Kuala Kangsar qirollik shahriga tashrif buyurasiz. Turning yakunida siz 130 million yillik tarixga ega junglilar hududida joylashgan tabiat qo‘riqxonasiga yo‘l olasiz. Yetib kelgandan so‘ng sayyohlar mehmonxonaga joylashadilar va bo‘sh vaqt taqdim qilinadi.

Mehmonxonada tunab qolish.

Iltimos, Mera ko‘lidagi suv miqdorining o‘zgarib turishi tufayli OrangUtan oroliga tashrif kafolatlanmasligiga e’tibor bering.

6

6-kun: BELUM TABIAT QO‘RIQXONASI.

Mehmonxonada nonushta qilish.

09.00 da mehmonxona lobbisida gid bilan uchrashuv va butun kunga ekskursiyaga chiqish.

Siz Malayziyaning eng qadimiy va inson qo‘li tegmagan tropik o‘rmonlaridan biriga safar uyushtirasiz. Gid-reynjer yer yuzidagi eng katta Rafleziya gulini uning gullash bosqichlaridan birida namoyish qiladi. Tropik o‘rmon soyasida siz uchun yengil tushlik – piknik uyushtiriladi. So‘ngra biz fillar xush ko‘ruvchi tuz qatlamlarini tadqiq qilish uchun yo‘l olamiz. Ushbu g‘aroyib jonivorlarni ochiq tabiat qo‘ynida tomosha qilish uchun ajoyib imkoniyat. Ekskursiya taxminan 16.00 da yakunlanadi va mehmonxonaga transfer uyushtiriladi.

Kechqurun bo‘sh vaqt taqdim qilinadi. Mehmonxonada tunab qolish.

7

7-kun: BELUM - PENANG.

Nonushtadan so‘ng, ertalabki taxminan 09.00 da Penang oroliga chiqish. Yo‘l-yo‘lakay Bujang vodiysida to‘xtab o‘tish.

Siz Malakka yarimorolidagi yagona arxeologik qazilmalarga tashrif buyurasiz.

Biz ushbu kunni Janubi-sharqiy Osiyodagi eng yirik Kek-Lok-Si buddaviylik ibodatxonasida yakunlaymiz.

Ulkan ibodat zallari, rahm-shafqat ilohasining ulkan 32 metrlik haykali va Pagodi Ravi IV ichidagi o‘n minglab Budda tasviri hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

So‘ngra Penang orolidagi mehmonxonaga joylashish. Dam olish.

8

8-kun: PENANG – JO‘NAB KETISH.

Mehmonxonada nonushta.

Ertalabki 09.00 da mehmonxona lobbisida gid bilan uchrashuv va Jorj Taun bo‘ylab ekskursiyaga chiqish.

Biz oroldagi birinchi Britan imorati – Fort Kornouollisga tashrif bilan safarimizni boshlaymiz. Malakka ko‘rfaziga ajoyib manzara va 17-asrning o‘ziga xos zambaraklari ushbu kunda sizning birinchi ajoyib suratlaringiz uchun fon bo‘lib xizmat qiladi. Biz shaharning timsoliga aylangan mashhur devoriy freskalar, qadimiy Pinang masjidi, Kichkina Hindiston afsonaviy rayoni va uning markazi, Sri Maxamariaman ibodatxonasi yonidan o‘tamiz.

Turning yakunida mehmonxonaga qaytib kelish.

Uchib ketishdan 3 soat oldin aeroportga transfer.

KAFOLATLANGAN QATNOV SANALARI

  • 11/04/2019 – 17/04/2019
  • 16/05/2020 – 22/05/2020
  • 13/06/2020 – 19/06/2020
  • 11/07/2020 – 17/07/2020
  • 15/08/2020 – 21/08/2020
  • 12/09/2020 – 18/09/2020
  • 17/10/2020 – 23/10/2020
  • 14/11/2020 – 20/11/2020
  • 12/12/2020 – 18/12/2020

Langkavi orolida o‘z safarini davom ettirishni xohlovchilar uchun biz har doim eng yaxshi variantlarni taklif qilishga tayyormiz.

Dastur bo‘yicha mehmonxonalar qiymati teng bo‘lgan mehmonxonalarga almashtirilishi mumkin.

KUALA LUMPUR

Ibis KLCC Hotel 4* – Standard roomCAMERON HIGHLANDS

Strawberry Park Resort 4*– Studio roomBELUM

Belum Rainforest Resort 4* – Superior RoomPENANG

Sunway Georgetown Hotel 4* – Deluxe Room

ESLATMA:

  • Bronlashtirishdan oldin bo‘sh joylarning mavjudligi va narxlarning amal qilishini aniqlashtiring.
  • Dollarning mahalliy pulga nisbatan keskin o‘sish yoki tushish holatida to‘plam narxida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
  • To‘plamga parvoz uchun bazali tarif kiritilgan, bronlashtirish paytida mehmonxonalarda bo‘sh joylarning mavjudligi va parvoz uchun tariflarni aniqlashtirish lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot yuzasidan tur operatorga murojaat qiling. Biz Siz uchun MALAYZIYADA unutilmas hordiq chiqarish onlarini tashkillashtirib beramiz!

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (7)

Baholash