8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Yangi yil
Mavsum

O‘tkazish sanalari 28 .12.2021-04.01.2022

VIZA Talab etilmaydi, xorijga chiqish pasporti, uchishdan 72 soat oldin qilingan PSR test, BSST tomonidan ma’qullangan vaksina olganlik haqidagi sertifikat talab qilinadi.

Turning narxiga quyidagilar kiritilgan:

  • mehmonxonada 5 kecha yashash, shu jumladan Tbilisida nonushtalar
  • mehmonxonada 2 kecha yashash, shu jumladan Tbilisida nonushtalar
  • aeroportga/aeroportdan individual transferlar
  • ko‘rsatilgan dastur bo‘yicha rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan individual ekskursiyalar

Qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Tbilisi – Toshkent aviaparvozi
  • Kattalar – 4.520.000 so‘mdan boshlab, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 3.830.000 so‘mdan boshlab
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 12 dollardan boshlab
  • Firma xizmatlari – 200 000 so‘m
  • Toshkentga uchishdan oldin PSR test bir kishi uchun 35 dollardan boshlab
  • Yangi yil kechasi xohishga qarab

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Additional information

Yo‘nalishni tanlangГрузия, Новогодние туры

Ko‘rsatilgan joylashish turida bir kishi uchun narx

Tbilisi: Brim hotel 4*Borjomi: Borjomi Palace 4* Ikki kishilik xona 640 USD

Uch kishilik xona 495 USD

Tbilisi: Ramada by Wyndham Tbilisi 4*Borjomi: Borjomi Palace 4* Ikki kishilik xona 675 USD

Uch kishilik xona 528 USD

Tbilisi: Brosse Garden 4*Borjomi: Borjomi Palace 4* Ikki kishilik xona 682 USD

Uch kishilik xona 532 USD

To‘lov O‘zR MB kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi

1

28.12.2021 1-kun: Uchib kelish - Tbilisi

  • Tbilisiga kelish, aeroportda kutib olish
  • Transfer va mehmonxonaga joylashuv
  • Tbilisida tunash
2

29.12.2021 2-kun: Tbilisi va Msxeta bo‘ylab ekskursiya

  • Mehmonxonada nonushta
  • Turning boshlanishi ertalabki 10 da
  • Dastlab biz qadimiy Msxeta shahriga yo‘l olamiz
  • Msxeta – bu kichkina shahar va uning atrofi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Noyob, 2,5 ming yillik tarixga ega shahar «Ikkinchi Quddus» va Gruziyaning madaniy markazi deya nomlangan. Shaharning asosiy obidasi Svetitsxoveli va Jvari ibodatxonalari hisoblanadi.
  • Svetitsxoveli – 11-asrda barpo etilgan ibodatxona o‘zining mahobati va go‘zalligi bilan lol qoldiradi, uning ichida 16-asr freskalari saqlanib qolgan. Ibodatxona rivoyat va sir-sinoatlarga to‘la boy tarixga ega, u mamlakatning pravoslav ibodatxonalari orasida o‘z o‘rniga ega.
  • Jvari – Jvari monastiri Gruziyaning eng qadimiy ibodatxonalaridan biri hisoblanadi. 1994-yilda u YUNESKOning Butunjahon merosi fondiga kiritilgan birinchi gruzin yodgorligiga aylandi. Monastir tog‘da joylashgan bo‘lib, u yerdan Msxetaga, Svetitsxoveli soboriga va ikki daryo – Kura va Aragva kesishuvi joyiga ajoyib manzara ochiladi.
  • Tushlik uchun biz Msxetaga yaqin bo‘lgan, gruzinlarning sevimli joyida to‘xtab o‘tishimiz mumkin. Bu yerda siz haqiqiy gruzin taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin. Restoran 60 yildan beri ishlaydi, uning taomnomasi esa deyarli hy’ech qachon o‘zgarmagan.
  • Msxetadan so‘ng Tbilisiga qaytib kelish va Tbilisining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayr: Tbilisi obidalarini ko‘zdan kechirish Eski shahardan boshlanadi. Narikala – Tbilisining yuragi hisoblanuvchi «Mustahkam qal’a». Qal’aga 4-asrda asos solingan bo‘lib, u Mtatsminda tog‘ida joylashgan, tog‘dan poytaxtga ajoyib manzara ochiladi. Shaharning eng asosiy obidalaridan biri va uning timsoli bir vaqtlar gruzin shohlarining qarorgohi bo‘lgan Metexi ibodatxonasi hisoblanadi. Ibodatxonaga yaqin bo‘lgan joyda mashhur Tbilisi oltingugurt hammomlari, Abanotubani tumani: Irakliy, Rasmiy, Bebutlar joylashgan.

Tur taxminan 18:00 da yakunlanadi

  • Mehmonxonaga qaytib kelish
  • Tbilisida tunash
3

30.12.2021 3-kun: Tbilisi – Bodbe- Signaxi – Sinandali – Tbilisi

  • Mehmonxonada nonushta
  • Turning boshlanishi ertalabki 10 da
  • Bugun biz Gruziyaning vino mintaqasi sifatida mashhur Kaxeti tumaniga yo‘l olamiz
  • Bodbe monastir kompleksi – bu umummilliy gruzin qadamjosi. Bu yerda Avliyo Georgiy soborida xristianlik davri darakchisi apostol Nino Kappadokiyskiyning qoldiqlari ko‘milgan.
  • Sevgi shahri Signaxi bo‘ylab tur. Tosh yo‘lli ozoda ko‘chalar, yoqimli cherepitsali tomlar, ajoyib shahar dizayni qishloqni kichik Yevropa shaharchasiga aylantirgan. Ushbu shaharchaning yaxshi saqlanib qolgan qadimiy merosi bor – 5 km ga cho‘zilgan qal’a devor. Ulkan inshoot joyning relyefini takrorlab, shaharni perimetr bo‘ylab ravonlik bilan o‘ragan va tog‘lar uzra ko‘tarilgan. Tosh taxlam yaxshi saqlangan, kuzatuv qal’alari ajoyib ko‘rinadi.
  • Sinandaliga tashrif – bu kaxetiyalik Chavchavadze knyazlarining ajoyib qo‘rg‘oni. Aynan bu yerda butun Alazani vodiysidagi ilk vino zavodi ishga tushirilgan. Butun 19-asr mobaynida Sinandalidagi Chavchavadze qo‘rg‘oni Gruziya oqsuyaklar hayotining markazi bo‘lgan. Bu yerda musiqachilar, yozuvchi va shoirlar to‘plangan, A.Griboyedov o‘zining bo‘lajak rafiqasi – knyajna Nina Chavchavadze bilan tanishgan. Bu joy ajoyib park bilan o‘ralgan. Ulkan daraxtlar ko‘plab voqea-hodisalarning guvohi bo‘lgan. Bu yerda Griboyedov, Pushkin, Lermontovlar sayr qilishgan.
  • 18:00 larda Tbilisiga qaytib kelish.
  • Tbilisida tunash.
4

31.12.2021 4-kun: Tbilisi - Borjomi

  • Mehmonxonada nonushta
  • Turning boshlanishi ertalabki 10-11 da
  • Borjomi – hammaga mashhur mineral suvning vatani. Ko‘pchilik ekosayyohlar ushbu kurortga nafaqat sovet sihatgohi, balki ajoyib tabiatga ega joy sifatida qiziqadi. Joylashgan o‘rni maqtovga loyiq – baland Kavkaz tog‘lari darasi, ignabargli va kengbargli o‘rmonlar.
  • Borjomidagi markaziy bog‘ ko‘p sonli o‘simliklar, shifobaxsh musaffo havo va yoqimli muhitga ega parvarish qilingan joy hisoblanadi.
  • Borjomida vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin, bu yerda siz shifobaxsh xususiyatlarga ega mineral buloqlargacha sayr qilishingiz mumkin.
  • Borjomida tunash.
5

01.01.2022 5-kun: Borjomi - Bakuriani - Borjomi

  • Mehmonxonada nonushta qilish
  • Turning boshlanishi tonggi 10-11 da
  • Bugun biz Borjomi/Bakurianiga yo‘l olamiz
  • Bakuriani – bu qishda tog‘ chang‘i kurortiga aylanuvchi, 1700 metr balandlikdagi keng vulqon kraterida joylashgan yillik tog‘ kurorti.
  • Borjomi – hammaga mashhur mineral suvning vatani. Ko‘pchilik ekosayyohlar ushbu kurortga nafaqat sovet sihatgohi, balki ajoyib tabiatga ega joy sifatida qiziqadi. Joylashgan o‘rni maqtovga loyiq – baland Kavkaz tog‘lari darasi, ignabargli va kengbargli o‘rmonlar.
  • Borjomidagi markaziy bog‘ ko‘p sonli o‘simliklar, shifobaxsh musaffo havo va yoqimli muhitga ega parvarish qilingan joy hisoblanadi.
  • Borjomida vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin, bu yerda siz shifobaxsh xususiyatlarga ega mineral buloqlargacha sayr qilishingiz mumkin.
  • Borjomida tunash.
6

02.01.2022 6-kun: Borjomi - Uplissixe - Tbilisi

  • Mehmonxonada nonushta qilish
  • Bugun biz Borjomidan Tbilisiga yo‘l olamiz va yo‘lda Uplissixega kirib o‘tamiz
  • Uplissixe – qoyaga o‘yilgan noyob shahar bo‘lib, Gori shahridan 12 va Tbilisidan 98 km masofada joylashgan. U Mtkvari daryosining chap qirg‘og‘idan o‘rin olgan va sharqiy Gruziya hududida asos solingan dastlabki shaharlardan biri hisoblanadi. Ushbu joyda butun boshli shaharning paydo bo‘lishi er.avv. 2-asr oxiri va 1-asr boshlariga to‘g‘ri keladi, manzilgohlar esa bu yerda er.avv. 5-4-asrlarda mavjud bo‘lgan, shu sababli uning yoshi ming yilliklarni tashkil qiladi.
  • Tbilisiga safarni davom ettiramiz
  • Tbilisida tunash
7

03.01.2022 7-kun: Tbilisi – Jinvali - Ananuri – Gudauri - Tbilisi

  • Mehmonxonada nonushta qilish
  • Turning boshlanishi soat 10 da (vaqtni gid bilan muhokama qilib olish mumkin)
  • Bugun biz Harbiy-Gruzin yo‘l bo‘ylab sayohatga otlanamiz va quyidagi joylarga tashrif buyuramiz:
  • Jinvali suv ombori – 1985-yili Aragvi daryosida Jinval GESi qurilganidan so‘ng sun’iy tarzda yaratilgan. Suv ombori poytaxt uchun ichimlik suvi va elektr energiyasi manbayi sifatida xizmat qiladi. Jinval suv ombori – juda ham chiroyli joy. Uning istalgan nuqtasidan ochiluvchi manzara hayratda qoldiradi. Ko‘l hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Suv ombori atrofidagi tog‘lar yaproqli va qarag‘ayli o‘rmonlar bilan qoplangan.
  • Ananuri – kech o‘rta asr Gruziyasining eng yaxshi saqlanib qolgan qal’alaridan biri. Qasrning eng asosiy yutuqlaridan biri – uning butligi. Barcha devor va minoralar joyida.
  • So‘ng mashhur Gudauri tog‘-chang‘i kurortining yonidan o‘tamiz.
  • Gudauridagi xalqlar do‘stligi arkasi kuzatuv maydonchasi bilan olis 1983-yilda Georgiy yo‘lining ikki yuz yilligi va rus hamda gruzin xalqlarining do‘stligi sharafiga qurilgan. Xalqlar do‘stligi arkasi mashhur haykaltarosh Seretelining ijodi hisoblanib, Kazbek tumanida, Xoch dovonida 2384 metr balandlikda qad rostlagan.
  • 19:00 larda Tbilisiga qaytib kelish
  • Tbilisida tunab qolish
8

04.01.2022 8-kun: Tbilisi – Jo‘nab ketish

  • Mehmonxonada nonushta
  • Mehmonxonani tark etish
  • Aeroportga transfer

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash

4 × 4 =