12 kun 11 kecha, 12 kun 11 kecha
Kunlar soni
7+, 7+
Yoshi
Mavsum

Toshkentdan Isroilga sog‘lomlashtiruvchi tur

Isroil – muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy obidalar yeri, ko‘plab dunyo voqealarining maydoni va shu sababli bu yerda hamma narsa ma’naviylik va uyg‘unlik muhitiga qorishgan. Dunyo bo‘ylab ko‘plab sayyohlar Isroilga sayohat qilish uchun shoshilishadi.

JO‘NAB KETISH Payshanba
QAYTIB KELISH Dushanba
VIZA Talab qilinadi

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferlar
  • Dastur bo‘yicha guruh bo‘lib transferlar
  • Tanlangan toifadagi mehmonxonalarda yashash
  • Ovqatlanish – nonushtalar
  • Rus tilida guruh bo‘lib ekskursiyalar

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent aviaparvozi
    • Kattalar – 4 152 967 so‘mdan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 2 939 260 so‘mdan
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi – 320 000 so‘m
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun $ 12 (so‘mda to‘lanadi)
  • Firma xizmatlari – 200 000 so‘m

япония, тур в японию

япония, тур в японию

3* li mehmonxonada yashashda turning narxi:

  • Bir o‘rinlik nomerda – 20,310,000 so‘m
  • Ikki o‘rinlik nomerda 2 kishi uchun – 25,400,000 so‘m
  • Uch o‘rinlik nomerda 3 kishi uchun – 34,225,000 so‘m

Tel-Aviv

O‘rtayer dengizi sohilida joylashgan bo‘lib, mamlakatning savdo, moliya va madaniy markazi hisoblanadi.

Bu yerda deyarli barcha sport turlari va mashg‘ulotlar mavjud.

O‘lik dengiz

O‘lik dengiz – sayyoramizning eng noyob havzalaridan biri, bir vaqtning o‘zida ham kurort, shifoxona va attraksion hisoblanadi.

Bu yerda sevimli kitobingizni o‘qib suv yuzasida hordiq chiqarishingiz, jarohatlaringizni davolashingiz va, albatta, shifobaxsh loyda mazza qilib «dumalashingiz» mumkin.

Netaniya

Zamonaviy binolar, sayrlar, favvoralar, savdo markazlari, ko‘cha qahvaxonalari va ochiq osmon ostidagi bayramlar shahri.

Nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lgan Netaniya yoshlarni dengiz bo‘yidagi ko‘plab klublari, barlari, diskotekalari, restoran va qahvaxonalari, shuningdek arzon narxlari bilan o‘ziga jalb qiladi.

Viza olish uchun hujjatlar ro‘yxati:

Sayyohlik tashrifi uchun viza olishga hujjatlaringizni ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni taqdim etishingiz lozim:

  • Tur haqida to‘liq ma’lumot bilan Isroil sayyohlik firmasidan taklif
  • Mahalliy sayyohlik kompaniyasidan ilova xati
  • Mehmonxonadan bronlashtirish
  • Samolyotni bronlashtirish
  • Sug‘urta
  • Oylik va ta’til haqida ma’lumot ko‘rsatilgan holda ish/o‘qish joyidan ma’lumotnoma
  • «Asliga to‘g‘ri» muhri bilan mehnat daftarchasi nusxasi
  • OVIR vizasi bilan pasport (pasportning amal qilish muddati murojaat vaqtidan kamida 6 oy bo‘lishi lozim)
  • Oq fonda 5,5 ga 5,5 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli rasm
  • Tug‘ilganlik haqida guvohnoma, oilaviy holat haqida hujjatlar (nikoh guvohnomasi, ajrashganlik guvohnomasi, turmush o‘rtog‘ining vafoti haqida guvohnoma, bolalarning hujjatlari)
  • To‘lay olish haqida isbot (ko‘chmas mulk uchun hujjatlar, hisobraqam holati haqida ma’lumotnoma, omonat kassa daftarchasi)

Eslatma!!! Barcha hujjatlar rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak.

1

1-kun: Payshanba

Ben Gurion-Netaniya aeroportiga transfer, O‘rtayer dengizi sohilida tanlangan toifadagi mehmonxonaga joylashish.

2

2-kun: Juma

Mehmonxonada nonushta. Butun kunga mehmonxonadan chiqish bilan Quddusga ekskursiya (Eski shahar kvartallari bo‘ylab sayr, Yig‘i devori, Yahudiylar, Musulmonlar, Nasroniylar kvartallari va h.k.).

3

3-kun: Shanba

Mehmonxonada nonushta. Tel-Aviv-Yaffo-olmos birjasi. Mehmonxonadan chiqish bilan yarim kunga ekskursiya.

(Kompaniyadan sovg‘a).

4

4-kun: Yakshanba

Mehmonxonada nonushta. Nasroniy galileyasi. Nazaret. Muqaddas Oila g‘ori bilan Blagovesheniye bosh cherkovi. Iordan daryosi – Iso cho‘qintirilgan joy. Galiley kanasi, Baxt-saodat tog‘i (kuzatish, ichiga kirishsiz). Tabxa – non va baliqlarni ko‘paytirish cherkovi. Pravoslav Kapernaum – O‘n ikki havoriy monastiri – Avliyo Pyotr va Pavellar cherkovi.

5

5-kun: Dushanba

Mehmnonxonada nonushta. Netaniya yoki Tel-Avivdan gid va ekskursion dastur bilan O‘lik dengizga ko‘chib o‘tish. O‘lik dengizga kelish, tanlangan toifadagi mehmonxonaga joylashish.

6

6–12-kunlar: Seshanba – Yakshanba

O‘lik dengizda dam olish va davolanish. Istakka qarab qo‘shimcha ekskursiyalarni buyurtma qilish. Shu tarzda zarur gospital va klinikalarda shifokorlar bilan uchrashuvni tashkillashtirish mumkin.

7

12-kun: Dushanba

Mehmonxonada nonushta. Reys uchun Ben Gurion nomli aeroportga guruh bo‘lib transfer.

Eslatma: ekskursiyalarning o‘tkazilish tartibi qatnov kuniga bog‘liq. Davlat, yahudiy diniy va xristianlar bayramlarida, shuningdek kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar (ob-havo sharoiti va h.k.)ga ko‘ra ekskursiyalar o‘tkazish va yo‘nalish grafigida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Tur bo‘yicha joylashtiriluvchi mehmonxonalar:

3* li mehmonxonalar

Recidence, Galil – Netaniya

Leonardo INN Dead Sea – O‘lik dengiz

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

4.50 based on 2 reviews
20.07.2022

Asalom men hozirda izrail shahrida ish yuritaman ota onamga viza berishadimi sayohar uchun ? Javob uchun oldindan raxmat

20.07.2022

Asalom men hozirda izrail shahrida ish yurutaman ota onam sayohatga kela oladilarmi? Viza beratimi konsul javob uchun raxmat

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (6)

Baholash