11 kun 10 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Maldiv + Dubay birlashgan turi

Qatnov – seshanba, payshanba, juma, shanba

Viza – Maldivda 30 kungacha talab qilinmaydi, Dubayga talab qilinadi, xorijga chiqish pasporti zarur

Maldiv – bu yer yuzidagi jannat! Orolda hordiq chiqarish sizga bir yilga yorqin, unutilmas taassurotlarni hadya etadi. Bu yerda yuqori saviyadagi shinamlik yovvoyi plyajlar-u tropik chakalakzorlarda yolg‘izlikda dam olish imkoniyati bilan uyg‘unlashadi. Plyaj bo‘ylab osoyishta sayrlar va quyosh vannalarini qabul qilish dayving bilan shug‘ullanish hamda yaxtada sayr qilish, shuningdek kimsasiz orolga ekskursiya uyushtirish bilan qo‘shilib ketadi.

Bu yer yuzidagi jannat! Orolda hordiq chiqarish sizga bir yilga yorqin, unutilmas taassurotlarni hadya etadi. Bu yerda yuqori saviyadagi shinamlik yovvoyi plyajlar-u tropik chakalakzorlarda yolg‘izlikda dam olish imkoniyati bilan uyg‘unlashadi. Plyaj bo‘ylab osoyishta sayrlar va quyosh vannalarini qabul qilish dayving bilan shug‘ullanish hamda yaxtada sayr qilish, shuningdek kimsasiz orolga ekskursiya uyushtirish bilan qo‘shilib ketadi.

VIZA Talab qilinmaydi

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Toshkent – Dubay – Male – Dubay – Toshkent aviaparvozi, FlyDubai aviakompaniyasi
  • Maldivdagi 3* li va Dubaydagi 5* li mehmonxonada istiqomat qilish
  • Transferlar
  • Ovqatlanish turi: Maldivda «barchasi kiritilgan», Dubayda nonushtalar
  • Dubayga vizalar
  • COVID-19 ni qoplash bilan tibbiy sug‘urta polisi

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun

Soat 4-00 da Toshkentdan uchib ketish, 7-10 da Dubayga uchib kelish. Dubaydan 9-55 da uchib ketish, Malega 15-10 da uchib kelish. Mehmonxonagacha transfer, joylashish.
2

2–7-kunlar

Maldivda dam olish, bo‘sh vaqt.
3

8-kun

Mehmonxonani tark etish, aeroportga transfer, 23-30 da Maledan uchib ketish, 3-10 da Dubayga uchib kelish. Mehmonxonaga transfer, joylashish.
4

9–10-kunlar

Dubayda dam olish.
5

11-kun

Aeroportga transfer, Dubaydan 22-00 da uchib ketish, Toshkentga 2-20 da uchib kelish.

Tur bo‘yicha sayyohlar joylashtiriladigan mehmonxonalar:

Maldiv – Summer Island Maldives 3*  yoki shunga monand mehmonxona Stella Di Mare 5*

Shuningdek qayta hisob-kitob qilishda Maldivda 4*, 5* li mehmonxonalarga joylashish mumkin.

Maldiv orollari, Hind okeani ekvatorial suvlarining mashhur «rezidenti» haqli ravishda eng yaxshi ekzotik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu yerda 1190 ta orol (aniqrog‘i, atollar) bor va ularning hammasi saralanganday bir xil: moviy ko‘rfazlar, qumli plyajlar va noyob o‘simlik dunyosiga ega.

U yerda munosib dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan: sokinlik va xotirjamlik, boy suvosti dunyosi. Shuningdek yaxshi mehmonxonalar-u ulardagi yuqori servis xizmati – ularsiz har qanday kurortning istalgan yutuqlari zamonaviy sayyohlarning ko‘z o‘ngida qadrini yo‘qotishi mumkin.

Shahar deb nomlash mumkin bo‘lgan yagona aholi punkti – Male – poytaxt hisoblanadi. Maleda ko‘plab do‘konlar, suvenir do‘konchalari va bir nechta bozorlar bor. Bu yerdagi narxlar juda ham arzon va hech qanaqa boj yo‘q.

Aksariyat hollarda maykalar, sharflar, chig‘anoqlar, nahang tishlari, qo‘lda ishlangan gilamchalar, yog‘och haykalchalar va marjonli zargarlik buyumlarini xarid qilishadi.

Maldivga kirish uchun yangilangan qoidalar

2020-yilning 15-oktabridan barcha sayyohlar, shu jumladan 1 yoshdan oshgan bolalar Maldivga kelgach parvozgacha kamida 96 soat ichida qilingan manfiy PSR-test natijalarini havola qilishlari lozim (96 soat analiz namunasi olingan vaqtdan boshlab hisoblanadi). BAA orqali tranzit bo‘yicha Maldivga uchayotgan sayyohlar COVID-19 ga yagona PSR-test topshirishadi. Ushbu test ham BAAga, ham Maldiv orollariga kirish uchun mos keladi, yagona talab o‘zingiz bilan natijalarning 2 nusxasi bo‘lishi kerak.

PSR-test hukumat tomonidan ma’qullangan laboratoriyadan berilgan, litsenziyalangan yoki ro‘yxatdan o‘tgan sertifikatning asl nusxasi sifatida taqdim etilishi lozim. Manfiy PSR-test to‘g‘risidagi sertifikatda laboratoriyaning nomi va manzili, test natijasi, laboratoriya muhri, testlashtirish sanasi bo‘lishi kerak, shuningdek natijalarni taqdim qilgan xodimning ismi va imzosi ko‘rsatilishi lozim.

Reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar ushbu hujjatni mehmonning uchib ketishiga qadar tekshirishadi.

https://imuga.immigration.gov.mv/ saytida Sog‘liq deklaratsiyasi shaklini (HDF) to‘ldirish barcha tashrif buyuruvchi yo‘lovchilar uchun majburiy tadbir hisoblanadi. Barcha yo‘lovchilar sog‘liq haqidagi Deklaratsiyaning onlayn-shaklini uchib ketishdan 24 soat oldin to‘ldirishlari lozim. Sog‘liq deklaratsiyasi shakli (HDF) hamma tashrif buyuruvchilar tomonidan ikki marta to‘ldirilishi va taqdim etilishi kerak – dastlab Maldivga kelgan vaqtda, so‘ngra Maldivdan ketish vaqtida (har ikki holatda uchib ketishdan 24 soat oldin to‘ldiriladi). Ushbu shakl aeroportga kelgandan so‘ng tegishli mansabdor shaxsga taqdim etilishi kerak.

Sog‘liq haqidagi deklaratsiyani olgach, siz elektron pochta orqali QR-kodni olasiz. Ushbu QR-kodni o‘z telefoningizga yuklashingiz kerak bo‘ladi. Aeroportga kelgach, immigratsiya xizmati xodimlari hujjatlaringizni tekshiradi va sog‘liq holati to‘g‘risidagi deklaratsiya bilan birga sizdan QR-kodni taqdim etishingizni so‘rashadi.

MUHIM: onlayn-shaklsiz tashrif buyurgan mehmonlar uni aeroportda to‘ldirishlari lozim bo‘ladi, bu esa biroz vaqtni egallashi va mehmonlarning mehmonxonaga transferlarini o‘tkazib yuborishlariga olib kelishi mumkin.

Kirish qoidalari o‘zgarmagan: viza barcha davlatlarning fuqarolariga uchib kelingandan so‘ng 30 kunga bepul beriladi.

Yo‘lovchi BAAda foydalanish uchun amal qiladigan va COVID-19 ga musbat natija chiqqan holda xarajatlarni qoplovchi tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi lozim.

Hamma sayyohlar aeroportda, ichki sayohatlarda va barcha yopiq jamoat joylarida niqobda bo‘lishlari kerak.

Muhim ma’lumot!

Mamlakat hududida spirtli ichimliklar taqiqlangan va uni olib kirish qat’iyan man etiladi, faqat spirtli ichimliklar savdosi uchun maxsus ruxsatnoma oluvchi rezort orollar uchungina istisno qilingan, shu sababli spirtli ichimliklarni quyidagi joylarda topishingiz mumkin:

nomeringizdagi mini-barda;

Maldivda alkogol mahsulotlarini sotishga ruxsat berilgan rezort restoranlarida;

shuningdek oroldan uzoqda ochiq dengizda qatnovchi kema va qayiqlarning bortida xarid qilish va ichish mumkin.

Male aeroportida uchib borilib pasport nazorati va bepul Maldiv vizasini olganingizdan so‘ng sizdan qo‘lingizdagi yuk va bagajingizni skanerda spirtli ichimliklar mavjudligiga tekshirib ko‘rishlari mumkin. Agar siz o‘zingiz bilan spirtli ichimlik olib ketayotgan bo‘lsangiz va uni topib olishsa, barcha narsalaringizni aeroportdagi bepul saqlash kamerasiga topshirishingiz kerak bo‘ladi. Spirtli ichimlikni safardan qaytayotganingizda aeroportdan olib ketishingiz mumkin.

Maldivda All inclusive tizimi o‘z ichiga nimalarni oladi:

1) Alkogol ichimliklar

Maldiv orollarida mahalliy aholi uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga rasmiy taqiq mavjud va shu sababli mamlakatda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilmaydi. Otel mehmonlari uchun faqat uning hududida bunday cheklovlar yo‘q.

All inclusive tizimida ishlatiluvchi barcha ichimliklar xorijda ishlab chiqarilgan. Mehmonxonaning narx darajasidan qat’i nazar All inclusive tizimida ichimliklar turli-tuman – qimmatroq yoki arzonroq, ammo har doim sifatli: mehmonxonalar faqat rasmiy ishlab chiqarilgan spirtli ichimliklarni xarid qiladi.

All inclusive ning u yoki bu rejasiga qaysi ichimliklar kirishini maslahatchingizdan bilib olishingiz mumkin. Odatda:

  • All tizimiga minibardagi ichimliklar kirmaydi (biroq ba’zida istisnolar ham bo‘ladi)
  • All tizimi bo‘yicha alkogol ichimliklarni faqatgina restoran, bar yoki plyajdagi bar ustunlarida iste’mol qilish mumkin (nomerda ichish taqiqlanadi).

2) alkogolsiz ichimliklar

Bularga suv, paketdagi sharbatlar, gazli ichimliklar, choy, qahva kiradi. Yangi siqilgan sharbatlar va ular asosidagi kokteyllar All inclusive to‘plamida har doim ham mavjud emas (hammasi All paketiga va mehmonxona darajasiga bog‘liq). Odatda, hamma mehmonxonalarning nomerlarida suv, choy to‘plami va qahva bepul taqdim etiladi (ovqatlanish rejasidan qat’i nazar). Ba’zi mehmonxonalarda nomerlarda qahva mashinalari o‘rnatilgan (bunday holatlarda sovitgichda har doim organik slivkilar mavjud).

3) ovqatlanish

Odatda, All inclusive to‘plami asosiy restoranda 3 martalik ovqatlanish va ikkinchi tushlikni (sneklar, gazaklar va choy, qahva) o‘z ichiga oladi. Mehmonxonaning darajasi, uning narx toifasi va restoranlar sonidan kelib chiqib mehmonlarda «Bufet» tamoyili bo‘yicha asosiy kechki ovqat uchun restoranlarni menyudan taomlarni buyurtma qilish restoraniga o‘zgartirish imkoniyati mavjud.

4) o‘yin-kulgi va bo‘sh vaqt

Odatda, mehmonxonalarda barcha mehmonlar sport zali va basseyn, o‘yin xonalaridan bepul foydalanish imkoniyatiga egalar. All inclusive tizimi bo‘yicha snorkling uchun asbob-uskunalar ijarasi, motorlashtirilmagan sport turlari xizmati taqdim etiladi.

Har qanday suv sporti turlariga o‘rgatish, dayving-asboblar, sho‘ng‘ish – har doim qo‘shimcha to‘lov evaziga!

5) bolalar klubi

All inclusive rejasidan qat’i nazar mehmonxonada doim bepul opsiya. Qo‘shimcha soatlar yoki enaga xizmati mehmonxona praysi bo‘yicha to‘lanadi.

JOYLASHUV VA NARXI:

  • 1 kishi uchun 2 o‘rinlik nomer (DBL P.P.) = 32,706,000 so‘mdan boshlab

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (2)

Baholash