Toshkentdan Misrga tur
Misr – noyob davlat bo‘lib, u yerda har bir inson o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot topishi mumkin. Mehmondo‘stlik muhiti va ko‘ngilochar joylarning keng tanlovi oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ushbu mintaqaga katta shuhrat keltirgan.
Ayni vaqtda Qizil dengiz va Sinay yarimoroli dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi.
Qizil dengiz – Dunyo okeanining eng sho‘r dengizi. O‘zining zilol suvlari bilan mashhur, boisi unga loy va qum olib keluvchi daryolar kelib quyilmaydi. Hattoki sovuq mavsumda ham suvining harorati 20 °C dan pastga tushmaydi, issiq mavsumlarda esa 27–28 °C dan oshishi mumkin. Bu suvda turli xil infeksiyalarning ko‘payish xavfini kamaytirishga imkon beradi va bu bilan dengiz suvining shifobaxsh xususiyatlarini oshiradi.
Noyob suvosti dunyosi sababli Qizil dengiz dayving bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.
Sharm al-Shayxda dam olish
Sharm al-Shayx – oilaviy va faol dam olish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda siz ko‘p sonli marjon qoyalarini, plyajlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni topasiz.
Quml plyajda mayin quyosh nuri ostida hordiq chiqarishdan tashqari mehmonlarga ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar taklif qilinadi: dayving, sahro bo‘ylab safar, toqqa chiqish, golf va milliy bog‘lar – ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin! Sharm al-Shayx kurorti plyajlarida boshqa dengiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlarini ham topish mumkin (bananlar, katamaranlar, yaxtalarda sayr va sh.k.).
Jo‘nab ketish | Har dushanba va chorshanba AirCairo aviakompaniyasida |
VIZA | Viza – talab etilmaydi, yarimorolni 14 kecha tark etmagan holda Sharm al-Shayxda qolish sharti bilan |
Narxga quyidagilar kiritilgan:
- Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent aviaparvozi Nileair aviakompaniyasida
- Mehmonxonaga joylashish
- Aeroport – aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
- Ovqatlanish – Hammasi ichida
- COVID+ tibbiy sug‘urtasi
Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:
- Firma xizmatlari – 100 000 so‘m
- VIZA 10 kun ichida rasmiylashtiriladi
- Viza narxi = 25$
Mamlakatda 14 kundan ortiq bo‘lishda vizani Toshkentdagi Misr elchixonasida yoki Sharm al-Shayx aeroportiga uchib borishda olish mumkin
Uchib ketish va qaytib kelish vaqti:
Toshkent – Sharm al-Shayx NileAir (Airbus-320) 11:20 TAS – 13:50 SSH
Sharm al-Shayx – Toshkent Nile Air (Airbus-320) 02:05 SSH – 10:00 TAS
Sharm al-Shayx
Suv ostida suzish uchun ajoyib joy. Musaffo va iliq suv, boy suvosti dunyosi va ko‘plab marjon qoyalarining mavjudligi dayving bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Ko‘plab dayving klublar, suvosti suzish maktablari, yaxtalar, yo‘riqchilar va h.k. sizning xizmatingizda.
Sharm al-Shayx tungi hayoti o‘zining mashhur diskotekalari, kazino va shou-namoyishlari bilan dong taratgan. Naama Beydagi sayr yo‘li – «promenad» sevimli joylardan biridir. Bu yerda kechgacha savdo markazlari va ko‘plab ko‘cha kafelari ishlaydi, ular yerda tashrif buyuruvchilarga arab, yapon va yevropa milliy taomlari, dengiz mahsulotlari taklif qilinadi.
Turli-tuman yovvoyi gullar, osilib turgan xurmo maysazorlarining marvariddek tovlanishi, daraxt va palmalar, mayin iliq qumli keng plyajlar, feruza rangli dengiz va hovuzlarning moviy ko‘llari – bularning barchasi bir vaqtning o‘zida rang-barang kanyonlar, ertaknamo qoyalar va sariq qumlar bilan o‘ziga xos uyg‘unlikda joylashgan.
Sharm al-Shayxda sayyohlik mavsumi hech qachon uzilmaydi: bu yerda yil bo‘yi cho‘milish va toblanish mumkin. Har yili kurort borgan sari kengayib bormoqda.
Narxlar bir haftalik to‘plam uchun katta yoshli 2 nafar insonga ko‘rsatilgan:
Gafy Resort Aqua Park 4* AI Standard Room 18.805 .000 so‘mdan boshlab
Sharm Grand Plaza Resort 5*AI Standard Room 18.525.000 so‘mdan boshlab
Hilton Sharm Sharks Bay Resort 4* AI Standard Room 20 115 000 so‘mdan boshlab
Sea Beach Aqua Park 4* AI Standard Room от 17. 650. 000 so‘mdan boshlab
FUN&SUN ACTIVE Tropitel Waves 5* AI Standard Room 19. 656. 000 so‘mdan boshlab
Parrotel Beach Resort (ex. Radisson Blu Resort) 5* AI Standard Room 21.336. 000 so‘mdan boshlab
FUN&SUN FAMILY Albatros Palace 5* AI Standard Room 23. 120. 000 so‘mdan boshlab
Reef Oasis Blue Bay Resort & Spa 5* AI Standard 23.050.000 so‘mdan boshlab
Stella Di Mare Beach Hotel & Spa 5* AI Villa Room 26. 455.000 so‘mdan boshlab
Rixos Sharm El Sheikh 5* 16 + AI Superior Room 39 .900.000 so‘mdan boshlab
Misrga vizani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
- Xorijga chiqish pasporti
- Yaqinda suratga olingan 2 ta rasm (3,5×4,5)
- Borib kelish aviachiptasining nusxa olingan broni
- Vizani olish uchun batafsil to‘ldirilgan so‘rovnoma
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
Men 7 yoshli farzandim yani oʻgʻlim bilan 1 xaftalik sayohatga Misrga bormoqchiman
Narxlari xaqida maʼlumot kerak imkon boʻlsa toʻliq xarajat xaqida …
visa haqida to’liq ma’lumot berilar
tel qilsak bolar bomas hujjatlar sorashvoti
mahalla spravka, ishxona spravka
turga nima kere bu narsalani
Fikr bildiring