10 kun 9 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Mavsum

SINGAPUR-LANGKAVI-KUALA LUMPUR

JO‘NASH Chorshanba: Uchib ketish 09:30

Uchib kelish 20:00 (Kuala- Lumpur orqali)

QAYTIB KELISH Juma: uchib ketish 11:00

Uchib kelish 16:00 (to‘g‘ridan to‘g‘ri reys)

VIZA Singapur uchun talab etiladi

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Tanlangan to‘plamga muvofiq ravishda Singapurdagi mehmonxonada 2 kecha, ovqatlanish turi – nonushtalar;
  • Tanlangan to‘plamga muvofiq ravishda Langkavi orolidagi mehmonxonada 5 kecha, ovqatlanish turi – nonushtalar;
  • Tanlangan to‘plamga muvofiq ravishda Kuala-Lumpurdagi mehmonxonada 2 kecha, ovqatlanish turi – nonushtalar;
  • Ingliz tilida so‘zlashuvchi haydovchi bilan Singapurda aeroport-mehmonxona-aeroport guruhli transferi;
  • Ingliz tilida so‘zlashuvchi haydovchi bilan Langkavida aeroport-mehmonxona-aeroport guruhli transferi;
  • Ingliz tilida so‘zlashuvchi haydovchi bilan Kuala-Lumpurda aeroport-mehmonxona-aeroport guruhli transferi;
  • Rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida Singapur bo‘ylab ekskursiya;
  • Rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida Kuala-Lumpur bo‘ylab ekskursiya;
  • Singapur-Langkavi-Kuala-Lumpur aviaparvozi.

 

Narxga quyidagilar kiritilmagan:

  • Xalqaro aviaparvoz
  • Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent aviaparvozi kattalar uchun 5.230.000 so‘mdan boshlab, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 4.070.000 so‘mdan boshlab
  • Tibbiy sug‘urta:
  • 66 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun individual – sayohat davri uchun 1 kishiga 85.000 so‘mdan boshlab
  • Firma xizmatlari – 1 kishi uchun 200.000 so‘m
  • Singapurga viza (agar talab etilsa);
  • Qo‘shimcha ekskursiyalar (xohishga qarab):
  • Langkaviga obzorli ekskursiya
  • Mangr chakalakzorlariga ekskursiya
  • Egizak minoralarga chiptalar
  • «*» belgisi bilan belgilangan tur va ekskursiyalar
  • Shaxsiy va qo‘shimcha xarajatlar

ESLATMA:

  • Iltimos, bronlashtirishdan oldin bo‘sh joylarning mavjudligi va narxlarning amal qilishini aniqlashtiring.
  • DOLLARNING MAHALLIY PULGA NISBATAN KESKIN O‘SISH YOKI TUSHISH HOLATIDA TO‘PLAM NARXIDA O‘ZGARISHLAR BO‘LISHI MUMKIN
  • To‘plamga parvoz uchun bazali tarif kiritilgan, bronlashtirish paytida mehmonxonalarda bo‘sh joylarning mavjudligi va parvoz uchun tariflarni aniqlashtirish lozim

 

QUYIDAGI TO‘LOV TURLARI AMAL QILADI::

Superior Package:

  • Xona to‘plami uchun 1 240.000 so‘m – 05/06 – 31/08/20; 07/01 – 02/02/21;

Deluxe Package:

  • Xona to‘plami uchun 3 050.000 so‘m – 06/01 – 15/02/21;

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Сингапур Лангкави Куала Лумпур

SNGL

одноместное размещение

½ DBL

двухместное размещение

1/3 TRPL

трехместное размещение

Standard Package 3*

17.625.000 сум 10.870.000 сум 10.555.000 сум
Superior Package 4*

23.620.000 сум 14.005.000 сум 14.005.000 сум
Deluxe Package 5*

28.680.000 сум 16.510.000 сум 14.630.000 сум
Цены указаны в национальной валюте за человека за пакет.
Цены действительны 01/04/20 – 14/12/20; 16/01/21 – 31/03/21.
В течение года существуют доплаты.
Доплата за детей за пакет  Ребенок без доп.кровати, только завтрак Ребенок с доп. кроватью и завтраком 1 доп.кроватью и просто завтраком для второго ребенка
Standard Package 3.800.000 сум 8.000.000 сум 12.000.000 сум
Superior Package 3.610.000 сум 12.020.000 сум 14.735.000 сум
Deluxe Package 4.023.000 сум 7.840.000 сум 11.025.000 сум
Ребенок на основном месте считается как взрослый;
Возможно увеличение продолжительности тура, доплату уточняйте с отделом бронирования.

1

1-kun. Singapur. Chorshanba

Singapurga kelish. Yuklarni qabul qilish. Tashrif buyurish zalida sizni familiyangiz yozilgan taxtachani ko‘targan haydovchi kutib oladi. Mehmonxonaga transfer. Mehmonxonaga joylashish, bo‘sh vaqt.

2

2-kun. Singapur. Payshanba

Rus tilida gaplashuvchi guruh tarkibida Singapur bo‘ylab ekskursiyaga jo‘nash uchun lobbida gid bilan uchrashish. Ekskursiya davomida siz tarixiy obidalarga, mustamlaka haykallariga tashrif buyurasiz, shahar timsoli bilan tanishasiz va singapurliklarning zamonaviy hayoti haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

*Eskursiya yakunlanganidan so‘ng Singapur hayvonot bog‘iga borishni va u yerdagi hayvonlar bilan tanishishni tavsiya qilamiz. Ushbu bog‘dagi jonivorlar bahaybat qafaslar va to‘siqlar bo‘lmagan «ochiq hayvonot bog‘i» tamoyili bo‘yicha tabiiy sharoitda yashaydilar. Bu yerda hayvonot va nabotot olamini o‘rganish uchun ko‘plab so‘qmoqlar bor. Qorong‘i tushishi bilan sizni bog‘ bo‘ylab tungi safari va jonli olov bilan tanishuv kutmoqda.

3

3-kun. Singapur- Langkavi. Juma

Nonushtadan so‘ng mehmonxonani tark etish.

Lobbida sizni haydovchi aeroportga transfer qilish uchun kutib turadi. Langkaviga uchish.

Yetib borgach immigratsiya va bojxona nazoratidan o‘tish, yuklarni qabul qilish lozim. Uchib kelish zalida sizni haydovchi ismingiz yozilgan taxtacha bilan kutib oladi. Mehmonxonaga transfer, joylashish. Bo‘sh vaqt.

*Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan axborot beruvchi uchrashuv, u mehmonxona haqida so‘zlab beradi, orolga oid ma’lumot va xaritani taqdim etadi, ekskursiya dasturlarini taklif qiladi.

4

4-kun. Langkavi. Shanba

* Langkavi bo‘ylab ekskursiyaga jo‘nashni taklif qilamiz, u yerda siz orolni o‘rab olgan ko‘plab afsonalarni bilib olasiz, haqiqiy Malayziya qishlog‘ini aylanasiz, arqonli yo‘lda uchasiz va albatta, mahalliy hunarmandchilik buyumlarini sotib olasiz.

Ekskursiya yakunida bo‘sh vaqt taqdim etilib, ushbu vaqtingizni plyajda, soliq solinmaydigan mahsulotlar sotiluvchi Duty Free do‘konlarida o‘tkazishingiz yoki Pantai Cenang savdo ko‘chalarini aylanishingiz mumkin.

5

5-kun. Langkavi. Yakshanba

*Mangr chakalakzorlariga ekskursiyaga taklif qilamiz, ushbu ekskursiya davomida xalqaro Gilim qo‘riqxonasiga tashrif buyurasiz, geobog‘ning qadimiy g‘orlariga kirib chiqasiz, uxlayotgan ko‘rshapalaklarni tomosha qilasiz, Timsoh g‘orining ichida qayiqda suzasiz va yana ko‘plab narsalarni ko‘rasiz! Ushbu sayohat sizda Langkavi oroli haqida olam-olam taassurot qoldirishi shubhasiz.

6

6–7-kunlar. Langkavi. Dushanba – Seshanba

Bo‘sh kun, bu kunni plyajda o‘tkazishingiz, SPA-salonga tashrif buyurishingiz, orol bo‘ylab qo‘shimcha ekskursiyaga borishingiz mumkin.

7

8-kun. Langkavi-Kuala-Lumpur. Chorshanba

Nonushtadan so‘ng mehmonxonani tark etish.

Lobbida sizni haydovchi aeroportga transfer qilish uchun kutib oladi. Kuala-Lumpurga uchish.

Yetib borgach yuklarni qabul qilish lozim. Uchib kelish zalida sizni haydovchi ismingiz yozilgan taxtacha bilan kutib oladi. Mehmonxonaga transfer, joylashish. Bo‘sh vaqt.

*KLCC parkida sayr, u yerda har kuni kechasi raqsga tushuvchi favvoralar musiqiy shousi bo‘lib o‘tadi.

8

9-kun. Kuala-Lumpur. Payshanba

Kuala-Lumpur bo‘ylab ekskursiyaga jo‘nash uchun lobbida gid bilan uchrashish, bu vaqt davomida siz shaharning eng diqqatga sazovor obidalari, mahalliy xalqning urf-odat va an’analari bilan tanishasiz, shuningdek, eng yaxshi ko‘rish nuqtasidan turib egizak minoralar fonida suratga tushasiz!

*Tur yakunida siz mashhur Petronas Twin Towers ga tashrif buyurishingiz va qush uchar balandlikdan shaharni suratga olishingiz, Egizak minoralarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi ko‘prikdan o‘tishingiz va poytaxtdagi eng yirik savdo markazlari bo‘lmish Suria KLCC, Pavillion, Plaza Low Yat va boshqalarda shoping qilib kuningizni davom ettirishingiz mumkin.

9

10-kun. Kuala-Lumpur. Juma

Nonushtadan so‘ng xonani topshirish, mehmonxonani tark etish. Sizni haydovchi aeroportga transfer qilish uchun kutib oladi.

Singapurga vizani rasmiylashtirish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim:

– skanerlangan pasport (birinchi sahifasi)

– yorug‘ fonda 1 ta rangli rasm (3×4 sm)

– ro‘yxatdan o‘tish manzili va ish joyi.

Rasmiylashtirish muddati 3-7 ish kuni.

Viza Singapurga ko‘p martalik kirish uchun chiqish sanasidan 90 kun davomida amal qiladi.

Singapur rango-rang – bu yerda ultrazamonaviy osmono‘par binolar mustamlaka vaqtidagi burchaklar bilan birga hayot kechirmoqda. Madaniy obidalarning katta qismi poytaxtda, ayniqsa, mustamlaka markazida va madaniy kvartallarda joylashgan. Singapur – yirik sanoat va urbanizatsiya markazi bo‘lishiga qaramay, bu yerda ko‘plab istirohat bog‘larida tabiiy boyliklar puxtalik bilan saqlab qolingan. Ular orasida Milliy bog‘, Jurong qush bog‘i, Manday orxideya bog‘ini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Singapurni Osiyoning boshqa shaharlaridan ajratib turuvchi jihat uning mutlaqo tozaligi va tartibligidir. Bunga Osiyodagi turli xalqlarning yorqin milliy va diniy bayramlaridagi tomoshalarni qo‘shish mumkin.

Milliy taomlari

Zamonaviy Singapur – bu ovqat shinavandalari uchun haqiqiy jannat, chunki bu yerda Osiyo tansiq taomlaridan tortib Mishlen yulduziga ega tematik oshxonalarga ega minglab restoranlar faoliyat yuritadi. Milliy taomlarning asosini – xitoy, hind, malay va yevropa taomlari tashkil etadi. Mamlakat Xitoydan vok – mahsulotlar sanoqli daqiqalarda chuqur tovada qovuriluvchi san’atni qabul qilib olgan. Hindiston o‘nlab ziravorlarni taqdim etgan bo‘lsa, malay merosi yeryong‘oq pastasi va grilda qovuriluvchi go‘shtga muhabbatda o‘z aksini topgan,yevropalik mustamlakachilar esa o‘zlaridan so‘ng yuqori darajadagi qabul marosimlarini qoldirib ketishgan.

Kuala-Lumpur

Kuala-Lumpur – bir vaqtning o‘zida etnik jamoalarning o‘ziga xosligini saqlab qolgan, yuksak darajada rivojlangan shahar. Shaharning zamonaviy arxitekturasi dunyoda sobiq eng baland egizak minoralar hisoblangan «Petronas» imoratlari bilan mashhur bo‘lsa, shuning bilangina cheklanib qolmaydi.

Shaharda katta miqdordagi tarixiy va madaniy obidalar bilan tanishish, zamonaviy ko‘ngilochar komplekslarga tashrif buyurish va ko‘plab savdo markazlarida shopingga vaqt ajratish mumkin. Kuala-Lumpur, shuningdek, dunyodagi eng arzon besh yulduzlik mehmonxonalarga ega shahar sifatida ham mashhur. Har yili bu yerda «Formula-1» bo‘yicha jahon chempionatlarining bosqichlaridan biri – Malayziya gran-prisi o‘tkaziladi.

Langkavi. Shu nomdagi arxipelagning eng asosiy oroli – Malayziyadagi dunyo sayyohlari orasida eng mashhur bo‘lgan orol. Bu yerda asosan to‘rt-besh yulduzli mehmonxonalar joylashgan, bir nechta uch yulduzli otellar ham bor. Langkavi o‘zining yumshoq oq qumi va musaffo dengizi bilan dong taratgan. Orolda jamoat transporti yo‘q: faqat taksi va yengil mashina, velosiped hamda skuterlarni ommaviy ijaraga olish keng tarqalgan.

Ko‘p miqdordagi minerallar, shu jumladan magniyli toza plyajlar sog‘liq uchun juda foydali hisoblanadi va revmatizm, osteoxondroz, bronxitlardan davolaydi

STANDART TO‘PLAMI / PACKAGE STANDARD***

Dastur bo‘yicha mehmonxonalar Singapur Langkavi Kuala-Lumpur
Single / Double

Fort Canning 3*

Deluxe Room

Federal Villa 3*Standard Room Holiday Inn Express 3*Standard Room
Triple Fort Canning 3*Deluxe Room + Extra Bed Holiday Villa 3* Superior Room + Extra Bed Le Apple KLCC 3*
Superior Room + Extra Bed
Double + 1 ChildNO Extra Bed Fort Canning 3*Deluxe Room Federal Villa 3*Standard Room Holiday Inn Express 3*Standard Room
Double + 1 ChildWITH Extra Bed Fort Canning 3*Deluxe Room + Extra Bed Holiday Villa 3*Superior Room + Extra Bed Le Apple KLCC 3*Superior Room + Extra Bed
Double + 2 ChildWITH 1 Extra Bed

Fort Canning 3*Deluxe Room + Extra Bed

Child Breakfast

Holiday Villa 3*

Superior Room + Extra Bed

+ Child Breakfast

Le Apple KLCC 3*Superior Room + Extra Bed +

Child Breakfast

SUPERIOR TO‘PLAMI / PACKAGE SUPERIOR****

Dastur bo‘yicha mehmonxonalar Singapur Langkavi Kuala-Lumpur
Single / Double Studio M 4*Studio Loft

Berjaya Langkawi 4*

Rainforest Chalet

Element by Westin 4* Studio Room
Triple Studio M 4*Studio Loft + Extra Bed

Berjaya Langkawi 4*

Premier Chalet on Land

+ Extra Bed

Element by Westin 4* Studio Room + Extra Bed
Double + 1 ChildNO Extra Bed Studio M 4*Studio Loft + Child Breakfast

Berjaya Langkawi 4*

Rainforest Chalet +

Child Breakfast

Element by Westin 4* Studio Room + Child Breakfast
Double + 1 Child WITH Extra Bed

Studio M 4*

Studio Loft + Extra Bed

Berjaya Langkawi 4*

Premier Chalet on Land

+ Extra Bed

Element by Westin 4*

Studio Room + Extra Bed

Double + 2 ChildWITH 1 Extra Bed

Studio M 4*

Studio Loft + Extra

Bed + Child Breakfast

Berjaya Langkawi 4*

Premier Chalet on Land

+ Extra Bed + Child Breakfast

Element by Westin 4* Studio Room + Extra Bed + Child Breakfast

DELAKS TO‘PLAMI / PACKAGE DELUXE *****

Dastur bo‘yicha mehmonxonalar Singapur Langkavi Kuala-Lumpur
Single / Double Intercontinental 5*Heritage

Meritus Pelangi 5*

Garden Terrace

Intercontinental 5*Deluxe Room
Triple Intercontinental 5*Heritage + Extra Bed

Meritus Pelangi 5*

Garden Terrace

+ Extra Bed

Intercontinental 5*Deluxe Room

+ Extra Bed

Double + 1 ChildNO Extra Bed

Intercontinental 5*Heritage

+ Child Breakfast

Meritus Pelangi 5*

Garden Terrace

+ Child Breakfast

Intercontinental 5*Deluxe Room

+ Child Breakfast

Double + 1 ChildWITH Extra Bed Intercontinental 5*Heritage + Extra Bed

Meritus Pelangi 5*

Garden Terrace

+ Extra Bed

Intercontinental 5*Deluxe Room + Extra Bed
Double + 2 ChildWITH 1 Extra Bed

Intercontinental 5*Heritage + Extra Bed

+ Child Breakfast

Meritus Pelangi 5*

Garden Terrace

+ Extra Bed + Child Breakfast

Intercontinental 5*Deluxe Room + Extra Bed

+ Child Breakfast

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 5 reviews
RU
12.10.2018

Свое первое путешествие я начала именно с Малайзии, здесь потрясающие места, наполненные какой-то особой энергетикой и силой. А Сигнапур это вообще отдельная планета!

RU
23.10.2018

На Лангкави нереально красиво!

RU
29.10.2018

Очень понравилась обзорная экскурсия по Сингапуру, хороший гид с неиссякаемым багажом захватывающих историй и позитивным настроем.

RU
29.03.2019

Сингапур, конечно, настоящий чудо-город. Просто находясь здесь, испытываешь трепет, поражаешься оригинальным строениям. Но вот цены удивили, особо, конечно, не разгуляешься.

RU
29.03.2019

Тур по юго-восточной Азии – настоящая находка. За 9 дней мы побывали в современном мегаполисе, потом в райском уголке Лангкави, а затем снова вернулись в современную цивилизацию! Отдых получился очень динамичным и разнообразным.

Fikr bildiring

Show only reviews in UZ (0)

Baholash