8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Aprel – Oktyabr
Mavsum

GRUZIYAGA GURMAN TUR

Qatnovlar har juma:

Yanvardan aprelgacha

JO‘NAB KETISH Seshanba, Juma
QAYTIB KELISH Seshanba, Shanba
VIZA Xorijga chiqish pasporti + uchib ketishga ko‘pi bilan 72 soat qolganda qilingan PSR test talab qilinadi

 

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Aviaparvoz
  • Barcha aviaparvozlarga qo‘shimcha to‘lovsiz aeroportda kutib olish va kuzatib qo‘yish (faqat tur sanalarida)
  • Tur davrida barcha transferlar
  • Nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zingiz tanlagan mehmonxonada yashash
  • Turda ko‘rsatilgan ekskursiyalarning narxi (Tbilisi, Msxeta, Signaxi, Borjomi, Bakuriani)
  • Gid xizmati
  • Kirish chiptalari
  • Narikalaga podyomniklar
  • Shou-dastur va vinoni o‘z ichiga oluvchi milliy taomlar restoranida 1 ta kechki ovqat
  • Yo‘nalish bo‘yicha ekskursiyalar vaqtida 3 ta milliy taomlar tushligi (alkogol ichimliklarsiz)
  • Milliy restoranlarda 2 ta kechki ovqat (alkogol ichimliklarsiz)
  • Milliy taomlar bo‘yicha mahorat maktabi
  • Yo‘nalish bo‘yicha 2 ta vino va chachi degustatsiyasi

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 10 $
  • Firma xizmatlari – 200 000 so‘m
  • Gruziyaga uchib borishning 3-kunida PSR-test topshiriladi, testning narxi 45$

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun

Tbilisi – Msxeta – Signaxi – Borjomi – Bakuriani -Tbilisi

Quyosh shahri – go‘zal Tbilisiga kelish, transfer va mehmonxonaga joylashish. Bo‘sh vaqt. Mehmonxonada tunash.

2

2-kun

Bugun biz 2 ta ekskursiyani o‘z ichiga oluvchi mazmunli kunni o‘tkazamiz:

Sehrlovchi shahar bo‘ylab siti-tur:

«Sameba» kafedral sobori («Muqaddas uchlik», gruzin uyg‘onish davri, birdamligi va barhayotligi timsoli). U Tbilisi markazidagi Avliyo Ilya tog‘i cho‘qqisida joylashgan.

Metexi cherkovi (V asr) – Tbilisining chiroyli va mag‘rur timsoli.

Hovlisida ajoyib ibodatxona joylashgan «Narikala» qal’asi. Qal’a devorlarida minoralar qayta tiklangan bo‘lib, ulardan turib esdalik suratlarga tushish imkoniyatingiz bo‘ladi. Qal’a devoridan ajoyib manzara ochiladi.

Zamonaviy arxitektura durdonasi – Tinchlik ko‘prigi va Rike parkiga tashrif.

Ko‘prikning chap qirg‘og‘ida tashrif buyurish mumkin bo‘lgan Sioni ibodatxonasi joylashgan.

Bu yerda biz gruzin vinolari va chachini tatib ko‘rish uchun uy vino yerto‘lasiga tashrif buyuramiz. Tatib ko‘rish sopol piyolalarda o‘tkaziladi. 2 navli uyda tayyorlangan – qizil va oq vino, shuningdek chachi. Degustatorning o‘zi tarixchi va vinochi hisoblanib, u degustatsiya paytida sizga Gruziyadagi vino madaniyati va vino ishlab chiqarish tarixini so‘zlab beradi.

So‘ngra tushlik va gruzin taomlarini tayyorlash bo‘yicha dars.

Msxetaga jo‘nash.

Ko‘pchiligimiz maktabda o‘qib yurgan paytlarimizda Mixail Yuryevich Lermontovning Msxetaga bag‘ishlab yozgan she’rini o‘qiganmiz. Shoir Msxetani shunday ta’riflagan: «Aragva va Kura – ikki opa-singil bir-birini quchoqlagancha quyilib, shovqin solar. U yerda monastir bor edi…»

Lermontov Msxetani shunday ko‘rgan, siz ham u yerlarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

«Msxeta – qadimiy shahar, Gruziyaning dastlabki poytaxti, ushbu noyob mamlakatning bag‘ri. Bu yerda sizda quyidagi joylar bilan tanishish imkoniyati bo‘ladi:

«Svetitsxoveli» kafedral cherkovi (11-asr). U, shuningdek, 12 ta havoriy sobori deb ham  nomlanadi. Uning asosida Xiton Gospoden dafn etilgan. Ushbu muqaddas qadamjo tufayli Msxetani «ikkinchi Quddus» deb atashadi.

Jvari monastiriga (V asr) ko‘tarilamiz, u yerdan qadimiy poytaxtning ajoyib manzarasi namoyon bo‘ladi (Quddusda xuddi shunday nomdagi cherkov bor). Afsonaga ko‘ra, ushbu ibodatxona Gruziya ma’rifatparvari Avliyo Nino ostida ibodat qilgan kedr daraxti to‘nkasining xushbo‘y moyi oqqan joyda qad rostlagan.

Tbilisiga qaytish.

Restoranda kechki ovqat, u yerda siz milliy xachapurilarning bir nechta turini tatib ko‘rasiz: imeretcha, megrelcha va adjarcha.

Mehmonxonada tunab qolish.

3

3-kun

Bugun siz gruzin vinochiligi va mehmondo‘stligi vatani haqida hamma narsani bilib olasiz. Gruziya sharqida shinamgina Kaxetiya joylashgan.

Biz sevgi shahri Signaxida to‘xtaymiz. Ushbu obod shahar janubiy-italyancha va gruzin arxitektura nozikliklarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Shuningdek siz Gruziyaning eng mashhur va yirik qal’alari ro‘yxatiga kiruvchi Signaxi qal’asini ko‘rasiz.

Avliyo Georgiy monastiri va yepiskopal kompleksi – «Bodbe» ayollar monastiriga tashrif buyuramiz. Bu yerda Avliyo Nino Baziliki joylashgan, uning sehrli buloqlariga tushib tilak qilishingiz mumkin (30 daqiqa piyoda sayr).

Signaxidagi vino yerto‘lasiga tashrif, turli vino turlari va gruzin arag‘i – chachini tatib ko‘rish.

Tushlikda kaxetincha taomlardan tatib ko‘ramiz.

Tbilisiga qaytish. Tbilisidagi eng yaxshi restoranlardan biriga transfer, u yerda sizni mazali milliy taomlar va mashhur gruzin vinosi kutmoqda, bularning barchasi musiqa va raqs jo‘rligida bo‘lib o‘tadi.

Mehmonxonada tunab qolish.

4

4-kun

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh kun.

Quyidagi ixtiyoriy ekskursiyalarni ko‘rib chiqishingiz mumkin:

  1. Gori va Uplissixe
  2. Ananuri, Gudauri, Kazbegi
  3. David Gareji
  4. Vardzia – Axalsixe – Rabot

Mehmonxonada tunab qolish

Ночь в отеле.

5

5-kun

Mehmonxonada nonushta. Borjomi va Bakurianiga ekskursiya.

Borjomi – nihoyatda go‘zal va shifobaxsh kuchga ega mintaqa.

Bu yerda biz mashhur Milliy bog‘ga tashrif buyuramiz, u yerda siz bevosita buloqdan dunyodagi eng mashhur mineral suvlardan birini tatib ko‘rishingiz mumkin.

So‘ngra Bakurianiga yo‘l olamiz. Musaffo havo, nihoyatda chiroyli tog‘lar – ajoyib va sog‘lom dam olish uchun kerak bo‘lgan narsalar.

Shu yerning o‘zida sizni mazali milliy tushlik kutmoqda.

Tbilisiga qaytish.

Milliy taomlar restoranida kechki ovqat.

Mahalliy xinkali – gruzin chuchvaralaridan tatib ko‘rish.

Mehmonxonada tunash.

6

6-kun

Mehmonxonada nonushta.  Ixtiyoriy ravishda: Kaxetiyaga vino turi:

Bugun biz Gruziya sharqiga yo‘l olamiz.

Gombori dovoni orqali biz Yangi Shuamtaga jo‘naymiz, u yerda Kaxetiya vodiysi go‘zalliklaridan bahra olamiz va ko‘plab suratlarga tushamiz.

Kaxetiyaning ma’muriy markazi – Telaviga kelish, u yerdan mashhur Mimino qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagani yodingizdadir. Bu yerda Alaverdi – Avliyo Georgiy monastirini ko‘ramiz (11-asrda asos solingan). Soborning balandligi taxminan 50 metr bo‘lib, u Gruziyadagi eng baland cherkovlardan biridir.

Sinandalidagi knyaz Aleksandr Chavchavadze saroyiga tashrif buyurish, ushbu saroyda noyob parkni, eng qadimiysi 1814-yilda tayyorlangan qadimiy vinolar saqlanuvchi yerto‘lali vino zavodini ko‘ramiz.

Shu yerning o‘zida eng sara vinolar degustatsiyasini o‘tkazamiz (5 ta eng yaxshi navli Kaxetiya vinolari).

Yoshi 900 yildan oshgan daraxt va Telavining tarixiy obyektlarini ko‘ramiz.

Gruzin vinochilik an’analarining g‘arb sifat standarti bilan uyg‘unligini tushunish uchun «Shuxmann Vayns» vino uyiga tashrif buyuramiz va 2 ta vino navini tatib ko‘ramiz. Tbilisiga qaytish. Tbilisida tunash.

7

7-kun

Kutaisiga ekskursiya + Prometey va Satapliya g‘orlari (qayiqlarda uchish).

Kutaisiga ekskursiya: Bagrati – Bibi Maryam Uspeniyesi monastiriga tashrif. Gruziyaning eng yirik va tarixiy jihatdan eng muhim ibodatxonalaridan biri.

Motsameta monastiri qadimiy afsonasi bilan mashhur – monastirda istaklar ijobat bo‘ladi, so‘ngra buyuk gruzin qiroli David IV tomonidan asos solingan Gelati monastiri va akademiyasi. Ushbu o‘rta asr ibodatxonasi 1994-yildan buyon YUNESKO merosi hisoblanadi. Ibodatxona Gruziyaning madaniy va diniy markazidir.

So‘ngra Kutaisi yaqinidagi Sxaltubo shaharchasida joylashgan «Prometey» noyob tabiat g‘origa tashrif buyuramiz.

Shu yerning o‘zida suvosti daryosi bo‘ylab qayiq minish mumkin – juda ham maroqli mashg‘ulot.

Bu kun ekskursiyasining eng qiziqarli tomoni «Satapliya» qo‘riqxonasidir. Dinozavrlarning izlari, karst g‘orlari, relikt daraxtli kalxida o‘rmonlari va zamonaviy infratuzilmani o‘z ichiga oluvchi betakror manzara sizda ajoyib taassurot uyg‘otadi.

Tbilisiga qaytish. Mehmonxonada tunash.

8

8-kun

Mehmonxonada transfer. Tbilisig aeroportiga transfer. Xizmat ko‘rsatishning yakunlanishi.

O‘zbekistonga qaytish.

Gruziyaga turlar

Gruziyaga sayohatlar – bu eng qiziqarli narsalar to‘plangan Kavkazning qalbiga ajoyib sayohat qilish imkoniyati: arxeologik va me’moriy yodgorliklarda aks ettirilgan boy tarix, subtropik va tog‘li iqlimga ega go‘zal tabiat va, albatta, milliy taomlari va nafis vinolari bilan faxrlanadigan ozodlikni sevuvchi va mehmondo‘st xalq.

Bundan tashqari, Gruziyaga sayohatlar Yevropa va Osiyo madaniyatlari uyg‘unlashgan Buyuk ipak yo‘lining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bilan tanishish imkoniyatidir.

Gruziyaga sayohat siz uchun yorqin voqea, yangi joylar va gruzin xalqining rang-barang hayoti bilan tanishish imkoniyatidir.

Ikki o‘rinlik joylashtirishda 1 sayyoh uchun turning narxi

 

  • 3*li mehmonxonada yashashda – 10 735 000 so‘mdan boshlab
  • 4*li mehmonxonada yashashda – 12 590 000 so‘mdan boshlab

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash

four − 3 =