6 kun 5 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
20.10.2019 — 15.04.2020
Mavsum

 «NORVEGIYA FYORDLARI SIRI» turi

Norvegiya — noyob mamlakat. Qishda u vazmin va berahm, qisqa shimol yozida esa musaffo va tiniq zumrad bo‘yoqlar bilan gullaydi. Norvegiya fyordlarini mamlakatning milliy boyligi deb hisoblash mumkin. Bu qoyador qirg‘oqqa uriluvchi va o‘nlab kilometr  qit’a chuqurligiga yoyiluvchi xushmanzara dengiz ko‘rfazlaridir. Eng yaxshi manzara suvdan namoyon bo‘ladi.

JO‘NAB KETISH Har kuni
QAYTIB KELISH Har kuni
VIZA Shengin vizasi talab qilinadi (Italiya elchixonasi)

 

NARXGA QUYIDAGILAR KIRITILGAN:

  • 3*/ 4*li mehmonxonada yashash
  • Ovqatlanish: 5 ta nonushta
  • Dastur bo‘yicha rus tilida so‘zlashuvchi haydovchi gid bilan shinam transport
  • Grig muzeyiga kirish chiptalari
  • Floybanen funikulyoriga chiptalar
  • Neroyfyord bo‘ylab dengiz sayohatiga chiptalar
  • Ekskursiya dasturi: «Bergen – fyordlar podsholigi darvozasi», «Norvegiya fyord va tog‘lari» eksursiyasi

QO‘SHIMCHA TO‘LANADI:

  • Toshkent – Moskva  – Oslo – Moskva-Toshkent xalqaro aviaparvozi bir kishi uchun395.000 so‘mdan boshlab (Aeroflot aviakompaniyasi)
  • Oslo- Bergen – Oslo ichki aviaparvozi 1 kishi uchun 150 AQSH dollaridan boshlab
  • Aeroport – mehmonxona– aeroport transferi  150 yevrodan boshlab(1-4 kishi)
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 6 AQSH dollari, 6 kun uchun. O‘zR MB kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi
  • Firma xizmatlari – 1 kishi uchun 100 000 so‘m
  • Vizalar Toshkentdagi Italiya elchixonasida rasmiylashtiriladi. Viza narxi – bir kishi uchun 80 yevro
  • Qo‘shimcha xarajatlar

Ekskursiyalar xohishga qarab, qo‘shimcha to‘lov evaziga:

  • Bergendan 4 soatga baliq ovi 310 yevro
  • Bergen bo‘ylab 2 soatlik gastronomik tur 180 yevro
  • «Qishki Norvegiya sharsharalari» 10 soatlik ekskursiyasi 290 yevro

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun

Bergenga kelish, aeroport-mehmonxona individual transferi. Mehmonxonaga joylashish. Bo‘sh vaqt. Mehmonxonada tunash.

2

2-kun

Nonushta, 5 soatga rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan «Bergen – fyordlar podsholigiga darvoza» (Briggen qirg‘og‘i, baliq bozori, Floyen funikulyori, Grig qo‘rg‘oni, Fantoft cherkovi) ekskursiyasi. Shaharning tarixiy markazi, mashhur Briggen sohili, dong‘i kegan baliq bozori, eski shaharning tarixiy kvartallari, Xokon minorasiga tashrif. Fyordlarga panoramali ko‘rinish bilan Floyen kuzatish maydonchasiga funikulyorda ko‘tarilish (qo‘shimcha to‘lov evaziga). Ekskursiya bo‘yicha keyingi to‘xtash Fantoft yog‘och cherkovida. Mehmonxonaga qaytish. Mehmonxonada tunash.

3

3-kun

Nonushta, 10 soatga rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan «Norvegiya fyord va tog‘lari» guruhli ekskursiyasi (Tvindefossen sharsharasi, Stalxeym, Neroyford bo‘ylab kruiz, Stegaysten kuzatuv maydonchasi). Birinchi to‘xtash Tvindefossen sharsharasining oldida, u yerga biz norveg sviterlarini ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan Dale of Norway fabikasi joylashgan Dale orqali 16-raqamli yo‘l bo‘ylab boramiz, Stalxeym qishlog‘iga tashrif. Sognefyord tarmoqlaridan biri – Neroyfyordning eng oxirida joylashgan Gudvangen qishloqchasiga kelasiz. Neroyfyord bo‘ylab Gudvangendan Flomga dengiz orqali borish (~2 soat). Bergenga qaytish. Mehmonxonada tunash.

4

4-kun

Nonushta, Bergenda bo‘sh vaqt yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga Bergendan 4 soatga baliq ovi yoki Bergen bo‘ylab 2 soatlik gastronomik tur. Mehmonxonada tunash.

5

5-kun

Nonushta, qo‘shimcha to‘lov evaziga 10 soatga rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan «Qishki Norvegiya sharsharalari» guruhli ekskursiyasi (Steyndalsfossen sharsharasi, Xardangenbrua ko‘prigi, Voringfossen sharsharasi). Mehmonxonada tunash.

6

6-kun

Nonushta, mehmonxona-aeroport individual transferi. Norvegiyadan jo‘nash. Turning yakunlanishi.

TURNING NARXI BIR KISHI UCHUN KO‘RSATILGAN:

Mehmonxona Toifa Nomer turi   ovqatlanishturi Turning boshlanishi Uchlik 2 mahalliy soni yagona xona
Scandic Neptun 3* stand nonushta 07.11.2019 15.04.2020 13.700.000 so’m 18.800.000 so’m
Opus XVI hotel 4* super nonushta 07.11.2019 15.04.2020 16.665.000 so’m 24.200.000 so’m

!!! Bo‘sh joylarning mavjudligi va narxlar bo‘yicha bizning operatorimiz bilan maslahatlashing.

QO‘SHIMCHA MA’LUMOT

!!! Dastur ob-havo sharoitiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Dastur bo‘yicha mehmonxonalar o‘xshashlariga almashtirilishi mumkin.

  1. Chet elga chiqish pasporti yoki 10 yoshgacha bo‘lgan fuqaroning so‘ralayotgan vizaning amal qilishidan so‘ng kamida 3 oydan kam bo‘lmagan muddatga amal qiluvchi, ikki qator turgan band bo‘lmagan sahifali pasporti. Chiqish vizasi (OVVIR). Pasportning 1 sahifasidagi ma’lumotlarning, shuningdek OVVIRning nusxasi. Agar mavjud bo‘lsa: Shengen kelishuvi davlatlari, Buyuk Britaniya, AQSH vizalari nusxasi (agar ular eski pasportda bo‘lsa va nusxasini taqdim etishning iloji bo‘lmasa, ko‘rsatilgan davlatlarga borilganning taxminiy sanalarini ko‘rsatish) yoki yangi nusxadagi xorijiy pasport.
  2. O‘zbekistonda qarindoshlik aloqalari to‘g‘risida hujjat (er/xotin va farzandlar pasportining originali (pasport mavjud bo‘lmagan taqdirda: farzandlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari), shuningdek nikohning qayd etilganligi haqida guvohnoma va sh.k.
  3. Oq fonda 3,5 x 4,5 hajmli pasport formatidagi hozirgi kundagi 1 dona biometrik surat.
  4. Qaytish kunidan 15 kalendar kuni oralig‘ili tibbiy sug‘urta.
  5. Safarning moliyalashtirilish manbalari:
    • Plastik karta/kartalar, shuningdek USHBU KARTADAGI pullar holati to‘g‘risida karta ochilgan bankdan ma’lumotnoma (uning nusxasi bilan);
    • Oxirgi UCH OY uchun plastik kartadagi mablag‘larning harakati to‘g‘risida bank ko‘chirmasining asl nusxasi.
  6. Ish joyidan hujjatlar:
  7. Egallab turgan lavozim to‘g‘risida firma blankasida ish joyidan ma’lumotnoma; ushbu ma’lumotnomaning o‘zida _____dan _____gacha mehnat ta’tilida bo‘lganligi ko‘rsatilishi mumkin.
  8. Bir yil uchun ish haqi to‘g‘risida ish joyidan ma’lumotnoma, oyma-oy
  9. Mehnat daftarchasi nusxasi – birinchi va oxirgi sahifasini tashkilot muhri bilan tasdiqlash
  10. Ish joyidan nafaqa jamg‘arma daftarchasi nusxasi
  11. Ba’zida elchixonada siz ishlaydigan tashkilotda rasmiylashtirilgan, bir oy uchun so‘mli plastik kartasining nusxasini taqdim etishni so‘rashadi.
  12. Firma egalari/ta’sischilari firma hujjatlarini (ustav, ta’sischilik shartnomasi, hokimlikda ro‘yxatdan o‘tganlik, litsenziya), shuningdek oxirgi kalendar yili uchun olingan dividendlar haqida ma’lumotnoma, qarz yo‘qligi haqida soliq qo‘mitasidan ma’lumotnoma, korxonaning yillik aylanmasi to‘g‘risida bankdan ma’lumotnoma taqdim qilshlari kerak
  13. Xususiy tadbirkorlar patent, qarzdorlik yo‘qligi haqida soliqdan ma’lumotnoma, bankdan korxonaning yillik aylanmasi haqida ma’lumotnoma taqdim qilishlari kerak
  14. Pensiya daftarchasi (nafaqaga chiqqan talabgorlar uchun). Safarga homiylik qilayotganlardan birini ko‘rsatish kerak. Homiy pasportining nusxasi, qardoshlikni (tug‘ilganlik haqida guvohnoma), oylik ko‘rsatilgan holda uning ish joyidan ma’lumotnomani ko‘rsatish.
  15. Farzandlar uchun – o‘quv muassasasidan ma’lumotnoma.
  16. Farzandlar uchun har ikki ota-ona safar qilayotganiga qaramay har bir ota-onadan notariusda tasdiqlangan ruxsatnoma. Bu agar ota-onalarning bittasi safar qila olmagan holatlar uchun.
  17. Qo‘shimcha ravishda ko‘chmas mulkka (uyga, kvartiraga (order), mashinaga (tex.pasport.) hujjatlar taqdim qilish mumkin.
  18. Talabgorning tug‘ilganligi haqida guvohnomaning nusxasi

Yuqorida keltirilgan barcha hujjatlar Elchixonaga taqdim qilinishi majburiy bo‘lib, italyan va ingliz tillariga tarjima qilinadi.

Har bir sahifa tarjimasining narxi – 25.000–30.000 so‘m

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (3)

Baholash

4 × 3 =