«BAA va Fors ko‘rfazi» dengiz sayohati
Fors ko‘rfazi Eron va Arabiston yarimoroli o‘rtasida joylashgan va quruqlikka chuqur tutashgan. Uning sohillarida 8 ta mamlakat joylashgan va ularning har biri o‘ziga xos. Ularni tomosha qilishning eng yaxshi yo‘li – Fors ko‘rfazi bo‘ylab dengiz sayohatiga otlanish. Quyida COSTA DIADEMA kruiz kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan dengiz sayohati ehtiboringizga taqdim etilgan.
JO‘NAB KETISH | Shanba |
QAYTIB KELISH | Shanba |
VIZA | BAA kruiz multivizasi talab qilinadi |
Narxga quyidagilar kiritilgan:
- Port yig‘imlari;
- Butun dengiz sayohati davri uchun tanlangan toifadagi kema bo‘lmasiga joylashish;
- Bortda «to‘liq pansion» ovqatlanish: nonushta, tushlik, kechki ovqat Asosiy restoranda va shvedcha stolda, birinchi kundagi kechki ovqatdan boshlab so‘nggi kundagi nonushtaga qadar;
- Bortdagi barcha ko‘ngilochar tadbirlar kundalik dasturga muvofiq;
- Laynerning barcha jamoat xonalariga tashrif buyurish (shu jumladan basseynlar, trenajyor zallari, sport maydonchalari);
- Mini-klublarda bolalar uchun tarbiyachilar xizmati, sport maydonchalariga tashrif buyurish, sport jihozlarini ijaraga olish;
- Portlarda yuklarni kayutaga va dengiz sayohati yakunlanganida terminalga yetkazib berish;
- Layner pristanga kelib to‘xtaganda portlarda laynerga chiqish va tushish uchun suzish vositalaridan foydalanish.
Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:
- Kundalik yig‘imlar (choychaqalar) – joyida to‘lanadi, bir kishidan kuniga 10 yevrodan
- Kruizning boshlanish joyidan/joyiga, mehmonxonadan/mehmonxonaga, aeroportdan/aeroportga transferlar
- Tushlik va kechki ovqatlar vaqtida layner restoranlarida ichimliklar
- Bar va kafelarda taom va ichimliklar, kruiz davrida ichimlik to‘plamlari
- Qirg‘oq ekskursiyalari
- Muqobil restoranda kechki ovqatlar
- Bortdagi do‘konlarda xaridlar
- Kirxona, dazmollash xonasi xizmatlari
- Tibbiy punkt xizmatlari
- Sartaroshxona, go‘zallik saloni xizmatlari
- SPA-muolajalar
- Toshkent – Dubay – Toshkent aviaparvozi 521.000 so‘mdan boshlab
- Tibbiy sug‘urta – 7 AQSH dollari, 8 kunlik safar uchun. To‘lov kunida O‘zR MB kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi.
- Firma xizmatlari – bir kishi uchun 100 000 so‘m
- Viza yig‘imi – bir kishi uchun 150 AQSH dollari
- Ap-mehmonxona-ap transferi – mashina uchun 150 AQSH dollari, borib kelish uchun
1-kun – Dubay (BAA)
2-kun – Dubay (BAA) 13:00
3-kun – Maskat (Ummon) 08:00 – 22:00
4-kun – Dengiz
5-kun – Juma – Doha (Qatar) 09:00 – 20:00
6-kun – Shanba – Abu-Dabi (BAA) 11:00
7-kun – Abu-Dabi (BAA) 23:59
8-kun – Dubay (BAA) 08:00
Dubay
Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahri, shu nomdagi amirlikning ma’muriy markazi. Fors ko‘rfazi qirg‘og‘ida joylashgan va dunyodagi harorati eng issiq shaharlardan biri hisoblanadi.
Shuningdek Dubay sayyohlar o‘rtasida BAAning eng mashhur shahri deb tan olingan. Dastlab Dubay sayyohlar orasida faqatgina shopingni eslatgan, shunday bo‘lsa-da XXI asrning boshlariga kelib Dubay mehmonlarning sevimli hordiq chiqarish maskaniga aylandi.
Abu Dabi
Masjidning noyobligi nafaqat uning hayratda qoldiradigan arxitekturasida, ko‘zni qamashtiruvchi hashamatida va savlatli o‘lchamlarida – bu shuningdek millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar barcha xohlovchilar kirishi mumkin bo‘lgan dunyodagi ikkita imoratdan biridir.
Ferrari parki
Ushbu noyob joyning eng asosiy elementi ulkan o‘lchamdagi shisha tunnel hisoblanadi. Aynan shu yerda parkning ko‘plab attraksionlari joylashgan. Tashrif buyuruvchilar orasida eng mashhur attraksionlardan biri – bu, albatta, Formula 1 poygalari imitatoridir. Bu yerda har doim poygachining o‘rnida bo‘lishni xohlagan har bir kishi yigirmata poyga attraksionlaridan birini tanlagan holda o‘z orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin.
Qonida iloji boricha ko‘proq adrenalinni tuyishni xohlagan ekstremallar esa albatta «Ferrari World» markaziy minorasiga tashrif buyurishlari lozim. Aynan shu yerda «G-Force» attraksioni joylashgan – dovyuraklar kapsulaning ichiga kirishadi va qirq sakkiz metrlik qopqoq ichidan u oltmish ikki metr balandlikka o‘q uzadi.
DENGIZ SAYOHATINING NARXI QATNOV SANASIGA BOG‘LIQ:
!!! Narxlar 1 kishi uchun ikki o‘rinlik kayutaga joylashtirilganda ko‘rsatilgan
23-11-2020 | 11.449.000 so‘mdan boshlab | |
30-11-2020 | 8.589.000 so‘mdan boshlab | |
07-12-2020 | 7.269.000 so‘mdan boshlab | |
14-12-2020 | 6.830.000 so‘mdan boshlab | |
21-12-2020 | 8.061.000 so‘mdan boshlab | |
28-12-2020 | 9.557.000 so‘mdan boshlab | |
04-01-2021 | 7.797.000 so‘mdan boshlab | |
11-01-2021 | 6.829.000 so‘mdan boshlab | |
18-01-2021 | 7.445.000 so‘mdan boshlab | |
25-01-2021 | 7.709.000 so‘mdan boshlab | |
08-02-2021 | 7.445.000 so‘mdan boshlab | |
15-02-2021 | 7.445.000 so‘mdan boshlab | |
22-02-2021 | 7.709.000 so‘mdan boshlab | |
29-02-2021 | 7.445.000 so‘mdan boshlab | |
07-03-2021 | 7.709.000 so‘mdan boshlab |
!!! Joylarning mavjudligi va narxlar bo‘yicha operatorimiz bilan maslahatlashishingiz lozim.
- BAAdan chiqish rejalashtirilayotgan sanadan kamida 6 oy davomida amal qiluvchi pasport
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
Hozircha hech qanday sharh yo'q.
Fikr bildiring