8 kun 7 kecha
Kunlar soni
7+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Toshkentdan Parijga ekskursiyaviy tur

Bolalar va kattalar uchun Disneylendga tashrif bilan Parijga ekskursiya turini taklif qilamiz.

Parijga turlarni Parijdagi qiziqarli ekskursiyalarni shinam hordiq chiqarish bilan qo‘shib olib boruvchi qiziquvchan sayyohlar tanlashadi.

Narxlarning amal qilish muddati: Yil bo‘yi

JO‘NAB KETISH Seshanba, Juma
QAYTIB KELISH Chorshanba, Shanba
VIZA Talab qilinadi: €11.50 yevro + €80 yevro (80 yevro to‘lov kuni kurs bo‘yicha dollarda)

Turning narxiga quyidagilar kiradi:

  • Nonushtani o‘z ichiga oluvchi mehmonxonada 7 kecha yashash
  • E’lon qilingan reyslarga kelish va ketish uchun 2 ta transfer
  • Parij bo‘ylab avtobusda guruh bo‘lib kuzatish ekskursiyasi
  • Fragonar parfyumeriya muzeyiga tashrif
  • «Parijning tarixiy markazi» piyoda ekskursiyasi
  • Monmartr bo‘ylab piyoda ekskursiya
  • Disneylendga safar, 2 ta parkka tashrif (parkka transfer + 2 ta parkka chipta + Parijga elektrichkaga chipta)

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Aviachipta: Toshkent – Parij – Toshkent
  • Kattalar tarifi – 5.299.000 so‘m
  • 12 yoshgacha bolalar – 3.799.000 so‘m
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi 1 kishi uchun 80 yevro (to‘lov kuni kross kurs bo‘yicha dollarda) + 1 kishi uchun 50 yevro, servis markaz xizmati (Fransiya elchixonasida yozilish)
  • Tibbiy sug‘urta – 9 AQSH dollari. To‘lov kuni O‘zb R MB davlat kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi.
  • Shahar soliqlari (mehmonxonaga joylashishda joyida to‘lanadi)

Qo‘shimcha to‘lov evaziga rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida ekskursiya xarid qilish mumkin

  • Versal – 1 kishi uchun 75 yevro
  • Luvr (piyoda) – 1 kishi uchun 50 yevro
  • Shuningdek Eyfel minorasida tushlik buyurtma qilish mumkin – 1 kishi uchun 75 yevro, bu Minoraga kirish uchun navbatda turmaslik imkonini beradi. Tushlikka quyidagilar kiradi: vino bokali yoki pivo+qahva bilan 3 ta taom (gazak+issiq ovqat+desert). Tushlik «piknik» ko‘rinishida tortiladi: savatda.
  • Normandiyaga safar – 1 kishi uchun 130 yevro

япония, тур в японию

япония, тур в японию

3* LI MEHMONXONADA YASHASHDA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 8 743 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashtirishda – 5 866 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 5 256 000 so‘mdan boshlab

*3 Plus MEHMONXONASIDA YASHASHDA TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 8 291 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashtirishda – 5 961 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 6 186 000 so‘mdan boshlab

4*LI MEHMONXONADA YASHASHDA TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 14 061 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashtirishda – 8 525 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 8 249 000 so‘mdan boshlab

DisneylandPark parkning eng birinchi qimslaridan biri hisoblanadi va uning yuragi hisoblanadi. U beshta mavzuiy parkni o‘z ichiga oladi: Uyqudagi malika qasrining atrofida jamlangan Adventureland, Frontierland, MainStreet USA, Discoveryland va Fantasyland.

Ulkan attraksionlar tanlovi, mavzuiy zonalar, maroqli ekskursiyalar va aql bovar qilmas imoratlar hattoki eng tajribali katta yoshdagi sayyohlarni ham lol qoldiradi. Uolt Disney dunyosi sehri – Parijdagi Disneylendni aynan shunday ta’riflash mumkin. Oilangiz uchun sovg‘a qilishingiz mumkin bo‘lgan sehrgarlik!

Hozir hech kim Parijni Eyfel minorasisiz tasavvur qilolmaydi va u ko‘pchilik parijliklarning ko‘nglidan joy olib bo‘lgan.

Eyfel minorasi ko‘pchilik sayyohlarning havasini keltiradi. Hattoki oradan 120 yil o‘tsa ham u Parijdagi eng baland va butun Fransiyadagi beshinchi o‘rinda turuvchi minora hisoblanadi.

Fransiyada shoping – arzon mashg‘ulot emas.

Biroq qimmatbaho fransuz kiyimlari va poyabzallari, aksessuar va bezaklari, shuningdek atr-upa va parfyumeriyalarini yaxshisi aynan shu yerdan xarid qilgan ma’qul. Bundan tashqari, siz sotib olgan buyumingizning haqiqiyligi va sifatidan ko‘nglingiz to‘q bo‘lishi mumkin.

FRANSIYA ELCHIXONASI UCHUN HUJJATLAR RO‘YXATI

HAMMA UCHUN:

  1. Pasport (ichki (yashil) va (mavjud bo‘lsa) xorijga chiqish (qizil) pasportning barcha bo‘sh bo‘lmagan sahifalarining nusxasi).
  2. Yaqin qarindoshlar uchun hujjatlarning nusxasi (turmush o‘rtog‘i, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan farzandlar)
  3. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 2 ta aktual biometrik fotosuratlar.
  4. Plastik kartada xorijiy valutada mablag‘ borlig‘i haqida bankdan ma’lumotnoma (USHBU KARTANING RAQAMINI KO‘RSATISH BILAN).
  5. Ushbu plastik kartaning nusxasi.

SHUNINGDEK

Yollanib ishlovchi arizachilar uchun:

  1. Ish joyidan egallab turgan lavozimi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  2. Safar muddati davomida ta’til taqdim etilgani haqida ish beruvchidan ma’lumotnoma-tasdiqnoma (…DAN … GACHA SANASI KO‘RSATILGAN HOLDA)
  3. Kadrlar bo‘limining ishonchnomasi (muhr bilan) bilan mehnat daftarchasining nusxasi (BARCHA BO‘SH BO‘LMAGAN SAHIFALAR)

YOKI:

Firma egalari yoki ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi, litsenziya)
  2. Dividend yoki boshqa daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma
  3. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma

YOKI

Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan
  2. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma
  3. Daromadlar to‘g‘risida hujjat (bankdan ko‘chirma va sh.k.)

YOKI

Nafaqadagilar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan
  2. Ijtimoiy ta’minot bo‘limidan pensiya haqida ma’lumotnoma, pensiya miqdorini ko‘rsatish lozim

YOKI

Talaba va o‘quvchilar uchun:

  1. O‘qish joyidan ma’lumotnoma.

VA

Bolaga ota-onalardan faqat biri hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Bolaning chet etga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasi bo‘lmagan shaxs hamrohlik qilgan taqdirda:

  1. Ota-onaning notarial tasdiqlangan ruxsati.
  2. Hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan ariza-majburiyatnomasi.

Qo‘shimcha:

Ko‘chmas mulk hujjatlari: uy, kvartira kadastri, avtomobil texpasporti

YUQORIDA SANAB O‘TILGAN HUJJATLAR INGLIZ YOKI FRANSUZ TILIDA RASMIYLASHTIRILGAN BO‘LISHI KERAK.

1

1-kun

Toshkentdan Parijga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish.  Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga guruh bo‘lib transfer.

2

2-kun

Fragonar muzeyiga tashrif bilan rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Parij bo‘ylab kuzatish ekskursiyasi. «Grand Opera» zinapoyalarida ekskursiyaga yig‘ilish joyi.

3

3-kun

Disneylendga safar, 2 ta akvaparkka tashrif (parkka transfer + 2 ta parkka chipta + Parijga elektrichkaga chipta)

4

4-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

5

5-kun

Mehmonxonada nonushta. Monmartr bo‘ylab piyoda ekskursiya.

6

6-kun

Mehmonxonada nonushta. «Parijning tarixiy markazi» piyoda ekskursiyasi.

7

7-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

8

8-kun

Aeroportga guruh bo‘lib transfer, Toshkentga uchish.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (7)

Baholash