Turkiya – dengiz chorlamoqda!
Toshkentdan Turkiyaga turlar
Turkiya ham oilaviy, ham ishbilarmon dam olish uchun mos keladi. Shinam plyajlar, akvaparklar, zamonaviy golf maydonlari bor. Ot minish, rafting va dayving uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mehmonxonalar zamonaviy fitnes va SPA markazlar bilan jihozlangan. Bugun Turkiya plyajda dam olish shinavandalari orasida eng mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ajoyib tabiat landshaftlari, iliq dengiz, yaxshi rivojlangan sayyohlik infratuzilmasi har yili ko‘plab dam oluvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Biroq Turkiya – bu tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi qiziqarli mamlakat ekanligini unutmaslik kerak.
JO‘NAB KETISH | Muntazam reyslar bilan – har kuni Charter reyslar bilan – jadvalga qarang |
QAYTIB KELISH | Muntazam reyslar bilan – har kuni Charter reyslar bilan – jadvalga qarang |
VIZA | Talab qilinadi: chet elga chiqish pasporti |
AVIACHIPTA NARXI (narxlar taxminiy)
- Biznes klass – narx so‘rovga qarab.
- Ekonom klass
- Kattalar uchun – 700 AQSH dollari
- 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 700 AQSH dollari
CHARTER REYSLAR: Toshkent — ANTALIYA — Toshkent reyslari
12.02 dan 27.11.2021 gacha (dastlabki jadval)
YOKI
MUNTAZAM REYSLAR: Toshkent — Istanbul – Antaliya – Istanbul – Toshkent
Turk avialiniyalari:
- Kattalar uchun = 7,287,000 so‘mdan boshlab
- Bolalar uchun = 6,174,000 so‘mdan boshlab
O‘zbekiston Havo Yo‘llari:
- Kattalar uchun = 5,284,000 so‘mdan boshlab (+ ichki parvoz 100$ dan boshlab)
- Bolalar uchun = 4,209,000 so‘mdan boshlab (+ichki parvoz 100$ dan boshlab)
Turkiya – Kemer
KEMER – Tavr etagida, Antaliyadan 30 km masofada yastanib yotgan katta mintaqa. Butun Antaliya viloyatining asosiy sayyohlik markazlaridan biri. U bir nechta kurort zonalaridan iborat: Beldibi, Go‘ynuk, Kemer, Kirish, Chamyuva, Tekirova. 20–30 yil davomida kichik baliqchilar qishlog‘i ko‘plab barlar, restoranlar, diskotekalar, mehmonxonalar joylashgan shaharchaga aylandi. Bunday o‘zgarishga sabab bu yerdagi saxiy tabiatdir. Tavr tog‘larining dengizga yaqin etaklarida, relikt qarag‘ay o‘rmonlari, zaytunzorlar va apelsin plantatsiyalari bilan o‘ralgan o‘nlab zamonaviy mehmonxonalar joylashgan. Kemerda quvnoq shovqinli kompaniya va oila bo‘lib dam olish yaxshi.
Afsonaga ko‘ra, bu yerda kallasi sherniki, tanasi echkiniki va dumi ajdarhonikiga o‘xshagan afsonaviy maxluq – Ximera hayot kechirgan. Bellerofon uchar ot Pegasda Ximerani yo‘q qilgan, biroq Yonartosh tog‘i cho‘qqisidagi alangan hamon yonib turibdi. Shunday bo‘lsa-da bu afsona ko‘proq romantiklar uchun, realistlar esa bu yerning ostidan chiquvchi metan yonmoqda deya ta’kidlashadi; ushbu tabiat hodisasi iloji bo‘lsa tungi vaqtda tomosha qilishga arziydi. Kemer yaqinida joylashgan qadimiy Olimpos shahri xarobalarini ham ko‘rish mumkin.
Kurort bu yerga dam olish, cho‘milish, quyoshda toblanish va o‘yin-kulgi qilish uchun kelgan sayyohlar uchun mo‘ljallangan. Buning uchun bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan: har ikki tomonga o‘nlab kilometrga dengiz yonidagi mehmonxonalarga ega manzarali plyajlar cho‘zilgan. Geografik joylashuv va iqlim sharoitlari tufayli Kemer mashhur yaxta markazi hisoblanadi. Mintaqa plyajlari haqli ravishda Moviy rang bayroqni qo‘lga kiritishgan (Yevropa talablariga javob beruvchi plyajlarga beriladi).
O‘rtayer dengiz sohili kurortlari
Narxlar sayohat davri uchun ovqatlanish turi – barchasi kiritilgan + guruh bo‘lib transferlarga ega 2 o‘rinlik joylashtirishda 1 kishiga ko‘rsatilgan
ANTALIYA 5*
DELPHIN BE GRAND RESORT 14,345,000 so‘mdan boshlab
IC HOTELS GREEN PALACE 12,455,000 so‘mdan boshlab
DELPHIN DIVA LARA 12,870,000 so‘mdan boshlab
DELPHIN IMPERIAL LARA 13,955,000 so‘mdan boshlab
DELPHIN PALACE LARA 13,236,000 so‘mdan boshlab
TITANIC BEACH LARA 14,717,000 so‘mdan boshlab
TITANIC MARDAN PALACE 19,278,000 so‘mdan boshlab
BELEK 5*
PORT NATURE LUXURY RESORT&SPA 10,804,000 so‘mdan boshlab
RIXOS THE LAND OF LEGENDS 19,805,000 so‘mdan boshlab
SUSESI LUXURY RESORT 17,879,000 so‘mdan boshlab
GURAL PREMIER BELEK 14,980,000 so‘mdan boshlab
CALISTA LUXURY RESORT 21,508,000 so‘mdan boshlab
RIXOS PREMIUM BELEK 25,158, 000 so‘mdan boshlab
REGNUM CARYA 31,340,000 so‘mdan boshlab
SELECTUM FAMILY RESORT 14,717,000 so‘mdan boshlab
KAYA PALAZZO GOLF RESORT 17,130,000 so‘mdan boshlab
KEMER5*
CRYSTAL DELUXE RESORT & SPA 8,736,000 so‘mdan boshlab
RIXOS PREMIUM TEKIROVA 17,737,000 so‘mdan boshlab
CRYSTAL FLORA BEACH RESORT – 8,736,000 so‘m
RIXOS SUNGATE 25,225,000 so‘mdan boshlab
GURAL PREMIER TEKIROVA 16,630,000 so‘mdan boshlab
Va bu dengizda bam olish bo‘yicha taklifning bor-yo‘g‘i kichik bir qismi xolos
BIZDA ANTALIYA SOHILIDAGI MEHMONXONALARNING KENG ASSORTIMENTI BOR!
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
Hozircha hech qanday sharh yo'q.
Fikr bildiring
Show reviews in all languages (6)