8 kun 7 kecha, 8 kun 7 kecha
Kunlar soni
6+, 6+
Yoshi
Butun yil davomida, Butun yil davomida
Mavsum

Toshkentdan Kiprga tur

KIPR – bu O‘rtayer dengizidagi muzey-orol. U o‘z mehmonlariga ko‘plab chiroyli joylarni ochib beradi – tarixiy va arxitektura yodgorliklari, Trodos tog‘ massivining aql bovar qilmas manzaralari, shahar-kurortlarning oppoq plyajlari, ko‘p sonli muqaddas joylar sayyohlarni kutmoqda.

Bu yerda, qadimiy yunon afsonalariga binoan, Olimp tog‘iga ilk odamlar kelib joylashgan: Uran, Geya kabi ma’budlar va ularning qizi Afrodita. Kukliya shahrida bugungi kungacha sevgi ilohasi ibodatxonasining xarobalari saqlanib qolgan. Pafos shahri yaqinida Akamas qo‘riqxonasi joylashgan. Bu yerda nafaqat cho‘miladigan joylarni tomosha qilish, balki ularga sho‘ng‘ish mumkin. Afsonaga ko‘ra, bu joylarda cho‘milgan insonlar uzoq yillik go‘zallikka ega bo‘lishadi.

JO‘NAB KETISH Du, Se, Chor, Pay, Ju, Sha, Yak
QAYTIB KELISH Du, Se, Chor, Pay, Ju, Sha, Yak
VIZA Narxga kiritilgan. Toshkentda Kiprdagi konsullikda rasmiylashtiriladi.

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent-Moskva-Larnaka-Moskva-Toshkent
    • Kattalar tarifi –6.453.000 so‘mdan
    • Bolalar tarifi – 5.151.029 so‘mdan
  • Konsullik yig‘imi – 1 kishi uchun60 $
  • Tibbiy sug‘urta
1

1-kun: Yetib kelish

Sizni aeroportda kutib olishadi va o‘zingiz tanlagan mehmonxonaga joylashtirishadi.
2

1-8-kunlar: Bo‘sh kun. Mehmonxonada yashash, dam olish

3

8-kun: Bo‘sh kun. Mehmonxonani tark etish

Mehmonxonani tark etish. Sizni aeroportgacha kuzatib qo‘yishadi

LARNAKA

GOLDEN BAY 5*

2 kishilik nomerga joylashtirishda – 26 145 000 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 31 125 000 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + 2 bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda (mini syut) – 56 274 000 UZS so‘mdan boshlab

SANDY BEACH HOTEL 4*2 kishilik nomerga joylashtirishda – 30 295 000 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 33 739 500 so‘mdan boshlab

3 katta yoshli kishini joylashtirishda – 42 537 500 so‘mdan boshlab

FLAMINGO BEACH HOTEL 3*2 kishilik nomerga joylashtirishda – 16 392 500 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 21 995 000 so‘mdan boshlab

3 katta yoshli kishini joylashtirishda – 21 995 000 so‘mdan boshlab

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • 2 kishi uchun mehmonxonada 10 kecha/11 kun yashash
  • «Hammasi kiritilgan» tizimi bo‘yicha ovqatlanish
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport transferi

LIMASSOL

LONDA BEACH HOTEL 5*

2 kishilik nomerga joylashtirishda – 29 755 500 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 41 915 000 so‘mdan boshlab

3 katta yoshli kishini joylashtirishda – 49 634 000 so‘mdan boshlab

ATHENA BEACH HOTEL 4*2 kishilik nomerga joylashtirishda – 23 240 000 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 25 066 000 so‘mdan boshlab

3 katta yoshli kishini joylashtirishda – 31 955 000 so‘mdan boshlab

PARK BEACH 3*

2 kishilik nomerga joylashtirishda – 10 458 000 so‘mdan boshlab

2 katta yoshli + bola (2-12 yosh)ni joylashtirishda – 12 865 000 so‘mdan boshlab

3 katta yoshli kishini joylashtirishda – 12 865 000 UZSNarxga quyidagilar kiritilgan:

  • 2 kishi uchun mehmonxonada 10 kecha/11 kun yashash
  • Ovqatlanish NV – 2 mahal
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport transferi

TAKLIF QILINGAN LARNAKA VA LIMASSOL KURORTLARIDAN TASHQARI SIZ PAFOS, AYYA NAPA, PISSURI KURORTLARIDA DAM OLISHINGIZ MUMKINAgar bizning takliflarimizda kerakli joylashtirishni topmagan bo‘lsangiz, iltimos, narxni aniqlashtirish uchun 120 77 22 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Kipr oroli – bu bir nechta ajoyib plyaj va bitta tog‘-chang‘i kurortlaridir.Orolning poytaxti Nikosiya sayyohlar orasida u qadar mashhur bo‘lmasa-da, e’tiborga loyiq shahar. U bir vaqtning o‘zida ikki davlat – yunonlar yashovchi Kipr Respublikasi va aholisining asosiy qismini turklar tashkil etgan Shimoliy Kiprning poytaxti hisoblanadi.Bu juda ham chiroyli qadimiy shahar bo‘lib, aholining ilk ko‘chib kelishi er.av. 7-asrga borib taqaladi. Agar siz o‘ziga xos, sayyohlarsiz Kiprni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Nikosiyaga hech bo‘lmasa ikki kuningizni ajratishingiz mumkin. Bu shaharda ko‘plab muzeylar, shuningdek bolqon, yunon va turk taomlari restoranlari ko‘p.Ayya-Napa – bu «mahalliy Ibitsa», kiprliklarning o‘zi ham mazza qilib hordiq chiqaruvchi orolning eng quvnoq va yoshlarbop kurorti. Shaharda ajoyib klublar, plyaj diskotekalari va barlar ko‘p. O‘sha Ibitsa bilan solishtirganda esa Ayya-Napada dam olish ancha arzon.

Kipr iqlimi – mo‘tadil, butun yil mobaynida quyoshli kunlar soni juda ko‘p. Qish juda ham qisqa va yumshoq, o‘rtacha harorat +17 dan +19 °C gacha. Baland tog‘larda qishda termometr ustuni noldan biroz pasayadi va qor yog‘adi. Yozi issiq, mayning o‘rtasidan oktyabrning o‘rtalarigacha davom etadi. Bu davrda havo harorati soyada +35°C gacha ko‘tarilishi mumkin, biroq past namlik tufayli issiqlik yengil o‘tadi.
  1. Amal qilish muddati rasmiy ravishda so‘ralayotgan vizaning muddati tugaganidan so‘ng uch oy davomida amal qiluvchi, xorijga chiqish uchun kuchini yo‘qotmagan pasport va pasport nusxasi.
  1. Anketa va bitta surat. Anketaning har bir ustuni rus yoki ingliz tilida bosma harflar bilan to‘ldiriladi.

Diqqat: arizachi taqdim etilgan noto‘g‘ri yoki noto‘liq ma’lumot uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi!

  1. Arizachining ish joyiga tegishli bo‘lgan hujjatlar:

Yollanib ishlovchilar uchun:- ish beruvchidan ariza, unda ushbu shaxsning ishga qabul qilinish sanasi, uning lavozimi, oylik ish haqi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;- mehnat daftarchasi va uning nusxasi.Mustaqil ishchilar uchun (kompaniya egalari, shuningdek, xususiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar);- kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida akt va xususiy kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganlik to‘g‘risida guvohnoma;- joriy faoliyat to‘g‘risida hujjatlar (so‘nggi uch oy uchun soliqlar to‘langanligini tasdiqlovchi shahar statistika boshqarmasi yoki soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan so‘nggi kvartal hisoboti).Talabalar uchun:- o‘qish joyidan ma’lumotnoma;- lavozim va oylik ish haqi ko‘rsatilgan holda ota-onaning ish joyidan ma’lumotnoma (agar arizachi ota-onasining qaramog‘ida bo‘lsa).Nafaqaxo‘rlar uchun:– pensiya daftarchasi va uning nusxasi.

  1. Moliyaviy imkoniyatlarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar:

– ko‘chmas mulk, renta yoki boshqa daromad manbalarining mavjudligi haqida ma’lumotnoma;- bank hisobotlaridan ko‘chirmalar (shaxsiy yoki arizachiga tegishli kompaniyalarning);- daromadlar haqida yoki soliqlarni to‘laganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, kompaniya balanslari.

  1. Kiprda bo‘lib turish uchun zarur bo‘lgan minimal summa bir kishi uchun kuniga 60 yevrodan kam bo‘lmasligi kerak. Umumiy miqdor so‘nggi statistik ma’lumotlarga muvofiq ko‘zda tutilgan. Agar taklif qilingan shaxs o‘z mablag‘lariga ega bo‘lmasa, taklif qilayotgan tomon uning nomiga kafolat sug‘urta polisini tuzishi yoki yuqorida ko‘rsatilgan hisob-kitobga muvofiq minimal ehtimoliy summa uchun bank kafolatini taqdim qilishi lozim.
  2. Oila tarkibi haqida ma’lumotnoma.
  3. Shengen shartnomasining barcha davlatlari uchun amal qiluvchi tibbiy sug‘urta.
  4. Kiprda turar joyning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat – mehmonxona broni yoki taklifnomada ko‘rsatilayotgan xususiy shaxs tomonidan turar joyning taqdim qilinishi to‘g‘risida ariza yoki Kiprda ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Sayyohlik firmasi tomonidan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar:

  1. Sayyohlik vaucherining asl nusxasi, kirish va chiqish sanalari, joyi va yashash shartlari ko‘rsatilgan holda.
  2. Borib kelish uchun aviachipta nusxasi yoki aviachiptaga bronlashtirish.
  3. Konsul nomiga xat.

Vizani rasmiylashtirish muddati: 2–5 ish kuni.Konsullik yig‘imining miqdori 40 AQSH dollarini tashkil etadi. Qabul kunlari – dushanba, chorshanba, juma 10:00 dan 12:00 gacha.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 6 reviews
RU
18.02.2017

Добрый день! Интересует отдых на Кипр . Месяц июль , 4 взрослых и 1 ребёнок 6 лет.

RU
20.02.2017

Виктория, Вы можете заполнить форму заявки, где сможете указать любую сложность тура.
https://travelsystem.uz/forma-zayavki/

RU
21.10.2017

Нам запомнился греческий вечер с национальной кухней и танцами, который проводили в ресторане отеля. Так необычно и красиво! Кипр очень понравился, особенно приятными были вечерние прогулки по пляжу. Шум моря, романтика, отличная погода… Время мы с мужем провели отлично!

RU
03.11.2017

Если вам нужен хороший, размеренный отдых, то Ларнака — идеальное для этого место. Город очень красивый. В нем старинные узкие улочки отлично гармонируют с современными районами с бутиками и кафешками. Очень понравились блюда из морепродуктов.

RU
21.12.2017

Если ехать на Кипр, то точно зимой, чтобы понежиться на солнце!
Были в Ларнаке, где отлично провели время. Здесь очень вкусные морепродукты и вино. Советуем посмотреть храм св. Лазаря, Ларнакскую крепость и солёное озеро, на которое прилетают зимовать фламинго. Это великолепное зрелище!

RU
05.04.2019

Обожаю ездить на Средиземное море! Не важно, Испания это, Франция, или Египет и т.д. В этот раз полетел на Кипр. Понравилось, что на Кипре относительно спокойно, нет такого количества тусовщиков, как на Ибице.

RU
05.04.2019

Для тех, кто любит исторические античные памятники, особенно их развалины и останки, Кипр – идеальное место. Не забудьте только перед поездкой почитать легенды Древней Греции ?

Fikr bildiring

Show only reviews in UZ (0)

Baholash