Toshkentdan Gruziyaga turlar
Ob-havo haqida ma’lumot:
Iyul – yozning eng qaynoq davri. Gruziyada go‘zal ob-havo plyajda dam olish, tog‘da sayr qilish va sayohatlar uchun mos keladi. Tog‘larda sohil bo‘yiga qaraganda bir necha daraja sovuqroq, Tbilisida esa chidab bo‘lmas darajada issiq tuyulishi mumkin. Kechqurun salqin ob-havo hukmronlik qiladi.
Turning bayoni:
Tbilisida havo ko‘pincha + 29–30 ° C gacha, kechalari esa o‘rtacha + 23 ° C gacha isiydi. Yomg‘ir deyarli yog‘maydi, osmon quyoshli va shahar bo‘ylab sayr qilish uchun qulay.
JO‘NAB KETISH | Seshanba, Juma |
QAYTIB KELISH | Seshanba, Shanba |
VIZA | Talab qilinmaydi, xorijga chiqish pasporti, uchib ketishdan 72 soat oldin qilingan PZR test zarur. |
Narxga quyidagilar kiritilgan:
- 2 kishi uchun 3 kechaga nomer – HotelVeranovaBudget 4 *
- 2 kishi uchun 4 kechaga nomer – PiazzaFourColoursBatumi 3
- Transferlar (aeroport – mehmonxona – aeroport)
- Rus tilida so‘zlashuvchi gid
- Vino degustatsiyasi
- Sinandali muzeyiga kirish
- Transferlar (Tbilisi – Batumi – Tbilisi)
- Turlar bo‘yicha sayohat (Mini Van)
- Tbilisi bo‘ylab ekskursiya
Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:
- Toshkent – Tbilisi – Toshkent aviaparvozi
- Kattalar uchun – 520.000 so‘mdan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 3.380.000 so‘mdan
- Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun $10 dan
- Firma xizmatlari – 000 so‘m
- Gruziyaga uchib borgandan so‘ng 3-kuni PZR test topshiriladi, test narxi $45 dan boshlanadi
1-kun: Tbilisi
Veranova Tbilisi mehmonxonasiga joylashish
Sizning sayohatingiz Gruziya poytaxti Tbilisida boshlanadi, u yerda mahalliy mutaxassis gid bilan uchrashasiz va sayohatingizni boshlaysiz.
Biz sayohatimizni Shardeni ko‘chasidan boshlaymiz. Gruziya poytaxtining barcha go‘zal ko‘chalari ichida eng chiroylisi bo‘lgan Shardeni ko‘chasiga qadam qo‘yganingizdan so‘ng, tbilisiliklar aytganidek, beixtiyor savol tug‘iladi: bu mabodo Parij emasmi? Axir Yelisey maydonlari shunday ko‘rinishda-ku! Va gruzin tili uchun uning nomi aniq fransuzcha yangraydi: Shardeni. Shardeni ko‘chasining asosiy o‘ziga xosligi musiqadir. Ko‘rinib turibdiki, bunday taassurot yo‘lak, nafis binolarning devorlari, butik oynalari va ko‘plab kafe stollari tomonidan paydo bo‘ladi. Musiqa bilan tengma-teng ravishda Shardeni ko‘chasiga doimo yorug‘lik quyulib turadi. Quyoshli bo‘lmasa ham, har qalay mayin, ohanrabodek.
So‘ng Narikala qal’asi bilan tanishamiz – bu Tbilisi antik davrining eng mashhur va qadimiy yodgorligi, shaharliklar uni «shaharning ruhi va yuragi» deb atashadi. Qal’aning qurilgan sanasi taxminan eramizning 4-asriga borib taqaladi, ya’ni u shaharning o‘zi tashkil topganidan beri mavjuddir. Yo‘lda biz ko‘plab cherkovlarni ko‘ramiz va ularning tashkil topish tarixi bilan tanishamiz.
2-kun: Telavi - Sinandali - Signaxi Veranova Tbilisi mehmonxonasiga joylashish
Telavi – Sharqiy Gruziyaning tarixiy mintaqasi bo‘lgan Kaxetiya markazida, Iori daryosining og‘zida joylashgan. Telavi – Tbilisi, Msxeta va Kutaisi bilan birga Gruziyaning eng qadimiy shahri. Telavi tarixi Kaxetiya tarixi bilan chambarchas bog‘liq.
Yo‘l-yo‘lakay biz knyaz Aleksandr Chavchavadzening yodgorlik uyi, ajoyib manzarali bog‘, tarixiy vino zavodi, vino yerto‘lasi, mehmonxona va kafeni o‘z ichiga olgan Sinandali saroyida to‘xtab o‘tamiz. Sinandalidagi landshaft bog‘i Gruziyadagi birinchi Yevropa uslubidagi dam olish maskanidir. Bog‘ o‘zining ekzotik o‘simliklari va rejalashtirilishi bilan ajralib turadi. Gruziyada vino birinchi marta aynan Sinandali vino zavodida shishalarga quyilgan.
Shuningdek, Tbilisidan 110 km sharqda joylashgan Kaxetiyaning eng romantik va go‘zal shahri Signaxiga tashrif buyuramiz. Shahar unchalik katta emas: Eski uylar, toshli ko‘chalar va sokin, bir maromdagi qishloq hayoti sevishganlar uchun mukammal joydir.
Ekskursiya davomida siz mahalliy aholi, an’anaviy gruzin vinolari va bu ajoyib joyning tarixi haqida bilib olasiz.
3-7-kun: Batumi
Sof sayyohlik nuqtayi nazaridan, Eski Batumi eng qiziqarli va chiroyli hisoblanadi. Aynan shu yerda Batumidagi diqqatga sazovor va qiziqarli joylarning asosiy qismi jamuljam bo‘lgan. Agar vaqtingiz bo‘lsa, Argo arqon yo‘lida sayr qilishingiz, Chacha favvorasi va alifbo minorasini ko‘rishingiz yoki kuzatish aylanasiga chiqishingiz mumkin.
7-kun: Tbilisiga transfer.
8-kun: Jo‘nab ketish
Gruziyaga sayohat
Gruziyaga sayohat – bu Kavkazning qalbiga sayohat qilish uchun ajoyib imkoniyat: arxeologik va me’moriy yodgorliklarda aks etgan boy tarix, subtropik va tog‘li iqlimga ega go‘zal tabiat va, albatta, milliy taomlari va vinolari bilan faxrlanadigan ozodlikni sevuvchi va mehmondo‘st xalq.
Bundan tashqari, Gruziyaga sayohat Yevropa va Osiyo madaniyatlari aralashgan Buyuk ipak yo‘lining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bilan tanishish imkoniyatidir.
Gruziyaga sayohat siz uchun yorqin voqeaga aylanadi, siz yangi joylar va gruzin xalqining rang-barang hayoti bilan tanishasiz.
1 KISHI UCHUN NARX (2 KISHILIK GURUH): 9 100 000 so‘mdan boshlab
1 KISHI UCHUN NARX (4 KISHILIK GURUH): 7 800 000 so‘mdan boshlab
1 KISHI UCHUN NARX (6 KISHILIK GURUH): 7 000 000 so‘mdan boshlab
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
Hozircha hech qanday sharh yo'q.
Fikr bildiring
Show reviews in all languages (2)