10 kun 9 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
May – Sentyabr
Mavsum

Toshkentdan Turkiyaga tur. Belek – dengiz chorlamoqda! 11 kun/10 kecha

O‘rtayer dengizi – BELEK kurorti

BELEK – hech qaysi tarixiy shaharga oid bo‘lmagan, Turk Rivyerasining kam sonli kurortlaridan biri. U milliy qo‘riqxona hududida joylashgan bo‘lib, go‘zallikning haqiqiy ixlosmandlarini o‘ziga jalb etadi. Bu yerda nihoyatda katta maydonga ega bo‘lgan nufuzli mehmonxonalargina barpo etiladi. A’lo darajadagi sayyohlik komplekslari musaffo moviy dengiz, ozoda qumli plyajlar, soya-salqin qarag‘ay va evkalipt daraxtzorlari bilan bir qatorda Belekning tabiiy boyligi hisoblangan qarag‘ay o‘rmonlariga ziyon yetkazmagan holda bunyod etilgan. Uni qushlar jannati deyishadi. Bu yerda siz Belekning ramzi bo‘lgan Tito Alba (sipuxa) kabi 109 xildagi qushlarning sayrashidan bahra olishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu turk sohili Karetta toshbaqalari tuxum qo‘yuvchi kamyob joylardan biridir. Belek – tan olingan golf markazi. Aynan bu yerda 1994-yilning sentabr oyida dunyodagi eng yirik golf-klublardan biri – Milliy golf-klubi ochilgan. 1999-yili bu yerga Amerika prezidenti Bill Klinton golf o‘ynash uchun kelgan. Golfning rivojlanishi ushbu mintaqaga mashhurlik olib keldi. Deyarli barcha mehmonxonalarda golf va futbol o‘ynash uchun maydonlar bor.

JO‘NATISH Charter reyslar bilan
QAYTISH Charter reyslar bilan
VIZA Xorijga chiqish pasporti + uchishdan 72 soat oldin olingan PZR test talab qilinadi

Авиакомпания   UZBEKISTAN HAVO YULLARI

 

PAKET NARXI O’Z KIRIDA:

  • Aviaparvoz  Toshkent — ANTALIYA — Toshkent charter reyslari
  • Tanlangan mehmonxonada yashash
  • Hammasi kiritilgan tizimi bo‘yicha ovqatlanish
  • Aeroport-mehmonxona-aeroport guruh bo‘lib transferi
  • Tibbiy sug‘urta

Bundan tashqari, to’lanadi:

  • Firma xizmatlari-kishi boshiga 100 000 so’m
  • PCR uchun testlar

япония, тур в японию

япония, тур в японию

O‘rtayer dengizi sohilidagi kurortlar

Narxlar 1 kishi uchun davr uchun ko’rsatiladi.:

Belek 5*

 

SIAM ELEGANCE HOTELS & SPA  5* 18 ,524 ,000 so‘mdan boshlab

CRYSTAL WATERWORLD RESORT & SPA 16,399, 000 so‘mdan boshlab

TITANIC DELUXE BELEK  26,800,000 so‘mdan boshlab

GURAL PREMIER BELEK   28 ,200,000 so‘mdan boshlab

KAYA PALAZZO GOLF RESORT  34, 920, 000  so‘mdan boshlab

Talab Qilinadi: Pasport

Pasportning amal qilish muddati o’tgan sanadan boshlab kamida 6 oy

BELEK

Iliq dengiz, qumli plyajlar va fitonsidlar bilan to‘lgan havo – bu Antaliyadan 30 km sharqda joylashgan yosh, salobatli Belek kurortidir. Bugungi kunda Belekda «all inclusive» tizimi bo‘yicha faoliyat yurituvchi ko‘pab to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar bor. Eng qimmat turk kurorti shuhrati bu yerda dunyoning yetakchi dizaynerlari tomonidan loyihalashtirilgan yuqori darajadagi golf maydonchalarining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (3)

Baholash