8 kun 7 kecha
Kunlar soni
7+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Barselona – Valensiya – Madrid – Toledo – Saragosa – Dali va Jirona – Kosta Brava – Barselona

Yumshoq O‘rtayer dengizi iqlimi, yuqori darajada rivojlangan sayyohlik sanoati, ko‘plab tarixiy obidalar, ko‘plab dengiz mahsulotlari, meva va sabzavotlar – bularning barchasi Ispaniyani butun dunyo sayyohlari uchun sevimli joyga aylantiradi.

Turning davomiyligi – yil bo‘yi

JO‘NAB KETISH Juma
QAYTIB KELISH Juma
VIZA Talab qilinadi

Narxga kiritilgan:

Mehmonxonalarda 7 marta tunash, 7 ta nonushta, 4 ta kechki ovqat yoki tushlik, shinam avtobusda safar, rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan ekskursiyalar, yulduzcha* bilan belgilangan kirish chiptalari.

Qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Moskva – Barselona – Moskva – Toshkent aviaparvozi
  • Kattalar tarifining narxi 7 155 000 so‘mdan boshlab
  • Bolalar tarifining narxi 5 370 000 so‘mdan boshlab

Transferlar

  • Guruh bo‘lib, sayyohlar turli reyslardan uchib kelishadi va ham uchib kelganda, ham uchib ketganda transferda birlashishadi. Aeroportda kutib qolish ehtimoli bor. Kutishsiz transfer uchun qo‘shimcha to‘lov: Barselona va Madridda bir tomonga bir kishi uchun 15 yevro. Barselona va Madridda guruh bo‘lib transferlar ertalabki 8 dan kechki 19 gacha uchib keluvchi va ertalabki 9 dan tungi 12 gacha uchib ketuvchi samolyotlar uchun ta’minlanadi. Boshqa vaqt doiralariga transfer uchun qo‘shimcha to‘lov + bir tomonga 1 kishi uchun 15 yevro.
  • Kosta Bravaga/dan transferlar Barselonadan shanba kuni ertalabki soat 10 da uchib ketuvchi va 20:00 dan kech bo‘lmagan vaqtda uchib keluvchi samolyotlar uchun ta’minlanadi. Boshqa vaqtda yoki boshqa kunda Kosta Bravadagi mehmonxonadan chiqishda yoki mehmonxonaga joylashishda – transfer uchun qo‘shimcha to‘lov bir kishi uchun 40 yevro (24:00 dan ertalabki 6 gacha sayyohlar individual transferni to‘liq to‘lashadi yoki elektrichkadan foydalanishlari mumkin). Mehmonxonaga joylashish va tark etish: kunduzgi 13 dan so‘ng, tark etish esa – tonggi 10 gacha. Agar siz tongda kelsangiz yoki kechqurun ketsangiz, mehmonxonada bir tun uchun qo‘shimcha to‘lashingiz yoki bo‘sh joyga qarab yukni retsepsiyada qoldirishingiz mumkin. Mehmonxonada sayyohlik solig‘i mijoz tomonidan joyida to‘lanadi

Ekskursiyalar

  • Barcha ekskursiyalar guruhlarda aniq vaqtda amalga oshirilib, bu haqda sizni gidlar xabardor qilishadi. Agar mijoz ekskursiyaning ma’lum bir punktida rejalashtirilgandan ko‘proq ushlanib qolishni istasa, mehmonxonagacha u mustaqil yetib oladi. Agar mijoz ekskursiyaga vaqtida kelmasa, avtobus usiz ketadi va ekskursiya uchun pul qaytarib berilmaydi. Ekskursiyaga to‘planish joyi mehmonxonada yoki shahar markazida qulay uchrashuv joyida bo‘lishi mumkin. Ekskursiyalarni o‘tkazish tartibi va ularning boshlanishi vaqtida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
  • Kechki uchib kelishlar uchun: «Ispan qishlog‘i»da kechki ovqat va musiqiy favvoralar namoyishi kechki 17 dan so‘ng uchib kelganlar uchun kafolatlanadi. Agar dastur imkon bersa, kechki ovqat haftaning boshqa kuniga ko‘chirilishi mumkin (agentligimiz tasdiqlaganidan so‘ng). Musiqiy favvoralar namoyishi bepul bo‘lib, haftaning ma’lum kunida o‘tkaziladi va o‘rni qoplanmaydi.

Diqqat! Firma murakkab sanalarda Barselonadagi birinchi tunashni Lyoret de Mardagi yarimpansionli tunashga o‘zgartirish huquqini o‘zida qoldiradi.

япония, тур в японию

япония, тур в японию

3*li mehmonxonada yashashda turning narxi

  • 2 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun – 650.000 so‘mdan boshlab
  • 1 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun – 700.000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun (qo‘shimcha krovatli 2 o‘rinlik nomerga joylashish imkoniyati bor) – 220.000 so‘mdan boshlab

 

4*li mehmonxonada yashashda turning narxi

  • 2 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun – 720.000 so‘mdan boshlab
  • 1 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun – 652.000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashganda 1 kishi uchun (qo‘shimcha krovatli 2 o‘rinlik nomerga joylashish imkoniyati bor) – 400.000 so‘mdan boshlab
1

1-kun – Juma – Barselona

Aeroportda kutib olish. Transfer va Barselona atrofidagi yoki sohildagi mehmonxonaga joylashish. Bo‘sh vaqt. Tunash

2

Ikkinchi kun – Shanba – Barselona-Saragosa-Madrid

Nonushta. Antonio Gaudining durdona asarlarini ko‘zdan kechirish bilan Barselona bo‘ylab ekskursiya (Sagrada Familiya ibodatxonasi, Mila va Batlo uylari, shuningdek Paseo Gratsiya, Kataloniya maydoni, Montjuik tog‘i, Olimpiya qishlog‘i). Soat 13 da – to‘xtash va Saragosa markazi bo‘ylab qisqa piyoda eksursiya bilan Madridga ko‘chib o‘tish. Kech tunash.

3

3-kun – Yakshanba – Madrid-Toledo

Nonushta. Eski markaz, Kafedral sobor, sinagogalarni ko‘zdan kechirish bilan Toledo bo‘ylab ekskursiya. Tushlik. Bo‘sh vaqt. Tunash. Qo‘ng‘iroqning 12 zarbasi ostida Ispaniya poytaxtining asosiy maydonida Yangi yilni kutib olamiz! Tilak aytish! Uyqusi kelmayotganlar shaharning bar va diskotekalarida bayramni davom ettirishlari mumkin
4

4-kun – Dushanba – Madrid

Nonushta. Ispaniya poytaxti bo‘ylab ekskursiya: Kolumb va Ispaniya maydoni, Rekoletas va Kastelyano xiyobonlari, Paseo Prado, «Las Ventas» monumental arenasi, Debot ibodatxonasi, San-Fransisko Grande, Atocha vokzali. Bo‘sh vaqt. Eski Madrid bo‘ylab piyoda ekskursiya: Puerta del Sol maydoni, Plasa Mayor va de la Vilya, Qirollik saroyi va Sabatini bog‘i fasadi, Gran Via ko‘chasi. Kechki ovqat. Tunash.

5

5-kun - Seshanba – Madrid-Valensiya

Nonushta. «Paeli» va sitrus mevalari vatani Valensiyaga ko‘chib o‘tish. Valensiya jamiyati poytaxti bilan tanishuv. Tarixiy markaz, Ilm-fan va san’at shahri Santyago Kalatrava bo‘ylab ekskursiya (tashqi ko‘zdan kechirish). Tunash.

6

6-kun - Chorshanba - Valensiya - Penyiskola - Barselona

Nonushta. Kosta Brava sohiliga ko‘chib o‘tish. Yo‘l-yo‘lakay – ajoyib Penyiskola, ulkan Kastel de Papa-Luna qasriga ega Apelsin rang sohilidagi o‘rta asr shaharchasiga tashrif. Kosta Brava mehmonxonasiga joylashish. Kechki ovqat. Tunash. Diqqat! Noyabrdan martgacha Penyiskolada to‘xtash Valensiya ilm-fan va san’at shaharchasida to‘xtash bilan almashtirilishi mumkin (tashqi ko‘zdan kechirish, chiptalarsiz).

7

7-kun - Payshanba - Dali va Kosta Brava

Nonushta. Dunyodagi eng mashhur kataloniyalik va eng boy rassomning vataniga tashrif! O‘rta asr shahri Jironada to‘xtash bilan Figeyrosdagi Salvador Dali teatr-muzeyiga ekskursiya. Ispan vinolarini tatib ko‘rish*. Kechki ovqat. Tunash.
8

8-kun – Juma – nonushta.

Aeroportga guruh bo‘lib transfer.

Viza markazi orqali topshirilganda hujjatlar ro‘yxati:

  • Ispan yoki ingliz tilida tegishli ravishda to‘ldirilgan, arizachi tomonidan shaxsan imzolangan so‘rovnoma. Bolalar uchun rasmli so‘rovnoma blanki kerak bo‘ladi. Balog‘atga yetmaganlar uchun ota-onalarning yoki vasiylarning biri imzo qo‘yadi;
  • Shengen hududidan chiqishning kutilgan sanasidan kamida uch oy davomida amal qiluvchi, kamida ikkita bo‘sh sahifani o‘z ichiga oluvchi va o‘n yildan oshmagan Pasport va pasportning barcha sahifalarining kserokopiyasi
  • So‘nggi 6 oy davomida oq fonda qilingan, yaxshi sifatli 3,5×4,5 sm li ikkita rangli fotosurat
  • Vizani rasmiylashtirish maqsadida mamlakatdan tashqarida DHL kompaniyasi tomonidan hujjatlarni jo‘natish uchun to‘ldirilgan va imzo chekilgan notarial rozilik;
  • Butun sayohat davrini yoki birinchi safarni o‘z ichiga oluvchi va Shengen shartnomasining barcha davlatlarida amal qiluvchi tibbiy sug‘urta polisi. Sug‘urta qoplamasi – kamida 30 000 yevro yoki 50 000 AQSH dollari;
  • Joylashish joyi yoki turni yoki boshqa turdagi joylashishni tasdiqlovchi va oldindan to‘lov hujjati
  • Borib kelish uchun aviachiptalarni bronlashtirish
  • So‘nggi uch oy uchun bankdan ko‘chirmalarning originali (barcha talabgorlar uchun). Bir kishi uchun har bir kunga € 64,53 dan, safar uchun har bir kishiga kamida 580,77 yevro. Hujjatning amal qilish muddati – berilgan sanadan boshlab 1 oy. Safar homiylashtirilgan holatda homiylik xati chop etilgan holatda va homiyning moliyaviy kafolatlari taqdim qilinadi;
  • So‘nggi uch oy davomida qilingan, hisob bo‘yicha mini-ko‘chirma ilova qilingan xalqaro kredit kartasi. Hujjatning amal qilish muddati – berilgan sanadan boshlab 1 oy (barcha talabgorlar uchun);
  • Oxirgi 12 oy uchun ish joyidan oylik ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (ishlovchilar uchun);
  • Ish joyidan lavozimi (ishlovchilar uchun) yoki talabalik holati (talabalar uchun) ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
  • Mehnat daftarchasi (ishlovchilar uchun);
  • Pensiya daftarchasi (nafaqadagilar uchun);
  • Navbatdagi ta’til (ishlovchilar uchun) yoki ta’til (talabalar uchun) taqdim etilgani haqida ish beruvchi yoki ta’lim muassasasidan tasdiqnoma;
  • Ro‘yxatdan o‘tganlik yoki litsenziya nusxasi (agar talabgor kompaniya egasi yoki xususiy tadbirkor bo‘lsa);
  • Soliqlarni to‘laganlik haqida tasdiqnoma (agar talabgor kompaniya egasi yoki xususiy tadbirkor bo‘lsa);
  • O‘zbekistonda qarindoshlik aloqalarining mavjudligi to‘g‘risida tasdiqnoma (turmush o‘rtog‘i yoki farzandlari pasportlarining asli yoki nusxalari, farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari, turmush holatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.);
  • Voyaga yetmaganlar (18 yoshga to‘lmaganlar) uchun qo‘shimcha talablar
    • Talabgorning tug‘ilganligi haqida guvohnoma
    • Ota-onalari pasportlarining nusxalari
    • Voyaga yetmagan yolg‘iz sayohatga ketayotgan bo‘lsa, ota-onasi yoki qonuniy vasiy tomonidan notarial rozilik
    • Agar bola ota-onalarning faqat bittasi bilan safarga chiqayotgan bo‘lsa, ikkinchi ota-onadan bolaning safar qilishi uchun notarial rozilik
    • Agar ota-onaning biri mavjud bo‘lmasa yoki yolg‘iz ota yoki onalik holatini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lsa, faqat bir dona pasport

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlar rus, ispan yoki ingliz tilida taqdim etilishi kerak.

Ispan viza markazida hujjatlarni rasmiylashtirish narxi – 70 AQSH dollari (konsullik yig‘imi) + 615.000 so‘m (servis yig‘imi, shu jumladan DHL pochta xizmati orqali hujjatlarni Moskvaga jo‘natish), bir kishi uchun

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (6)

Baholash

19 − six =