7 kun 6 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Toshkentdan Chexiyaga tur 2022

Guruh kamida 7 kishidan iborat

Chexiya – Yevropadagi eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri. Ushbu mamlakat ko‘p asrlik boy tarixga, qadimiy an’analarga va ko‘plab qiziqarli obidalarga ega. Bu yerda sizni muhtasham o‘rta asr shaharlari, chiroyli qadimiy qasrlar, ajoyib tabiiy landshaftlar, butun dunyoga mashhur mineral buloqlar va albatta, an’anaviy chex taomlari kutmoqda.

JO‘NAB KETISH Dushanba
QAYTIB KELISH Yakshanba
VIZA Talab etiladi

Turning narxiga quyidagilar kiradi:

  • Aeroport-mehmonxona-aeroport transferlari
  • Nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi ZlataVaha*** mehmonxonasidagi ikki va uch o‘rinli nomerlarda yashash
  • Ekskursiyalar: kostyumli qahramonlar bilan «Praga afsonalari» kechki ekskursiyasi
  • Bolalar uchun «Praga xazinasi» bilim sarguzashti yoki kattalar uchun Praga bo‘ylab ekskursiya
  • Hayvonot bog‘iga transfer
  • Venaga 1 kunlik ekskursiya

Ekskursiya narxiga quyidagilar kiritilgan: transport xizmati, gid xizmati, quloqchinlar, kirish chiptalari (hayvonot bog‘idan tashqari)

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Moskva – Praga – Moskva – Toshkent aviaparvozi
  • Kattalar uchun tarif bir kishi uchun 200.000 so‘mdan
  • Bolalar uchun tarif bir kishi uchun 032.000 so‘mdan
  • Viza – 97 yevro
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 8 yevro so‘mda davlat kursi bo‘yicha
  • Firma xizmatlari: 1 kishi uchun 100 000 so‘m

 

япония, тур в японию

япония, тур в японию

TURNING NARXI 1 KISHGA 7 KUN/6 KECHA UCHUN BERILGAN

  • Ikki o‘rinli nomerda yashashda – 5.856.000 so‘mdan
  • Uch o‘rinli nomerda yashashda – 5.600.000 so‘mdan

Vaqt Praga ustidan hukmronlik qila olmaydigandek go‘yo…

Uning o‘rta asrlar Pragasining ruhiyati ayniqsa tor tosh ko‘chalari, shahar madaniyati va tarixini aks etuvchi noyob arxitektura imoratlari, shuningdek mahalliy xalqning bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi butun dunyodan ko‘plab sayyohlarni bu yerga jalb etadi.

Praganing asosiy tarixiy va arxitektura obidasi haqli ravishda mahobatli Praga gradi va uning hududida joylashgan Avliyo Vit sobori hisoblanadi. Ushbu sobor – Yevropadagi gotik uslubda qurilgan eng yaxshi namunalardan biri.

Tin ibodatxonasi, Karl ko‘prigi, Staromest maydonidagi Staromest ratushasi, Vishegrad, Eski qirollik saroyi, Stragov monastiri, Loret monastiri, Vatslav maydoni, Milliy muzeyga albatta tashrif buyurish va mashhur Oltin ko‘cha (Zlata ulichka) bo‘ylab sayr qilish lozim.

Poytaxt atrofida Berounka daryosi yonidagi ulkan qoyada qad rostlagan nihoyatda manzarali yerda joylashgan Karlshteyn gotik Imperator qasri, chex qirollarining ov qasri Krshivoklat, Konopishte qasri va ko‘plab diqqatga sazovor yodgorliklari hamda eng asosiy qadamjosi – Avliyo Varvara soboriga ega o‘rta asr shaharchasi Kutna-Gora kabi joylar ayniqsa qiziqarlidir.

Chexiya Respublikasiga vizani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.

HAMMA UCHUN:

  1. Ochiq OVIR vizasi va pasportdagi 2 ta bo‘sh sahifali pasport. Pasportning amal qilish muddati qaytib kelish kunidan boshlab kamida 3 oy yoki yangi nusxadagi xorijga chiqish pasporti.
  2. Yaqin qarindoshlar (er, xotin, voyaga yetmagan bolalar) uchun hujjatlar nusxalari
  3. 1 ta fotosurat – 3,5 x 4,5, yuzi oq fonda yirik planda
  4. Plastik kartochkada chet el valyutasida hisob raqami borligi to‘g‘risida bankdan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma faqat tur uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng bankdan olinishi kerak. Plastik karta nusxasi.
  5. Nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, er/xotinning pasporti nusxasi

SHUNINGDEK:

Yollanib ishlovchi ariza taqdim qiluvchilar uchun:

  1. Ishdan egallab turgan lavozim to‘g‘risida ma’lumotnoma.
  2. Ta’til taqdim etilganlik to‘g‘risida ish beruvchining tasdiqnoma-ma’lumotnomasi.
  3. Ish joyidan 12 oylik maosh to‘g‘risida ma’lumotnoma (oyma-oy).
  4. Mehnat daftarchasining nusxasi – birinchi va oxirgi sahifalari

YOKI:

Firma egalari va ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimlikda ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya)
  2. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.

YOKI:

Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan.
  2. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.
  3. Korxonaning yillik aylanmasi to‘g‘risida bankdan ma’lumotnoma

YOKI

Nafaqaxo‘rlar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan

Bolaga ota-onalarning faqat bittasi hamrohlik qilayotgan hollarda:

  1. Bolaning chet elga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notariusda tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasidan boshqa shaxs hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Har ikki ota-onadan notariusda tasdiqlangan ruxsatnoma.
  2. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notariusda tasdiqlangan ariza-majburiyati.
1

1-kun: Dushanba

Pragaga uchib kelish. Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga transfer.

Kostyumli qahramonlar bilan «Eski Praga afsonalari»kechki ekskursiyasi: eski shaharning chiroqlar bilan yoritilgan tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, u ekskursiyachining qiziqarli hikoyasi va sirli siymolarni uchratish bilan kechadi, bu esa sayyohlarga o‘tgan asrlar muhiti, alkimyogarlar, munajjimlar va sehrgarlar dunyosi, sirli voqealar va haqiqat fantaziya bilan chambarchas bog‘langan vaqt atmosferasiga sho‘ng‘ish imkonini beradi.

2

2-kun: Seshanba

8.00 — 9.00 mehmonxonada nonushta.

09.00 Praga gradiga transfer.

9.30 — 12.30 Bolalar uchun Praga xazinasi.

Guruhdagi bolalar uchun – «Praga xazinasi» ma’rifiy sarguzashti: Eski va yangi shaharlar bo‘ylab Karl ko‘prigiga sayohat, u tarixga oid topishmoqlar-rebuslar bilan shahar hikoyasining bir qismi sifatida bo‘lib o‘tadi, siz javobni topishingiz va yettita tugmani terish orqali kalitni olish uchun o‘yin oxirida «Praga xazinasi» qayerda joylashganligini aniqlashingiz va xazina bilan sandiqning yettita kalitidan birini olishingiz kerak bo‘ladi.

 

9.30 — 12.30 Praga bo‘ylab kattalar uchun ekskursiya.

 

Guruhning kattalar qismi uchun – Praganing diqqatga sazovor joylariga sayohat (Loretta Straxov monastiri, Gradchina maydoni, Praga qal’asi – Avliyo Vit sobori, Qirollik saroyi, Oltin yo‘lak, Kichik tomon, Karl ko‘prigi, Eski shahar maydoni, Orloy, Porox darvozasi, Vatslav maydoni).

3

3-kun: Chorshanba

Ertalabki nonushta.

08.00 – Venaga 1 kunlik safar

4

4-kun: Payshanba

7.00 — 8.00 mehmonxonada nonushta.

Bo‘sh kun.

5

5-kun: Juma

8.00 — 10.00 mehmonxonada nonushta.

10:00 hayvonot bog‘iga transfer

19.00 – qo‘shimcha to‘lov evaziga «O‘rgimchaknikida kechki ovqat bilan shou» – 50 yevro 1 kishi uchun

6

6-kun: Shanba

8.00 — 10.00 mehmonxonada nonushta.

Bo‘sh kun.

7

7-kun: Yakshanba

08.00 – nonushta.

Aeroportga transfer. Moskva orqali Toshkentga tranzit bilan uchish

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (10)

Baholash