USMONLI SULTONLAR va ULARNING LOLALARI
JO‘NAB KETISH | Toshkentdan uchib ketish 07:40 da, Istanbulga uchib kelish 11:00 da |
QAYTIB KELISH | Istanbuldan uchib ketish 21:45 da, Toshkentga uchib kelish 04:15+1 da |
VIZA | Talab etilmaydi (zagran pasport mavjud bo‘lganda) |
DASTUR BO‘YICHA QATNOVLAR: Dushanba / Juma
NARXGA KIRITILGAN:
- aeroport-mehmonxona-aeroport guruh bo‘lib transferi
- nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi mehmonxonada 3 kecha yashash
- guruh bo‘lib piyoda sayohat
Sayohat narxiga kiritilmagan:
- Aviaparvoz (Kattalar 4.770.000 so‘mdan boshlab; Bolalar 4.055.000 so‘mdan boshlab)
- Tibbiy sug‘urta (+COVID-19 kiritilgan) sayohat davrida 1 kishi uchun 35.000 so‘m (oilalarga chegirmalar taqdim qilinadi!)
- Firma xizmatlari 1 kishi uchun 200 000 so‘m
- Shaxsiy xarajatlar
P.S. Istalgan sayyohlar soni uchun individual hisob-kitob qilish imkoniyati bor.
Narxlar taxminiy ko‘rsatilgan va to‘lov vaqtidagi kursga qarab o‘zgarishi mumkin.
Sayyohlik firmasi dasturga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish, turlar ketma-ketligi va kunlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1-kun
Istanbulga uchib kelish. Aeroportdan mehmonxonaga transfer.
Mehmonxonaga joylashish, bo‘sh vaqt.
Xohishga qarab qo‘shimcha to‘lov evaziga:
Bosforga ajoyib manzara ochiluvchi Galata ko‘prigidagi baliq restoranida kechki ovqat.
Tungi Bosfor bo‘ylab kema sayohati (shou dastur, kechki ovqat, spirtli/spirtsiz ichimliklar, mehmonxonadan/ga transfer)
2-kun
Mehmonxonada nonushta.
Bosfor panoramasi + Lolalar festivali guruh bo‘lib ekskursiyasi
14:30 Turning boshlanishi
Bosfor bo‘ylab kemada sayohat, Qizlar minorasi (tashqaridan), Rumeli Hisor qal’asi (tashqaridan), Bosfor orqali ko‘prik, Amirxon parki (lolalar festivali)
18:00 Sayohatning yakunlanishi, mehmonxonaga transfer.
3-kun
Mehmonxonada nonushta.
Bo‘sh kun. Shopping va qo‘shimcha ekskursiyalar uchun imkoniyat
4-kun
Mehmonxonada nonushta. Aeroportga transfer, Istanbuldan uchib ketish
ISTANBUL – sirli va muhtasham, sershovqin va ertaknamo go‘zal Istanbul – bu Yevropa va Osiyo, an’anaviy Sharq va zamonaviy G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik. O‘zining boy tarixi davomida u nomini bir necha marta o‘zgartirishga va Rim, Vizantiya, Usmonlilar va Lotin imperiyalarining poytaxti bo‘lishga ulgurdi.
KAPPADOKIYA – siz geografik xaritadan topa olmaydigan sirli joy. Antik davrga borib taqaluvchi nom va ushbu provinsiyani o‘rab olgan sir-u sinoat tarixning ajralmas qismi hisoblanadi. Million yillar avval vulqondan chiqqan lava va tabiiy jarayonlar tufayli bu yerda noyob, o‘zga sayyoranikiga o‘xshash, minglab tosh qo‘ziqorinlar va turli xil rang hamda o‘lchamdagi haykallardan iborat manzara yuzaga keldi. Mahalliy aholi orasida keng tarqalgan rivoyatga ko‘ra, bu yerda farishtalar yashaydi, deb hisoblanadi. Kappadokiyadagi har bir yil – bu osmon ostidagi noyob, o‘ziga xos muzey.
Kappadokiyaga borganda beixtiyor boshqa sayyoraga tushib qolgandek fikr uyg‘onadi – ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘luvchi landshaftlar shu qadar betakror va hech narsaga o‘xshamaydi. Bu yerda uchini qor qoplagan vulqonlar, baland bo‘lmagan, alohida turgan tog‘lar, qoya massivlari va farovon vodiylar bor.
2 kishini joylashtirishda 1 kishi uchun turning narxi:
CATEGORY | DBL P.P. | TRP P.P. | |
HOTEL 3* | 1.820.000 so‘m | 1.687.000 so‘m | |
HOTEL 4* | 2.270.000 so‘m | 2.076.000 so‘m |
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
Hozircha hech qanday sharh yo'q.
Fikr bildiring