8 kun 7 kecha
Kunlar soni
7+
Yoshi
Iyun – Fevral
Mavsum

Isroil bo‘ylab sayohat – Toshkentdan Isroilga tur

Isroil – bu siz amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi tanlov. Odamlar muqaddas joylarni ziyorat qilish, sifatli davolanish va, albatta, dengiz kurortlarida hordiq chiqarish uchun bu yerga kelishadi. Isroilga sayohat hech kimni befarq qoldirmaydi.

JO‘NAB KETISH Dushanba
QAYTIB KETISH Dushanba
VIZA Talab qilinadi

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferlari
  • Dastur bo‘yicha guruh bo‘lib transferlar
  • Tanlangan toifadagi mehmonxonalarda yashash
  • Ovqatlanish – nonushtalar
  • Rus tilida guruh bo‘lib ekskursiyalar

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent aviaparvozi
  • Kattalar – 4 152 967 so‘mdan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 2 939 260 so‘mdan
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi – 320 000 so‘m
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun $ 12 (so‘mda to‘lanadi)
  • Firma xizmatlari – 200 000 so‘m

япония, тур в японию

япония, тур в японию

3* li mehmonxonada yashashda turning narxi:

Qatnov davri 21.03.2020 – 30.11.2020

Bir o‘rinlik nomerda – 10,395,000 so‘m

Ikki o‘rinlik nomerda 2 kishi uchun – 15,920,000 so‘m

Uch o‘rinlik nomerda 3 kishi uchun – 20,200,000 so‘m

Nasroniy galileyasi

Galileya – Muqaddas Yerning shimoliy provinsiyasi, tog‘lar, o‘rmon va vodiylar mamlakati. Galileyaning bezagi – Galileya dengizi – Kinnaret va Iordan dengizi.

Galileyaga ekskursiya nafaqat sayyohlarni Shimolning nasroniy joylari bilan tanishtiradi, balki mamlakatning katta qismini, arab va yahudiy shahar hamda qishloqlarini, tabiatni, hayvonot va nabotot dunyosini ko‘rishga imkon beradi.

Nazaret

Nazaret – Iso masihning yoshligi o‘tgan shahar Quyi Galileya tepaliklarida yotadi. Bu yerda shaharga yaqinlashganda ko‘rinuvchi, Yaqin Sharqdagi eng yirik chervok – Blagovesheniye ibodatxonasi joylashgan. u 1969-yili qurilgan va muqaddaslashtirilgan.

Tel-Aviv

O‘rtayer dengizi sohilida joylashgan bo‘lib, mamlakatning savdo, moliya va madaniy markazi hisoblanadi.

Bu yerda deyarli barcha sport turlari va mashg‘ulotlar mavjud.

Viza olish uchun hujjatlar ro‘yxati:

Sayyohlik tashrifi uchun viza olishga hujjatlaringizni ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni taqdim etishingiz lozim:

  • Tur haqida to‘liq ma’lumot bilan Isroil sayyohlik firmasidan taklif
  • Mahalliy sayyohlik kompaniyasidan ilova xati
  • Mehmonxonadan bronlashtirish
  • Samolyotni bronlashtirish
  • Sug‘urta
  • Oylik va ta’til haqida ma’lumot ko‘rsatilgan holda ish/o‘qish joyidan ma’lumotnoma
  • «Asliga to‘g‘ri» muhri bilan mehnat daftarchasi nusxasi
  • OVIR vizasi bilan pasport (pasportning amal qilish muddati murojaat vaqtidan kamida 6 oy bo‘lishi lozim)
  • Oq fonda 5,5 ga 5,5 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli rasm
  • Tug‘ilganlik haqida guvohnoma, oilaviy holat haqida hujjatlar (nikoh guvohnomasi, ajrashganlik guvohnomasi, turmush o‘rtog‘ining vafoti haqida guvohnoma, bolalarning hujjatlari)
  • To‘lay olish haqida isbot (ko‘chmas mulk uchun hujjatlar, hisobraqam holati haqida ma’lumotnoma, omonat kassa daftarchasi)

Eslatma!!! Barcha hujjatlar rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak.

1

1-kun: Dushanba

Tel-Avivga uchib kelish, Tel-Aviv mehmonxonasiga guruh bo‘lib transfer. Tunab qolish

2

2-kun: Seshanba

Mehmonxonada nonushta. Tel-Aviv-Yaffo-olmos birjasi. Mehmonxonadan chiqish bilan yarim kunga ekskursiya.

3

3-kun: Chorshanba

Galileyaga ekskursiya kuni. Nazaret, Blagovesheniye ibodatxonasi. Kineret, Tveriya. Baxt-saodat tog‘i – Tog‘ xutbasi joyi. Tabxa – nonlarni ko‘paytirish cherkovi.

4

4-kun: Payshanba

Bo‘sh vaqt. Istakka qarab qo‘shimcha ekskursiyalarni buyurtma qilish.
5

5-kun: Juma

Yahudiyaning xristian manzillari bo‘ylab ekskursiya kuni: Vifleyem, qirol David va Isoning tug‘ilgan joyi, Mavlud ibodatxonasi. Gornensk monastiriga tashrif, Elion tog‘idagi Spas Voznesensk, Mariya Magdalina rus monastirlari, imkoniyatga qarab – Rus karvonsaroyiga tashrif. Sayyohlarni Quddus mehmonxonasida qoldirishadi.
6

6-kun: Shanba

Butun kunga mehmonxonadan chiqish bilan Quddusga ekskursiya (Eski shahar kvartallari bo‘ylab sayr, Yig‘i devori, Yahudiylar, Musulmonlar, Nasroniylar kvartallari va h.k.).
7

7-kun: Yakshanba

Bo‘sh vaqt. Istakka qarab qo‘shimcha ekskursiyalarni buyurtma qilish.

8

8-kun: Dushanba

Reys uchun Ben Gurion nomli aeroportga guruh bo‘lib transfer.

Eslatma: ekskursiyalarning o‘tkazilish tartibi qatnov kuniga bog‘liq. Davlat, yahudiy diniy va xristianlar bayramlarida, shuningdek kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablar (ob-havo sharoiti va h.k.)ga ko‘ra ekskursiyalar o‘tkazish va yo‘nalish grafigida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

3* li mehmonxonalar

Golden Beach Tel Aviv, Deborah Tel Aviv, Park, Jerusalem Gate, Jerusalem Gold.

Xohishga qarab yuqori toifadagi mehmonxonalarga qayta hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (6)

Baholash

sixteen − 11 =