8 kun 7 kecha, 8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+, 6+
Yoshi
Butun yil davomida, Butun yil davomida
Mavsum

Тoshkentdan Misrga tur

Misr – noyob davlat bo‘lib, u yerda har bir inson o‘zi uchun qiziqarli mashg‘ulot topishi mumkin. Mehmondo‘stlik muhiti va ko‘ngilochar joylarning keng tanlovi oilaviy dam olish uchun mo‘ljallangan ushbu mintaqaga katta shuhrat keltirgan.

Ayni vaqtda Qizil dengiz va Sinay yarimoroli dunyodagi eng tez rivojlanib kelayotgan sayyohlik hududlaridan biri hisoblanadi.

Qizil dengiz – Dunyo okeanining eng sho‘r dengizi. O‘zining zilol suvlari bilan mashhur, boisi unga loy va qum olib keluvchi daryolar kelib quyilmaydi. Hattoki sovuq mavsumda ham suvining harorati 20 °C dan pastga tushmaydi, issiq mavsumlarda esa 27–28 °C dan oshishi mumkin. Bu suvda turli xil infeksiyalarning ko‘payish xavfini kamaytirishga imkon beradi va bu bilan dengiz suvining shifobaxsh xususiyatlarini oshiradi.

Noyob suvosti dunyosi sababli Qizil dengiz dayving bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi.

Sharm al-Shayxda dam olish

Sharm al-Shayx – oilaviy va faol dam olish uchun eng yaxshi joy. Bu yerda siz ko‘p sonli marjon qoyalarini, plyajlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni topasiz.

Quml plyajda mayin quyosh nuri ostida hordiq chiqarishdan tashqari mehmonlarga ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar taklif qilinadi: dayving, sahro bo‘ylab safar, toqqa chiqish, golf va milliy bog‘lar – ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin! Sharm al-Shayx kurorti plyajlarida boshqa dengiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlarini ham topish mumkin (bananlar, katamaranlar, yaxtalarda sayr va sh.k.).

JO‘NAB KETISH Uchish har shanba kuni
VIZA Viza – talab etilmaydi, yarimorolni 14 kecha tark etmagan holda Sharm al-Shayxda qolish sharti bilan

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Toshkent – Sharm al-Shayx – Toshkent aviaparvozi Uzairways aviakompaniyasida
  • Mehmonxonaga joylashish
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
  • Ovqatlanish – Hammasi ichida
  • Misr – Toshkent PSR testi
  • COVID+ tibbiy sug‘urtasi

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Firma xizmatlari – 100 000 so‘m
  • VIZA 10 kun davomida rasmiylashtiriladi
  • Viza narxi = 25$

Mamlakatda 14 kundan ortiq bo‘lishda vizani Toshkentdagi Misr elchixonasida yoki Sharm al-Shayx aeroportiga uchib borishda olish mumkin

Uchib ketish va qaytib kelish vaqti:

HY-341, Toshkent (TAS) 09:00 – Sharm al-Shayx (SSH) 11:50 Yuk 20 kg gacha.

HY-342, Sharm al-Shayx (SSH) 13:20 — Toshkent (TAS) 21:30 Yuk 20 kg gacha.

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Sharm al-Shayx

Suv ostida suzish uchun ajoyib joy. Musaffo va iliq suv, boy suvosti dunyosi va ko‘plab marjon qoyalarining mavjudligi dayving bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Ko‘plab dayving klublar, suvosti suzish maktablari, yaxtalar, yo‘riqchilar va h.k. sizning xizmatingizda.

Sharm al-Shayx tungi hayoti o‘zining mashhur diskotekalari, kazino va shou-namoyishlari bilan dong taratgan. Naama Beydagi sayr yo‘li – «promenad» sevimli joylardan biridir. Bu yerda kechgacha savdo markazlari va ko‘plab ko‘cha kafelari ishlaydi, ular yerda tashrif buyuruvchilarga arab, yapon va yevropa milliy taomlari, dengiz mahsulotlari taklif qilinadi.

Turli-tuman yovvoyi gullar, osilib turgan xurmo maysazorlarining marvariddek tovlanishi, daraxt va palmalar, mayin iliq qumli keng plyajlar, feruza rangli dengiz va hovuzlarning moviy ko‘llari – bularning barchasi bir vaqtning o‘zida rang-barang kanyonlar, ertaknamo qoyalar va sariq qumlar bilan o‘ziga xos uyg‘unlikda joylashgan.

Sharm al-Shayxda sayyohlik mavsumi hech qachon uzilmaydi: bu yerda yil bo‘yi cho‘milish va toblanish mumkin. Har yili kurort borgan sari kengayib bormoqda.

Narxlar ikki kishilik joydan kelib chiqqan holda 1 kishilik haftalik paket uchun:

Xperience Sea Breeze Resort 5* AI Standard Room 12.525.000 so‘mdan boshlab

Grand Rotana Resort & Spa 5* AI GARDEN VIEW ROOM 14 697.000 so‘mdan boshlab

Novotel Beach Sharm El Sheikh 5* AI Standard Room 12.830.000 so‘mdan boshlab

MONTE CARLO SHARM RESORT SPA & AQUA PARK 5* Al DELUXE GARDEN VIEW ROOM  13.745.000 so‘mdan boshlab

REEF OASIS BLUE BAY RESORT & SPA 5*Al  STANDARD ROOM   14.090.000 so‘mdan boshlab

STELLA DI MARE BEACH HOTEL & SPA 5* Al VILLA ROOM 15.309.000so‘mdan boshlab

Rixos Sharm El Sheikh 5*UAI Superior Room  20.558.000 so‘mdan boshlab

RIXOS PREMIUM SEAGATE 5* UAl SUPERIOR ROOM AQUA  22.375.000 so‘mdan boshlab

Misrga vizani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

  • Xorijga chiqish pasporti
  • Yaqinda suratga olingan 2 ta rasm (3,5×4,5)
  • Borib kelish aviachiptasining nusxa olingan broni
  • Vizani olish uchun batafsil to‘ldirilgan so‘rovnoma

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash