11 kun 10 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Toshkentdan Dominikanaga tur

Dominikana (Dominikana Respublikasi) — Gaiti oroli va unga tutash orollarning sharqiy qismini egallagan Karib dengizidagi davlat.

Bepoyon qumli plyajlar, shaffof iliq dengiz, ekzotik baliqlar, palmalar, o‘ziga xos madaniyat – bularning barchasi Dominikana.

Dominikanaga turlar – o‘zingiz va yaqinlaringizga eng yaxshi sovg‘a. Siz baunti jannatmakon dunyosiga tushib qolasiz va u yerda ekzotik taomlarni tatib ko‘rishingiz, g‘oyib bo‘lgan kemalarga sho‘ng‘ishingiz va Karib dengizining tubini tadqiq qilishingiz mumkin!

Dominikana mehmonxonalari «Hammasi kiritilgan» tizimi bo‘yicha ishlaydi. Ko‘pchilik mehmonxonalar shaxsiy jihozlangan qumli plyajlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanish yashash narxiga kiritilgan.

Bu yerda nafaqat dengiz va quyoshdan bahra olishingiz, balki eski Gavana bo‘ylab sayohat qilishingiz, qahva va tamaki plantatsiyalari bo‘ylab aylanishingiz, ko‘cha musiqachilarining musiqalarini tinglashingiz, diskotekada raqsga tushishingiz va umuman erkinlik havosidan nafas olishingiz mumkin.

DAVR Yil bo‘yi
UCHISH KUNLARI Dushanba – Yakshanba
VIZA Talab qilinadi

Paketning narxiga quyidagilar kiradi:

  • Moskva – Punta Kana – Moskva aviaparvozi, ekonom klass
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferi
  • «Hammasi kiritilgan» mehmonxonada yashash
  • Tibbiy sug‘urta

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Moskva – Toshkent aviaparvozi
    • Kattalar tarifi – 2.385.000 so‘mdan boshlab
    • Bolalar tarifi – 1.920.000 so‘mdan boshlab

Hujjatlar 7-15 kunda rasmiylashtiriladi

Hujjatlar DHL pochtasi orqali qayta jo‘natiladi, 8-10 kun taxminiy narxi 950.000 so‘mdan boshlab

Rasmiylashtirish bo‘yicha xizmat + Elchixonaning konsullik yig‘imi – bir kishidan 150 AQSH dollari

Vizani olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ispan tiliga tarjima qilinishi lozim. 1 sahifani tarjima qilish narxi 40.000 so‘mdan

«Domodedovo» aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reys bilan Moskva – Punta Kana – Moskva parvozi

Istalgan qatnov sanalari, shuningdek 15 kun/14 kechaga, 8 kun/7 kechaga turlarni tashkillashtirish imkoni bor

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Dominikanaga yovvoyi baliqlarga to‘la bepoyon feruza dengizini va oppoq qumli plyajlarni izlab borishadi, boisi ular G‘arbiy yarimsharda eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Dengizning yonida dam olishdan tashqari Dominikan Respublikasida faol dam olish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud: suvostida suzish, kimsasiz orollarga sayohat, yaxtalarda sayr. Siz hamon raqs tushishni bilmaysizmi? Unday bo‘lsa albatta o‘rganib oling – ushbu quvnoq mashg‘ulotga sizni albatta har doim va har keyerda raqs tushuvchi mehmondo‘st va xushchaqchaq dominikanaliklar jalb qilishadi.

Shuningdek Dominikan Respublikasini suvostida suzish ixlosmandlari ko‘z ostiga olib qo‘yishgan. Siz bu yerda yer yuzidagi eng noyob jonivorlardan biri – bukur kitlarni ko‘rishingiz mumkin.

Dominikana tabiati nihoyatda ozoda. Bu yerda siz okean bilan yolg‘iz qolishingiz mumkin bo‘lgan burchaklar ham bor.

Ushbu jannatmakon yer haqida xotira sifatida turli ichimliklar va qahvani o‘zingiz bilan olib kelishingiz mumkin!

Viza uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Pasport (pasport vizaning amal qilish muddati uchun kuchini yo‘qotmagan bo‘lishi lozim, bir martalik sayyohlik vizasining eng kam muddati 60 kunni tashkil etadi, ko‘p martalik viza uchun pasportning amal qilish muddati mamlakatga kirish vaqtidan 1 yil), shuningdek bir varaq sahifasi barcha ichki betlarining nusxasi.
  2. 4×5 o‘lchamdagi oq fonda olingan rangli surat.
  3. Lavozimi, maoshi, qaysi davrdan boshlab – hozirgi kunga qadar ishlayotganingiz ko‘rsatilgan kompaniya blankasida ishdan ma’lumotnoma (manzil, telefon raqamlari va bank rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak).
  4. Hisobdagi mablag‘ qoldig‘ini tasdiqlovchi bank ko‘chirmasi (bir kishi uchun kamida 1000 AQSH dollari hisobida, ma’lumotnoma berilishida dollar ekvivalentida ko‘rsatish).
  5. Yaqin qarindoshlarining hujjatlari (eri/xotini, bolalari).
  6. Nikoh guvohnomasi.

Talaba va tahsil oluvchilar uchun:

– o‘qish joyidan ma’lumotnoma

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi

– ota-onalardan birining homiylik xati (erkin usulda yoziladi), unga ishdan ma’lumotnoma va homiy bankdan ko‘chirma ilova qilinadi

– sayohat qilmayotgan ota/onaning biridan bolaning chet elga chiqishi uchun rozilikning asl nusxasi (unga pasport nusxasi 1 sahifasi + safar qilmayotgan ota/onaning ro‘yxatga olish sahifalari ilova qilinadi)

Ishlamaydigan nafaqaxo‘rlar uchun:

– nafaqa guvohnomasining nusxasi

– bankdan ma’lumotnoma

– homiylik xati, ishdan ma’lumotnoma, homiy hisobraqamidan ko‘chirma, homiy bilan qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (safarni mustaqil to‘lay olmagan taqdirda taqdim etiladi)

mehmonxonasi  «BE LIVE COLLECTION PUNTA CANA» 5 *

DBL (2 katta yoshli) – 25.245.000 so‘mdan boshlab

TRPL (3 katta yoshli yoki 2 katta yoshli + 1 bola) – 35.445.000 so‘mdan boshlab

DBL (2 katta yoshli) + 2 ta 12 yoshgacha bo‘lgan bola – 43.690.000 so‘mdan boshlab

«VIK ARENA BLANCA» 4 *   mehmonxonasi

DBL (2 ta katta yoshli) – 23.545.000 so‘mdan boshlab

TRPL (3 katta yoshli yoki 2 katta yoshli + 1 bola) – 34.850.000 so‘mdan boshlab

DBL (2 ta katta yoshli) + 2 ta 12 yoshgacha bo‘lgan bola CHD – 41.905.000 so‘mdan boshlab

«IBEROSTAR PUNTA CANA» 5 * mehmonxonasi

DBL (2 ta katta yoshli) – ot 28.687.500 so‘mdan boshlab

TRPL (3 katta yoshli yoki 2 katta yoshli + 1 bola) – 39.950.000 so‘mdan boshlab

DBL (2 ta katta yoshli) + 2 ta 12 yoshgacha bo‘lgan bola + 2 CHD – 42.925.000 so‘mdan boshlab

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (6)

Baholash

four × one =