8 kun 7 kecha
Kunlar soni
7+
Yoshi
Июль — Сентябрь
Сезон

AJOYIB FLANDRIYA VA NIDERLANDIYA

Belgiya-Gollandiya – Bryussel- (Lyoven ) -(Gent)-Bryugge-Antverpen-Amsterdam-(Volendam va Zaanse Sxans)-(De Xaar qasri)-Delft-(Gaaga)-(Leyden)-Bryussel

Safar sanalari: 18.07.2020, 15.08.2020, 19.09.2020

JO‘NAB KETISH SHANBA SHANBA
QAYTIB KELISH SHANBA SHANBA
VIZA Talab etiladi

 

Dastur narxiga quyidagilar kiritilgan:

  • Nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi 3* li mehmonxonalarda yashash
  • Aeroport-mehmonxona-aeroport guruhli transferi 10.30 dan 13.00 gacha barcha uchib kelishlar va 13.00 dan 18.00 gacha barcha uchib ketishlar uchun taqdim etiladi.
  • Rus tilida so‘zlashuvchi yordamchi bilan dastur bo‘yicha transportda xizmat ko‘rsatish
  • Bryugge, Bryussel, Amsterdam, Delftga rus tilida so‘zlashuvchi litsenziyaga ega gid bilan ekskursiyalar
  • Rus tilida so‘zlashuvchi yordamchi bilan Antverpenga tashrif buyurish

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Aviachipta: Toshkent – Istanbul – Bryussel – Istanbul – Toshkent

Yoki Moskva orqali tranzit bilan

  • Kattalar uchun tarif – 7.779.000 so‘mdan boshlab
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 5.834.000 so‘mdan boshlab
  • 1 kishi uchun € 80 dan Elchixonaning konsullik yig‘imlari (to‘lov kunida kross kurs bo‘yicha dollarda) + 1 kishi uchun € 11.50 servis markazining xizmatlari (Fransiya elchixonasida yozilish)
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 14 AQSH dollari. To‘lov kunida O‘zR Markaziy banki davlat kursida so‘mda to‘lanadi.

 

Ixtiyoriy ekskursiya va qo‘shimcha to‘lovlar:

  • Muzeylarga kirish chiptalari
  • Lyoven shahriga ekskursiya – 40 yevro
  • Gentga ekskursiya – 50 yevro
  • Bryugge shahrida kemachalarga chiptalar – 11 yevro
  • Van Gog muzeyiga ekskursiya – 35 yevro + kirish chiptasi
  • De Xaar qasriga ekskursiya – 50 yevro + kirish chiptasi
  • Volendam va Zaanse Sxansga ekskursiya – 65 yevro
  • Amsterdam kanallari bo‘ylab kemachaga chipta – 16 yevro
  • Leyden shahriga ekskursiya – 50 yevro
  • Gaaga shahriga ekskursiya – 50 yevro
  • Bryussel restoranida tushlik (Belgiya milliy taomlari) – 25 yevro
  • Bryugge restoranida tushlik (Flanmand milliy taomlari) – 25 yevro
  • Amsterdam restoranida tushlik (Niderlandiya milliy taomlari) – 30 yevro
  • Kechki ovqatlar uchun qo‘shimcha to‘lov – 180 yevro

 

Quyidagilar uchun to‘lov majburiy:

  • Butun safar davomida quloqchinlar – 15 yevro
  • Mehmonxonalarda soliq – 1 kishi uchun 1–3,5 yevro
  • Amsterdamga kirish uchun soliq – 1 kishi uchun 1.5 yevro

* Ko‘rgazmalar o‘tkazilishi davrida shahar atrofidagi mehmonxonalarga joylashtirish ehtimoli bor

* Ekskursiyalarning o‘tkazilish tartibi texnik sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun Bryussel (Shanba)

Bryusselga uchib kelish. Aeroportda kompaniya vakillari bilan uchrashuv. Mehmonxonaga joylashish. Kunning ikkinchi yarmida xohlovchilar uchun Lyoven shahriga ixtiyoriy ekskursiya. Lyoven – Belgiyaning Flandriya tarixiy viloyatidagi Dil daryosida joylashgan shahar. Flamandiya Brabant provinsiyasining poytaxti hisoblanadi. Lyoven – Belgiyadagi eng mashhur universitet shahri. Bu yerda 1425-yilda asos solingan universitet G‘arbiy Yevropaning eng qadimiy va hurmatga sazovor o‘quv muassasalaridan biri hisoblanadi. Lyoven bu yerda erta arxitektura yodgorliklarining katta qismi saqlanib qolingani bilan ham e’tiborga sazovor. Mehmonxonaga qaytish. Mehmonxonada tunash.   
2

2-kun Bryussel-(Gent) (Yakshanba)

Mehmonxonada nonushta. Shahar bo‘ylab ekskursiya. Belgiya qirolligi poytaxti bo‘ylab piyoda ekskursiya vaqtida siz Ratushani va Yevropaning eng go‘zal maydonlaridan biri – Gras Plyasdagi gildiya uylarini, Bryusselning timsoliga aylangan MannekenPis ni, Sablon Bibi Maryamini va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarini ko‘rasiz. Kunning ikkinchi yarmida Gentga ixtiyoriy ekskursiya tashkil etiladi. Gent – vaqt va urush istibdodidan omon qolgan Belgiyaning kam sonli shaharlaridan biri. Gentda obidalar Belgiyaning boshqa barcha shaharlarini qo‘shib hisoblagandan ham ko‘proq. Haqiqatan ajoyib qadimiy binolar, tor, tosh yotqizilgan ko‘chalar va betakror sohillarga befarq bo‘lish mumkin emas. Shahardagi har bir joy uning o‘rta asrlarga xos gullab-yashnashi, farovonligidan dalolat beradi. Bu ajoyibotlar Angliyadan junni eksport qilish natijasida qo‘lga kiritilganini ham ta’kidlash joiz. Mehmonxonaga qaytib kelish. Mehmonxonada tunash.
3

3-kun Bryugge-Antverpen (Dushanba)

Mehmonxonada nonushta. Bryuggega ko‘chib o‘tish. Shahar bo‘ylab ekskursiya. Bryugge – Belgiyaning eng maftunkor shaharlaridan biri bo‘lib, u yerda o‘rta asr Flandriyasi muhiti hukmron. Har bir burchagida Belgiya vaflilarining xushbo‘y vanil ifori taraluvchi va har qadamda turli-tuman suvenirlar taklif qilinuvchi, go‘zal uychalar qad rostlagan tor ko‘chalar. Shaharni aylanish uchun bo‘sh vaqt. Kunning ikkinchi yarmida Antverpenga ko‘chib o‘tish. Mehmonxonaga joylashish. Guruh hamrohligida shaharni aylanish. Bo‘sh vaqt. Mehmonxonada tunash.
4

4-kun Amsterdam (Seshanba)

Mehmonxonada nonushta. Amsterdamga ko‘chib o‘tish. Shahar bo‘ylab ekskursiya. Olmos fabrikasiga tashrif buyurish. Ixtiyoriy ravishda Amsterdam kanallari bo‘ylab kemada sayr qilish taklif etiladi. Mehmonxonaga joylashish. Mehmonxonada tunash.
5

Den 5 (Utrext –De Xaar qasri) -(Volendam-ZaanseSxans) (Chorshanba)

Mehmonxonada nonushta. Mehmonxonada bo‘sh vaqt yoki ixtiyoriy ravishda Utrextga va De Fext daryosi etagida joylashgan De Xaar qasriga ekskursiya tashkil etiladi. Kunning ikkinchi yarmida Volendam va ZaanseSxans shaharlariga ixtiyoriy ekskursiya taklif qilinadi. Beshta tegirmon Zaan qirg‘og‘iga ko‘rk bag‘ishlab turadi. Ular Zaanning hosildorligi shamol kuchiga bog‘liq bo‘lgan vaqtlarni eslatib turadi. ZaanseSxans – ochiq osmon ostidagi etnografik muzey bo‘lib, u yerda dehqonlar asriy urf-odatlarga sodiq qolgan holda yashashadi: chiroyli xalqona kiyimlar kiyishadi va an’anaviy texnologiya bo‘yicha pishloq tayyorlashadi. Ajoyib tarzda saqlangan binolar 17–18-asr golland hayotining yorqin namunasi hisoblanadi. Haqiqiy uylar, tarixiy kemasozlik korxonalari, shamol tegirmonlari har yili yuz minglab sayyohlarni jalb etadi. Bugungi kunda Volendam etnografik sayyohlik markazi, «haqiqiy Gollandiya» timsoli sifatida mashhur. Har yili chiroyli uychalar, shinam romantik ko‘chalar, go‘zal kanallar, ko‘tariluvchi ko‘priklar va har xil yaxtalarni uchratish mumkin bo‘lgan mashhur bandargohni tomosha qilish uchun bu yerga 2 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Mehmonxonaga qaytish. Mehmonxonada tunash.
6

6-kun Delft-(Gaaga) (Payshanba)

Mehmonxonada nonushta. Delftga ko‘chib o‘tish. Shahar bo‘ylab ekskursiya. Delft – Niderlandiyadagi shahar, ochiq osmon ostidagi haqiqiy muzey butun dunyoga ko‘plab tarixiy obidalari, xushmanzara kanallari bilan mashhur. Shaharni aylanish uchun bo‘sh vaqt yoki xohishga qarab kunning ikkinchi yarmida Gaaga shahri bo‘ylab ekskursiya. Gaaga (DenHaag) – Janubiy Gollandiya poytaxti, Niderlandiyaning g‘arbiy qismida, Shimoliy dengiz sohilida joylashgan shahar. Hukumat, parlament va qirollik oilasining qarorgohi hisoblanadi. Gaaga – Niderlandiyadagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahar. Shahar tarixiy qurilish va zamonaviy arxitekturaning noyob va uyg‘un birlashmasi hisoblanadi. Delftga qaytib kelish. Mehmonxonaga joylashish. Mehmonxonada tunash.
7

7-kun (Leyden)-Bryussel (Juma)

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh vaqt yoki Leyden shahriga ekskursiya. Leyden – Niderlandiyadagi eng xushmanzara shaharlardan biri bo‘lib, u kanallari va mamlakatdagi eng qadimiy universiteti bilan mashhur. Shuningdek bu yerda Rembrandt, Yan Sten, Yan van Goyen va Lukas van Leyden kabi mashhur rassomlar dunyoga kelishgan. Bryusselga ko‘chib o‘tish. Mehmonxonaga joylashish. Mehmonxonada tunash.
8

8-kun Bryussel (Shanba)

Mehmonxonada nonushta. Aeroportga transfer.

1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 2 kishilik joylashtirishda – 7.485.000 so‘mdan boshlab
  • 1 kishilik joylashtirishda – 10.522.000 so‘mdan boshlab
  • 2 xonali qo’shimcha to’shakka yotqizilganda – 7.322.000 so’mdan

Umuman olganda Belgiya – bu o‘rta asrlar davriga oid ko‘plab yaxshi saqlanib qolgan arxitektura obidalari (ayniqsa, mahalliy qasrlar e’tiborga loyiq – haqiqiy gotika!), sifatli mehmonxonalar, yuqori hayot darajasi (bu borada Belgiya Shveysariya bilan muvaffaqiyatli raqobatlashib kelmoqda) va tegishli narxlarga ega farovon Yevropa davlati.Niderlandiya haqida ming marta eshitgandan ko‘ra bu yerga bir marta tashrif buyurgan ma’qulroq.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA

Niderlandiya shaharlari o‘ziga maftun etishga qodir – shinam Rotterdam va qadimiy Gaaga, san’atkorona Leyden, go‘zal Utrext va jozibador Delft – ushbu shaharlarning har birida sayyoh o‘zini aziz mehmondek his qiladi.

Fransiya elchixonasi uchun hujjatlar ro‘yxati

  1. HAMMA UCHUN:
  2. Pasport (ichki (yashil) va (mavjud bo‘lsa) xorijga chiqish (qizil) pasportning barcha bo‘sh bo‘lmagan sahifalarining nusxasi).
  3. Yaqin qarindoshlar uchun hujjatlarning nusxasi (turmush o‘rtog‘i, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan farzandlar)
  4. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 2 ta aktual biometrik fotosuratlar.
  5. Plastik kartada xorijiy valutada mablag‘ borlig‘i haqida bankdan ma’lumotnoma (USHBU KARTANING RAQAMINI KO‘RSATISH BILAN).
  6. Ushbu plastik kartaning nusxasi.

SHUNINGDEK: Yollanib ishlovchi arizachilar uchun:

  1. Ish joyidan egallab turgan lavozimi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  2. Safar muddati davomida ta’til taqdim etilgani haqida ish beruvchidan ma’lumotnoma-tasdiqnoma (…DAN … GACHA SANASI KO‘RSATILGAN HOLDA)
  3. Oxirgi kalendar yili uchun ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma.
  4. Kadrlar bo‘limining ishonchnomasi (muhr bilan) bilan mehnat daftarchasining nusxasi (BARCHA BO‘SH BO‘LMAGAN SAHIFALAR)

YOKI: Firma egalari yoki ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi, litsenziya)
  2. Dividend yoki boshqa daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma
  3. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma

YOKI Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan
  2. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma
  3. Daromadlar to‘g‘risida hujjat (bankdan ko‘chirma va sh.k.)

YOKI Nafaqadagilar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan
  2. Ijtimoiy ta’minot bo‘limidan pensiya haqida ma’lumotnoma, pensiya miqdorini ko‘rsatish lozim

YOKI Talaba va o‘quvchilar uchun:

  1. O‘qish joyidan ma’lumotnoma.

VA Bolaga ota-onalardan faqat biri hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Bolaning chet etga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasi bo‘lmagan shaxs hamrohlik qilgan taqdirda:

  1. Ota-onaning notarial tasdiqlangan ruxsati.
  2. Hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan ariza-majburiyatnomasi.

Ko‘chmas mulk hujjatlari: uy, kvartira kadastri, avtomobil texpansporti YUQORIDA SANAB O‘TILGAN HUJJATLAR INGLIZ YOKI FRANSUZ TILIDA RASMIYLASHTIRILGAN BO‘LISHI KERAK.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash

3 × five =