12 kun 11 kecha
Kunlar soni
6+
Yoshi
Mart – Noyabr
Mavsum

 

 Uno, Uno, Unounmomento! KLASSIK ITALIYA

Rim – (Neapol, Pompey) – Florensiya – Montekatini-Terme – (Siyena-San Jiminyano) – (Piza) – Bolonya – Venetsiya – Rimini – San Marino – Rim – dengizda dam olish

Qatnovlar sanasi: har hafta yakshanba kunlari 2020, Yozgi mavsum 01.03.2020-01.11.2020 dan

Toshkent-Istanbul, Istanbul-Rim aviaparvozi, qarama-qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys Rim-Toshkent

Italiya – quyosh, maza va taassurotlarga boy mamlakat! Italiya maydonlari shinamlikka, ko‘chalari – rang-baranglikka to‘la, qahvasi xushbo‘y, uyda tayyorlangan pasta esa shu qadar lazzatliki, vizaga anketada «safar maqsadi» ustunini osonlik bilan to‘ldiradi.

JO‘NAB KETISH Yakshanba
QAYTIB KELISH Payshanba

Narxga quyidagilar kiradi:

  • Nonushtani o‘z ichiga oluvchi 3* yoki 4* li mehmonxonalarda istiqomat qilish (kechki ovqat qo‘shimcha to‘lov evaziga)
  • Fyumichino va Champinoga barcha reyslarga aeroport-mehmonxona-aeroport guruh bo‘lib transferi
  • Shinam avtobusda transport xizmati
  • Butun tur davomida rus tilida so‘zlashuvchi hamroh
  • Litsenziyali rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan ekskursiya: Rim, Florensiya, Venetsiya, Vatikan
  • San Marinoga guruh hamrohi bilan sayr

 3* li mehmonxonalarda NV kechki ovqatlar uchun qo‘shimcha to‘lov – 80 yevro (dastur bo‘yicha kechki ovqatlar yakshanbadan shanbaga qadar, sohilda kechki ovqat berilmaydi)

4* li mehmonxonalarda NV kechki ovqatlar uchun qo‘shimcha to‘lov – 150 yevro (dastur bo‘yicha kechki ovqatlar yakshanbadan shanbaga qadar, sohilda kechki ovqat berilmaydi)

07 dan 31.08 gacha bo‘lgan qatnov sanali turlarga qo‘shimcha to‘lov 1 kishi uchun 90 yevro.

 

Qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent-Istanbul, Istanbul-Rim, Rim-Toshkent aviachiptalari
  • Kattalar tarifi – 8.431.000 so‘mdan boshlab
  • Bolalar tarifi – 6.325.000 so‘mdan
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi – 80 yevro (to‘lov kurs bo‘yicha dollarda)
  • Tibbiy sug‘urta

 

Fakultativ ekskursiyalar:

  • Tungi Rim ekskursiyasi – 30 yevro
  • Neapol-Pompey ekskursiyasi – 65 yevro
  • Pompeyga kirish chiptasi – 16 yevro
  • Vatikan muzeylariga kirish chiptalari – 30 yevro (navbatsiz kirish, quloqchinlar, Sikstin kapellasi, Avliyo Pyotr soborini o‘z ichiga oladi)
  • Siyena+San Jiminyanoga ekskursiya – 60 yevro
  • Pizaga ekskursiya – 45 yevro
  • «Uffitsi» galereyasiga ekskursiya – 28 yevro + 26 yevro kirish chiptasi
  • Haydovchi va assistentga choychaqa

 

Quyidagilar uchun to‘lanishi shart:

  • Butun safar davri uchun quloqchinlar 15 yevro
  • Mehmonxonadagi soliqlar
  • Venetsiyadagi Katta kanal 30 yevro yoki Judekka kanali 20 yevro

 

Joyida quyidagi soliqlar albatta to‘lanishi lozim:

  • Rimda 3* li mehmonxonada 3-6 yevro/1 kishi uchun sutkasiga;
  • Montekatini Terme 3*da – 1 yevro/1 kishiga, 4* – 2 yevro/1 kishiga sutkasiga
  • Bolonyada 3*li mehmonxonada – sutkasiga 1 kishi uchun 1,5 yevro
  • Riminida 3* li mehmonxonada – sutkasiga 1 kishi uchun 2 yevro

 

*Ko‘rgazmalar o‘tkazilish davrida shahar tashqarisidagi mehmonxonalarga joylashtirish ehtimoli bor

*Ekskursiyalarni o‘tkazish tartibi texnik sabablarga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin

* Iyun-avgust davrida Riminining o‘rniga Emiliya-Romaniyaning istalgan shahriga joylashish mumkin.

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

Yakshanba – 1-KUN

Rimga uchib kelish. Aeroportda kompaniya vakillari bilan uchrashuv. Transfer va Rimdagi mehmonxonaga joylashish. Bo‘sh vaqt. Ixtiyoriy ravishda «Tungi Rim» ekskursiyasi tashkillashtiriladi. Mehmonxonada tun.

2

Dushanba – 2-KUN Rim (Neapol-Pompey)

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh vaqt. Butun kunga Neapol-Pompey ekskursiyasi ixtiyoriy tarzda taklif etiladi. Buyuk shahar Pompey unutilmas taassurotlar uyg‘otadi va Qadimiy Rim davriga olib o‘tadi, siz eramizdan avvalgi ilk asrlarda mashhur bo‘lgan pompeyaliklarning buyuk qurilish ijodlari bilan tanishasiz. Neapol – yog‘och pechlarda tayyorlanuvchi haqiqiy pitssa – margaritaning vatani, Neapol – bu taom shinavandalari uchun haqiqiy jannat, bu yerda shuningdek yangi dengiz mahsulotlarini tatib ko‘rib, shundan so‘ng Vezuviy vulqoni fonida suratga tushish mumkin. Rimga qaytib kelish. Rimdagi mehmonxonada tunash.
3

Seshanba – 3-KUN Rim-Florensiya

Mehmonxonada nonushta. Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Vatikan muzeylari bo‘ylab ekskursiya.

Florensiyaga ko‘chib o‘tish. Florensiya – Italiyaning eng yirik va eng chiroyli shaharlaridan biri, Renessans vatani. Bu yerda Leonardo da Vinchi, Dante, Mikelanjelo va boshqa ko‘plab buyuk shaxslar yashab ijod qilishgan… Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Florensiyaning tarixiy markazi bo‘ylab obzorli piyoda ekskursiya (Sinyoriya va Palatsso Vekyo maydoni, Santa Mariya del Fyore soboriga tashrif bilan sobor maydoni, Santa-Kroche sobori – Mikelanjelo, Makiavelli, Galiley kabi mashhur florensiyaliklarning daxmasi. Bo‘sh vaqt. Ufitssi galereyasiga ixtiyoriy ekskursiya taklif etiladi. Montekatini-Terme mehmonxonasiga joylashish. Mehmonxonada tunash.

4

Chorshanba – 4-KUN Florensiya (Siyena-San Jiminyano)

Mehmonxonada nonushta. Montekatini Termeda bo‘sh vaqt yoki istakka qarab ko‘p asrlik tarixga ega Siyena+San Jiminyano shaharlariga qo‘shimcha ekskursiya. Ko‘pchilik Siyenani Toskananing eng maftunkor joyi deb hisoblaydi: bu yerda Italiyada birinchi bo‘lib piyoda zonasi tashkil etilgan. Uchta Tersi tepaligida qurilgan shaharning tarixiy markazini piyoda kashf qilish yoqimli: bu yerda har bir burchakda sizni yoqimli yangilik kutmoqda. Siyenadan San Jirminyanoga ketish yo‘lida odatiy mahsulotlarni tatib ko‘rish va xarid qilish hamda tushlik uchun toskancha fermaga tashrif taklif qilinadi. San Jiminyano – Toskana arxitekturasining marvaridi sifatida YUNESKO tomonidan qo‘riqlanuvchi shahar. San Jiminyano Elsa daryosi ustida ko‘tarilib turuvchi tepalikda (balandligi – 334 m) joylashgan. Bu yerda yashagan oilalarning farovonligi timsoli bo‘lgan 11–13-asrlarga oid 72 ta minoradan bor-yo‘g‘i 15 tasi saqlanib qolgan. Biroq ular ham butun dunyodan millionlab sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Montekatini Terme mehmonxonasiga qaytib kelish. Mehmonxonada tunash.
5

Payshanba – 5-KUN Florensiya-(Piza)-Bolonya

Mehmonxonada nonushta. Montekatini Termeda bo‘sh vaqt. Istakka qarab kunning birinchi yarmida tarixiy shahar Pizaga qo‘shimcha ekskursiya tashkil qilinadi. Kunning ikkinchi yarmida Bolonyaga ko‘chish. Bolonyaga ketishda yo‘lda odatiy mahsulotlarni tatib ko‘rish va xarid qilish hamda tushlik uchun toskancha fermaga tashrif taklif qilinadi. Bo‘sh vaqt. Emiliya Romaniya regionida mehmonxonaga joylashish. Mehmonxonada tunash.
6

Juma – 6-KUN Venetsiya

Mehmonxonada nonushta. Dunyodagi eng chiroyli shaharlardan biri Venetsiyaga ko‘chib o‘tish. Sizni shahar bo‘ylab gid bilan ekskursiya kutmoqda. Siz San Marko maydoni va bazilikasi, Venetsiyaning eng baland binosi Kampanileni ko‘rasiz. Shuningdek shisha tayyorlovchi ustaxonada bo‘lasiz va shisha puflovchining ishini kuzatasiz va haqiqiy Venetsiya shishasini xarid qilasiz. Va albatta, Venetsiyaning ekzotik transport turi bo‘lmish gondolalar haqida unutmang. Riminiga ko‘chib o‘tish. Mehmonxonada tunash.
7

Shanba – 7-KUN Rimini

Mehmonxonada nonushta. San-Marino respublikasiga tashrif. Bo‘sh vaqt. Mehmonxonada tunash.
8

Yakshanba – 8-KUN Rim

Rimga ko‘chib o‘tish. Rim bo‘ylab piyoda ekskursiya. Piyoda ekskursiya vaqtida siz Navon va Venetsiya maydoni, Panteon, Kolizey, Rim Forumini ko‘rasiz.
9

Dushanba – 9-KUN Dengizda dam olish

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh kun. Mehmonxonada tunash.
10

Seshanba – 10-KUN Dengizda dam olish

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh kun. Mehmonxonada tunash.
11

Chorshanba – 11-KUN Dengizda dam olish

Mehmonxonada nonushta. Bo‘sh kun. Mehmonxonada tunash.
12

Payshanba – 12-KUN

Mehmonxonada nonushta. Aeroportga transfer.

3* LI MEHMONXONADA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 2 o‘rinlik joylashtirishda – 6.997.000 so‘mdan boshlab
  • 1 o‘rinlik joylashtirishda – 10.251.000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik nomerda qo‘shimcha karavot bilan joylashishda – 6.888.000 so‘mdan boshlab

4* LI MEHMONXONADA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 2 o‘rinlik joylashtirishda –7.919.000 so‘mdan boshlab
  • 1 o‘rinlik joylashtirishda – 12.475.000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik nomerda qo‘shimcha karavot bilan joylashishda– 7.811.000 so‘mdan boshlab

Italiya viloyati va kurortlari

Shimol – bu rang-barang Italiya, birinchi qarashda uni Fransiya yoki Shveysariyadan farqlash mushkul. Biroq bu yerda butun moda hashamati jamlangan, ushbu viloyatga shopping qilish, shuningdek tog‘-chang‘i kurortlarida dam olish uchun kelishadi. Markaz – tarix va madaniyat o‘chog‘i: bu Rim o‘zining har qadamdagi diqqatga sazovor obidalari bilan, bu Vatikan, Piza va Toskana dalalari. Janub esa – Adriano Chelentano filmlaridagi o‘sha Italiya: sokin, qaynoq, eng issiq va serquyosh – eng «italyancha».

Italiya shaharlari

Italiyada 8 mingdan ortiq mayda va yirik shaharlar bor, lekin ularning ba’zilariga bormay turib Italiyaga sayohat qildim deya olmaysiz. Bular birinchi navbatda tarixiy shaharlardir: bu betakror Rim o‘zining qadimiy, vizantiyacha va o‘rta asr madaniyati, Vatikan va Rim Papasi qarorgohi bilan; Salerno o‘zining arxeologik parklari, Sirakuzaning qadimiy yunon olami va arxitektura yodgorliklari bilan. Tarix ixlosmandlari, shuningdek, Agrijentodagi Ibodatxonalar vodiysi va Paduyadagi o‘rta asr qal’alariga tashrif buyurishlari mumkin.

San’at shinavandalari albatta Florensiyaga borishlari lozim – Uffitsi galereyasida Italiyadagi eng yirik rassomlik san’at asarlari to‘plangan. Venetsiyaga tashrif buyurmaslik mumkin emas: kanalda barpo etilgan ushbu shahar ochiq osmon ostidagi ulkan obidadir. Eng hashamatli shopping – Milanda, romantik shaxslar esa Veronaga baho berishlari mumkin.

Plyaj kurortlari

Plyaj kurortlari Italiyada mamlakatning butun perimetri bo‘ylab joylashgan – hammasi bo‘lib 7500 km. Mamlakatning deyarli barcha sohillarini dengizga qiyalama tushish va chiroyli ko‘rfazlar ajratib turadi.Italiyaning eng mashhur plyaj kurorti – bu Rimini. Bu 15 kilometrlik qumli plyajlar, sohildagi arzon mehmonxonalarning keng tanlovi va bir qator ko‘ngilochar maskanlardir

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash

twenty − 11 =