9 kun 8 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi

SAKURANING GULLASH VAQTIGA 20 KISHIGACHA BO‘LGAN «TOKIO AFSONA VA OLOVLARI» GURUH BO‘LIB AMALGA OSHIRILADIGAN TUR

Sakura – Yaponiyaning milliy timsoli. Sakuraning gullash bayrami – yaponlarning eng sevimli bayramlaridan biri, gullayotgan sakurani kuzatish jarayoni uchun esa hattoki maxsus so‘z – «xanami»ni o‘ylab topishgan. Xanami 17 asrdan beri nishonlanib keladi. Qadimgi vaqtlarda gullayotgan sakurani kuzatishga faqat zodagonlarninggina imtiyozi bo‘lgan, biroq tez orada bunga barcha istovchilar, shu jumladan kambag‘al aholi qatlami ham qo‘shildi.

Sakura bor-yo‘g‘i bir necha kun davomida gullaydi, sovuq yillarda esa bu jarayon bir necha soatgagina qisqaradi. Yaponiyaliklar bunda go‘zallik, nafosat va hayotning qisqaligini belgisini ko‘rishadi.

Qatnovlar sanasi:

  • 03 (juma) – 27.03 (juma)
  • 03 (juma) – 03.04 (juma)
  • 04 (juma) – 10.04 (juma)

JO‘NAB KETISH Juma
QAYTIB KELISH Juma
VIZA Talab qilinadi: (Narxga kiritilgan)

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi tanlangan mehmonxonada yashash;
  • Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan dastur bo‘yicha 2 ta guruhli ekskursiya (kirish chiptalarini o‘z ichiga oladi);
  • Dastur bo‘yicha 2 ta tushlik: Tokio (4-kun), Iokogama (5-kun);
  • Aeroport – mehmonxona – aeroport guruhli transferlari (gidsiz);
  • Vizani rasmiylashtirish uchun bo‘lib turish dasturi.

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Koreyaning ASIANA avialiniyalarida xalqaro aviaparvoz, bir kishi uchun 8.997.390 so‘mdan boshlab
  • Yaponiyadan hujjatlarning viza paketini yuborish: bitta paket uchun 80 AQSH dollari
  • Tibbiy sug‘urta – bir kishiga 12 dollar, sayohat davri uchun
  • Qo‘shimcha ekskursiyalar va shaxsiy turdagi xarajatlar
  • Dastur turida ko‘rsatilmagan ovqatlanish
  • O‘tkazma uchun bank xizmati umumiy summadan 3%

япония, тур в японию

1

1-kun: Juma

Tokioga kelish (Narita/Xaneda aeroporti). Aeroportda yaponiyalik haydovchi bilan uchrashish. Boshqa sayyohlar bilan gidsiz shattl-basda mehmonxonaga transfer (aeroportda kutib olish va mehmonxona eshiklarigacha kuzatib qo‘yishni o‘z ichiga oladi). Mehmonxonaga mustaqil joylashish.

Diqqat! Aksariyat yapon mehmonxonalarida joylashish 15:00/16:00 gacha bo‘ladi. Xohishga qarab alohida to‘lov evaziga erta joylashishni buyurtma qilish mumkin, lekin buni turni buyurtma qilishingiz bilan amalga oshirishingiz zarur.

Qo‘shimcha to‘lov evaziga mehmonxonaga koordinatorni buyurtma qilish mumkin: koordinator sizni kutib oladi, shahardagi sharoitni tushunib olishga, jamoat transportidan qanday foydalanishga yordam beradi va h.k.

2

2-kun: Shanba

Bo‘sh kun.

3

3-kun: Yakshanba

Tokio bo‘ylab kechki ekskursiya (ta’rifi va narxi quyida keltirilgan)

Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Tokio bo‘ylab umumlashtiruvchi ekskursiya.

Ekskursiya Sindzyuku-Gyoen parkidagi sayrdan boshlanadi. Unga 1906-yili asos solingan va dastlab imperator oilasiga tegishli bo‘lgan, hozir esa bu Tokiodagi eng mashhur park va sakura gullashini kuzatish uchun eng asosiy joylardan biri. Sindzyuku-Gyoenda 65 turdagi mingdan ortiq sakura daraxtlari o‘sadi, ularning ba’zilari fevralning boshida gullaydi, boshqalari esa aprelning oxirlarida tashrif buyuruvchilarni xursand qiladi. So‘ngra siz Yaponiyadagi osmono‘par binolarning qurilishi boshlangan va Tokio hukumati binosi joylashgan ishbilarmon markaz – Sindzyuku rayonining g‘arbiy qismiga ko‘chasiz. Tushlik. Keyin siz dunyodagi eng baland televizion minora – Sky Tree (634 metr)ning kuzatish maydonchasiga tashrif buyurasiz, u yerdan, 350 metr balandlikdan Tokioning kishini o‘ziga jalb qiluvchi manzaralaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Eski Tokio ruhiyati saqlanib qolgan kam sonli rayonlardan biri Asakusaga o‘tib, Tokiodagi eng qadimiy budda butxonasini Sensodzini tomosha qilasiz va Tokiodagi eng ko‘p sonli suvenir do‘konchalari joylashgan Nakamise savdo ko‘chasida sayr qilasiz. Ekskursiyaning oxirida Imperator saroyi maydoniga tashrif buyurasiz – bu yerda 1869-yildan dunyodagi eng qadimiy boshqaruvchi sulola bo‘lmish Yaponiya imperatorlarining rasmiy qarorgohi joylashgan. Mehmonxonaga qaytib kelish.

4

4-kun: Dushanba

Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Iokogamaga ekskursiya.

Eng asosiy dengiz porti va kattaligi bo‘yicha Yaponiyaning ikkinchi shahri bo‘lmish zamonaviy Iokogamaga ko‘chish. Siz Lendmark minorasining (297 m) aylana obzorli kuzatish maydonchasiga ko‘tarilasiz, u yerga sizni dunyodagi eng tezkor liftlardan biri olib chiqadi (Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan). 69-qavatdan turib siz ulkan megapolis manzaralaridan, shuningdek Tokio ko‘rfazining dengiz go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Bu yerda joylashgan «kelajak porti» – Minato-Miray rayonini ko‘rasiz va «Nippon-maru» parusnigi muzeyida Iokogama porti tarixi bilan tanishasiz. Tushlik. Tushlikdan so‘ng sizni Sankey-en bog‘iga tashrif kutmoqda. Qandaydir 30-40 daqiqa ichida zamonaviy megapolis sharoitidan siz sokinlik va xotirjamlik muhitiga tushib qolasiz. Sankey-en – an’anaviy yapon bog‘i bo‘lib, bu yerda betakror tabiatning turli shakllari, shuningdek qadimiy imoratlar-u xushmanzara ibodatxonalar uyg‘un ravishda birlashgan. Mehmonxonaga qaytish.

5

5-kun: Seshanba

Rus tilida so‘zlashuvchi gid bilan Iokogamaga ekskursiya.

Eng asosiy dengiz porti va kattaligi bo‘yicha Yaponiyaning ikkinchi shahri bo‘lmish zamonaviy Iokogamaga ko‘chish. Siz Lendmark minorasining (297 m) aylana obzorli kuzatish maydonchasiga ko‘tarilasiz, u yerga sizni dunyodagi eng tezkor liftlardan biri olib chiqadi (Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan). 69-qavatdan turib siz ulkan megapolis manzaralaridan, shuningdek Tokio ko‘rfazining dengiz go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Bu yerda joylashgan «kelajak porti» – Minato-Miray rayonini ko‘rasiz va «Nippon-maru» parusnigi muzeyida Iokogama porti tarixi bilan tanishasiz. Tushlik. Tushlikdan so‘ng sizni Sankey-en bog‘iga tashrif kutmoqda. Qandaydir 30-40 daqiqa ichida zamonaviy megapolis sharoitidan siz sokinlik va xotirjamlik muhitiga tushib qolasiz. Sankey-en – an’anaviy yapon bog‘i bo‘lib, bu yerda betakror tabiatning turli shakllari, shuningdek qadimiy imoratlar-u xushmanzara ibodatxonalar uyg‘un ravishda birlashgan. Mehmonxonaga qaytish.

6

6-kun: Chorshanba

OPSIONAL TUR

Kamakura va Enosima ekskursiyasi

(ta’rif va narxini quyiroqda o‘qing)

7

7-kun: Payshanba

Tokioda bo‘sh vaqt.

OPSIONAL TUR

Ueno va Ryogokuga ekskursiya (ta’rif va narxini quyiroqda o‘qing)

8

8-kun: Juma

Mehmonxonada nonushta. Diqqat! Erta chiqishda mehmonxonada nonushta ko‘zda tutilmagan!

12-30 da OZ101 reysi bilan Narita aeroportidan Seulga uchish. Toshkentgacha reysga tranzit OZ 573 uchish 17-10 da, uchib kelish 20-50.

[/timeline_item]
Dasturning narxi bir kishi uchun

so‘mda ko‘rsatilgan

Mehmonxonalar ½ TWIN/DBL SNGL ⅓ TRPL
Toyoko Inn Shinjuku Kabukicho 3*, E-Hotel Higashi Shinjuku 3*, Listel Shinjuku 3*, Via Inn Shinjuku 3* 16.110.000 18.550.000
Hotel Sunroute Higashi-Shinjuku 3+*, Keio Presso Inn Shinjuku 3+*,Hotel Wing International Shinjuku 3+*, Shinjuku Washington 3+*, Sunmembers Shinjuku 3+* 18.915.000 21.610.000 17.870.000
Shinjuku Granbell 4*, Shinjuku Prince 4*, Gracery Shinjuku 4*,Tokyo Dome Hotel 4*, Niwa Hotel 4* 22.765.000 27.825.000 20.895.000
  • Diqqat qaratishingizni so‘raymiz! Jadvalda bizning guruhli turlarimizda eng ko‘p foydalaniluvchi mehmonxonalarning taxminiy ro‘yxati Ma’lum mehmonxona tanlovi yaponiyalik hamkorlarimiz tomonidan joy bloklari, guruhning o‘lchami, ko‘chish uchun vaqt xarajatlarini minimallashtirish va boshqa omillarning mavjudligini hisobga olib amalga oshiriladi va turni bronlashtirish vaqtida jo‘natiluvchi tasdiqnomada qo‘shib qo‘yiladi.
  • 12 yoshga to‘lmagan bolalar uchun chegirma – kattalar narxidan 35 AQSH dollari;
  • Valyuta kurslaridagi keskin o‘zgarishda dastur narxida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin;
  • 8 kishidan kam bo‘lgan guruhda ekskursiyalar jamoat transportida, 8 kishidan ortiq bo‘lgan guruhda esa buyurtma transportida o‘tkaziladi.

Mahalliy sharoitlarga bog‘liq ravishda dasturda kichik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Tokio – nafaqat dunyodagi eng sirli davlatlardan birining poytaxti va eng yirik megapolis. Bu – Yaponiyaning eng muhim markazi, uning o‘tmishi, hoziri va kelajagi, boisi bejizga tokioliklar: «Agar Tokio o‘zgarsa, butun Yaponiya ham o‘zgaradi» deyishmaydi.

tokyo_district

Tokioda bir nechta milliy bog‘lar mavjud. Qisman Tokio okrugida Fudzi-Xakone-Idzu parki joylashgan bo‘lib, uning hududida Fudzi vulqonining muqaddas konusi osilib turibdi. Shuningdek Tokioda Takao tog‘ini o‘rab turgan Meyzi o‘rmoni, Ogasavara milliy bog‘i va bir nechta muzey hamda hayvonot bog‘lari mavjud.

park-ueno

Kavagoe

Yaponiyaning Saytama prefekturasida Tokiodan 40 kilometr narida Kavagoe shahri joylashgan. Uning ajoyib tarixi 15-asrda boshlagan.

Shaharga Ota Dokan va uning o‘g‘li asos solishgan. Bo‘lajak manzilgoh uchun joyni ular o‘z suvlarini Tokio ko‘rfazidan olib o‘tuvchi Singasi daryosi kechimidan tanlashgan. Yangi shaharni ular Kavagoe deb nomlashdi, bu daryoning kechuv joyi degan ma’noni beradi.

Osaka

Osaka – Yaponiyaning tarixiy savdo poytaxti va ayni vaqtda – mamlakatning eng asosiy sanoat markazi va yirik porti. Shahar Tokio bilan bitta orolda, undan 500 km masofada joylashgan.

Ushbu shaharda tug‘ilganlarni va prefekturani Yaponiyada eng serg‘ayrat, xushchaqchaq, tinib-tinchimas va muloqot uchun ochiq insonlar deb hisoblashadi, Osakani norasmiy tarzda «Yaponiya Italiyasi» deb nomlashadi.

Kioto

Kioto ming yildan ortiq Yaponiyaning poytaxti hisoblangan va bu vaqt davomida yapon san’ati, madaniyati, dini va tafakkurining eng sara yutuqlarini o‘ziga jamlagan. Qayrilgan tomli pavilyonlar bu yerda hovuzlarning harakatsiz sip-silliqligida aks etgan, ignabargli daraxtlar qoyalarning o‘zidan tartib bilan o‘sib chiqadi, obidalar esa bir nechta mamlakatga yetib ortadi.

Shuningdek, Kioto – «urbanistik», jonlilik va yoshlik shahri.

  • VIZA UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR RO‘YXATI – OVIR viza bilan 2 ta bo‘sh sahifaga ega pasport yoki xorijga chiqish pasporti. Har oylik maosh va ushbu tashkilotda qaysi sanadan qaysi sanagacha ishlaganini ko‘rsatgan holda ishdan Yaponiya elchixonasi nomiga yuborilgan firma blankidagi ma’lumotnoma. Biometrik foto 4,5 x 4,5, oq, jilosiz qog‘ozda, 2 dona. Yaponiya elchixonasi uchun valyuta kartasida kamida 3000 dollar borligi haqida bankdan ma’lumotnoma. Agar bolalar ham safarga ketayotgan bo‘lsalar, bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari yoki OVIR bilan bolalar pasporti yoki bolaning xorijga chiqish pasporti.
  • Nikoh guvohnomasi.
  • Ariza beruvchining uy manzili va telefoni.
  • Ariza beruvchining ish manzili va telefoni.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 4 reviews
RU
13.10.2017

Долго изучал японский язык в учебном центре и меня как лучшего ученика отправили в Токио. Описать одним словом этот город нельзя, лучше ехать и смотреть. Это была одна из лучших поездок в моей жизни.

RU
16.10.2017

Ездил по этому туру в Японию. Было очень интересно и необычно. Только сложновато с языком, потому что там мало кто говорит на английском

RU
16.10.2017

Сказать что мне понравилось в Токио или Осаке — это ничего не сказать! Там просто какая-то другая вселенная. Теперь планирую проехаться по всей Японии, уже стал учить язык)

RU
17.10.2017

Я очень хотела поехать в Японию, но загруженность на работе на позволяла бросить дела. Но наконец-то у меня появилась неделя отпуска и я как раз увидела этот тур. Конечно, я поехала. Мне все очень понравилось, жаль только, времени было мало(

Fikr bildiring

Show only reviews in UZ (0)

Baholash