Angliya qirollik saroylari va qasrlari – Toshkentdan Angliyaga tur
Noyob mamlakat! Birlashgan Qirollikning yirik tarixiy qismi, davlat ichidagi davlat. Ko‘p asrlik tarixga ega diqqatga sazovor obidalarga to‘la zamin: qadimiy shahar ko‘chalari, o‘tmishga daxldor qasrlar va qal’alarning devorlari tarixdan so‘zlaydi. Zamonaviy butik va galereyalar sayyohlarni kutmoqda.
O‘zgarmas an’analar, yuqori hayot sifati, o‘ziga xos hazil-mutoyiba tuyg‘usi – Angliya va inglizlarga oid bo‘lgan narsalarni cheksiz ravishda sanash mumkin. Ammo ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal.
JO‘NAB KETISH | Juma |
QAYTIB KELISH | Juma |
VIZA | Talab etiladi |
Narxga kiritilgan:
- Aeroport – mehmonxona – aeroport guruh bo‘lib transferlari
- Dastur bo‘yicha guruh bo‘lib transferlar
- Tanlangan toifadagi mehmonxonada yashash
- Ovqatlanish turi – nonushtalar
- Rus tilida guruh bo‘lib amalga oshiriladigan ekskursiyalar
Qo‘shimcha to‘lovlar:
- Toshkent – London – Toshkent aviaparvozi
- Kattalar – 4 749 000 so‘mdan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bola uchun – 3 997 000 so‘mdan boshlab
- Elchixonaning konsullik yig‘imi – 200$
- Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun 12$
- Firma xizmatlari – 600 000 so‘m
ESLATMA!!! Sayohat narxi ingliz funtining dollarga nisbatan kursiga qarab o‘zgarishi mumkin.
1-kun
Londonga kelish. Joylashish. Bo‘sh vaqt.
2-kun
Nonushta.
Professional gid bilan shinam avtobusda London bo‘ylab ekskursiya – Londonning turli tumanlari bo‘ylab sayohat va asosiy joylarni ko‘zdan kechirish. Siz Tauer, Parlament binosi, Big Ben, Bukingem saroyi, Trafalgar maydoni va Britaniya poytaxtining yana ko‘plab diqqatga sazovor joylarini ko‘rasiz.
Noma’lum va sirli shahar: Londonning moliyaviy markazi bo‘lmish Siti tumani bo‘ylab piyoda ekskursiya. Bu banklar va jahon miqyosidagi korporatsiyalar, yuqori daromadlar va ulkan imkoniyatlar tumanidir. Butun dunyodagi mutaxassislar Londondagi Sitida ofislariga ega kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatishni istashadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, bu Londonning qadimiy Rim manzilgohlarida joylashgan eng qadimiy tumandir. Siz Templ, Gildxoll arxitektura yodgorliklari va Den Braunning «Da Vinchi kodi» bestselleri tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan Avliyo Varfolomey soborini ko‘rasiz.
Britaniya muzeyiga qo‘shimcha ekskursiya: bir kishi uchun 20 funt.
3-kun
Nonushta. Bo‘sh vaqt.
4-kun
Nonushta.
Vestminster abbatligiga ekskursiya. Ushbu o‘rta asr arxitekturasining mahobatli yodgorligi Britaniya monarxlariga an’anaviy toj kiydirish va dafn etish joyi hisoblanadi. Bu yerda Buyuk Britaniya atoqli arboblarining qabrlari joylashgan: yozuvchilar Charlz Dikkens, Redyard Kipling, Tomas Xardi, kompozitorlar Georg Fridrix Gendel, olimlar Isaak Nyuton, Charlz Darvin va boshqalar shu yerga dafn etilishgan. Mamlakatning butun tarixi ushbu sayohat davomida ko‘z o‘ngingizda gavdalanadi.
Ingliz monarxlarining yozgi qarorgohi – Vindzor qasriga ekskursiya. Siz qasrning 900 yillik tarixi haqidagi hikoyani tinglaysiz, saroy yo‘laklari va monarxlar bo‘lmalari bo‘ylab o‘tasiz, qirolicha Mariyaning mashhur «qo‘g‘irchoq uyi»ni va qirollik oilasi dafn etilgan butxonani ko‘rasiz.
5-kun
Nonushta.
Bo‘sh vaqt
6-kun
Nonushta.
Genrix VIII ning ajoyib saroyi Xempton Kortga ekskursiya. Barokko uslubida qurilgan saroy betakror bog‘lar va Temza sohillari bo‘ylab yastanib yotgan parklar bilan o‘ralgan. Aynan shu yerda jonli shox devordan qilingan XV asrga oid mashhur labirint joylashgan.
London Taueri va Qirolicha boyliklariga ekskursiya. XI asrga oid qasr, London hududidagi eng qadimiy qurilma. Turli davrlarda Tauer qirollik qarorgohi, qurol-yarog‘ palatasi, qimmatbaho narsalar omborxonasi va qamoqxona bo‘lgan. Shuningdek siz dunyoning «jonli» mo‘jizalaridan biri deb ataluvchi, Britaniya poytaxtining timsoli – Tauer ko‘prigini ko‘rasiz.
«Arvohlar va pablar» qo‘shimcha ekskursiyasi: 1 kishi uchun 30 funt.
7-kun
Nonushta.
Bo‘sh vaqt
8-kun
Nonushta. Bo‘sh kun. 11:00 gacha mehmonxonadan chiqish. Jo‘nab ketish.
Eslatma: ekskursiyalarning o‘tkazilish tartibi qatnov sanasiga bog‘liq. Davlat bayramlari, shuningdek kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (ob-havo sharoiti va h.k.) ekskursiyalarning o‘tkazilish jadvali va yo‘nalishida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Madam Tyusso muzeyi
Mari Tyusso onasi mumli figuralarni yaratish mutaxassisining uyida xo‘jalik boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan yillarda mumdan figuralar yaratish kasbining sir-asrorlarini o‘rganib olgan. O‘z figuralarini Angliyaning shahar va qishloqlari bo‘ylab (o‘sha vaqtning ko‘zboyloqchilari, sirkchilari va sayyor truppalari singari) olib yurgan Madam Tyusso Londonga 1835-yilda kelib joylashgan.
Hozirda madam Tyusso muzeyi – dunyodagi eng yirik va eng mashhur mumli figuralar muzeyidir, muzey filiallari dunyoning 10 ta shahrida faoliyat ko‘rsatadi. Kino va shou-biznes yulduzlari, turli mamlakatlarning prezidentlari va bosh vazirlari, qirol va qirolichalar – ekspozitsiyada ko‘plab mashhur shaxslarni uchratishingiz mumkin.
London ko‘zi
«London ko‘zi» – Angliya poytaxtida milleniumni nishonlashga bag‘ishlab qurilgan kuzatuv chambaragidir. Ushbu attraksionning ikkinchi nomi – «Mingyillik g‘ildiragi».
Qurilish vaqtida u butun dunyodagi eng baland kuzatish aylanasi hisoblangan. Uning balandligi asosidan boshlab 135 metrni tashkil etadi. Keyinroq London Ay Singapurdagi shunday attraksionga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Londondagi Tauer
Nafaqat Angliyaning, balki butun Buyuk Britaniyaning ramzidir. Tauer dunyodagi eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuruvchi arxitektura va tarixiy obidalardan biri hisoblanadi.
Aslini olganda London Taueri – bu qal’a, u Temzaning shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan, Angliyaning eng qadimiy binolaridan biri va Londonning tarixiy markazidir. O‘z faoliyati davomida u hayvonot bog‘i, zarbxona, arsenal, qamoqxona, observatoriya, qirollik boyliklari omborxonasi bo‘lishga ulgurgan. Dastlab esa Tauer himoya qal’asi sifatida qurilgan.
2* li mehmonxonada yashashda turning narxi:
- Bir o‘rinlik nomerda – 10,624,000 so‘mdan boshlab
- 2 o‘rinlik nomerda 2 kishi uchun – 14,900,000 so‘mdan boshlab
3* li mehmonxonada yashashda turning narxi:
- Bir o‘rinlik nomerda – 12,614,000 so‘mdan boshlab
- 2 o‘rinlik nomerda 2 kishi uchun –17,100,000 so‘mdan boshlab
Viza uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:
3,5×4,5 sm ga oq fonda 1 ta fotosurat
Joriy pasport (xorijga chiqish yoki OVIRli pasport)
Firma blankasida lavozimi, ishni boshlagan sanasi ko‘rsatilgan arizachining ish joyidan ma’lumotnoma
Oxirgi 12 oy uchun arizachining daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma (shu jumladan dividendlar)
Nikoh guvohnomasi
Er/xotin pasportlarining nusxasi
Voyaga yetmagan farzandlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi
Agar saqlanib qolgan bo‘lsa, oldingi pasport va vizalarining nusxalari
Mol-mulkning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (kvartirani sotib olish/sotish shartnomalari va orderlar, avtomashina texpasporti nusxalari)
Agar arizachi/homiy qaysidir tashkilotlarning ta’sischisi hisoblansa, har bir sahifasi tashkilot muhri bilan tasdiqlangan ustav nusxalari taqdim etilishi kerak.
Agar arizachi/homiy qaysidir tashkilotlarning ta’sischisi hisoblansa, har bir tashkilotning bankdan oxirgi 6-12 oy uchun aylanmasi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Bank ma’lumotnomasi va shaxsiy valyuta hisob raqami to‘g‘risida daftarcha.
Barcha hujjatlar ingliz tiliga o‘girilishi va tarjimonning muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
ESLATMA!!! Turning narxi ingliz funtining dollarga kursiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Sayyohlarning fikr-mulohazalari
tur firmasi viza olishga yordam bera oladimi
Fikr bildiring
Show reviews in all languages (2)