8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

8 kun/7 kechaga Armanistonga guruh bo‘lib sayohat

JO‘NAB KETISH HAR KUNI
QAYTIB KELISH HAR KUNI
VIZA KERAK EMAS

Turning narxiga quyidagilar kiritilgan:

  • 3*li mehmonxonada istiqomat qilish
  • Ovqatlanish – nonushta
  • Transferlar (aeroport-mehmonxona-aeroport)
  • Rus tilida so‘zlashuvchi gid
  • Tur bo‘yicha ekskursiya dasturi

 

MOSKVA ORQALI TRANZIT BILAN UCHISH

Toshkent-Moskva uchib ketish 04.20 da, uchib kelish 06.30 da

Moskva-Yerevan uchib ketish 10.40 da, uchib kelish 14.45 da

Qarama-qarshi yo‘nalish

Yerevan-Moskva 16.10, uchib kelish 18.05 da

Moskva-Toshkent uchib ketish 20.30 da, Toshkentga uchib kelish 02.30 da

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent–Yerevan–Toshkent aviaparvozi 6 000.000 so‘mdan boshlab
  • Ixtiyoriy ekskursiyalar
  • Tibbiy sug‘urta –  1 kishi uchun 12$
  • 48 soat ichida qilingan Toshkentdan uchish uchun PSR test
  • 48 soat ichida qilingan Yerevandan uchish uchun PSR test
  • Firma xizmatlari – 200 000 so‘m

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1 kishiga tur uchun narx

  • 2 o‘rinlik joylashtirishda – 440 yevro
  • 1 o‘rinlik joylashtirishda – 650 yevro

Markazdagi 4*li mehmonxonada yashashda

  • 2 o‘rinlik joylashtirishda 1 kishi uchun – 630 yevro
  • 1 o‘rinlik joylashtirishda – 840 yevro

To‘lov davlat kursi bo‘yicha so‘mda

1

1-kun Dushanba

Yerevanga kelish va joylashish

«Zvartnots» Yerevan xalqaro aeroportiga kelish. Yukni olish va mehmonxonaga transfer, vaucher asosida joylashtirish, tunash.

2

2-kun Seshanba

Nonushtadan so‘ng ekskursiya:  

Yerevan-Xor-Virap-Noravank-Areni vino zavodi (tatib ko‘rish). Mehmonxonada nonushta. Xor-Virap monastirini ko‘zdan kechirish (chuqur o‘ra 4–17-asrlar). U Arman Apostol cherkovining muqaddas joylaridan hisoblanadi, Turkiya chegarasidan 200 metr masofada joylashgan bo‘lib, Ararat tog‘iga eng yaqin nuqtadir. Ochiq havoda afsonaviy tog‘ kaftdagidek ravshan ko‘rinadi. Aynan shu yerda Trdat III ning buyrug‘i bilan birinchi arman katolikosi ma’rifatparvar Grigoriy tashlangan chuqur zindon joylashgan. Faqat 13 yillik qamalishdan so‘ng, ma’rifatparvar Grigoriy Trdat III ni og‘ir kasallikdan davolaganidan keyin shoh xristianlikni davlat dini deya e’lon qiladi. So‘ngra Vayots Dzor tumaniga yo‘l olamiz. Vinoni tatib ko‘rish bilan Areniya vino zavodiga tashrif buyurish. Arman arxitekturasi durdonasi – Noravank monastiriga tashrif. Noranvank safarining bor sehr-jodusi Noravankka yo‘lning ayrilish joyida boshlanadi. Monastirga olib boruvchi tor yo‘l ikki tomondan chiroyli tog‘lar bilan o‘ralgan. Kompleks joylashgan daradan balandda turib, siz o‘zingizni osmondagidek his qilasiz. Aytishlaricha, Noravankda Iso Masih qoni sachragan xoch parchasi yashiringan deyishadi. Noravank go‘zalligi hech kimni befarq qoldirmaydi. 2002-yili cherkov to‘liq tiklangan va YUNESKOning Butunjahon ro‘yxatiga kiritilgan. Turning yakunlanishi, Yerevanga qaytish. Yerevanda tunab qolish.

3

3-kun Chorshanba

Yerevan-Echmiadzin – Zvartnots-poytaxt bo‘ylab kuzatish turi– Yerevan

Mehmonxonada nonushta. Arman cherkovining ilk shahri – Echmiadzinga safar. Avliyo Ripsime va Avliyo Gayane arman arxitektura cherkovi (618-y.) durdonalarini ko‘zdan kechirish. Dunyodagi birinchi xristian kafedral sobori (301-y.)ga tashrif buyurish. Noyob muzey va Arman cherkovining marvaridi bo‘ylab ekskursiya. Qaytishda Armanistonning eng mashhur ibodatxonalaridan biri – Zvartnots (7-asr, armanchadan tarjima qilganda Bedor Kuchlar) xarobalarida to‘xtab o‘tish. Bedor Kuchlar ibodatxonasining qurilishi 641-643-yillarda boshlangan va o‘rtada uzilishlar bilan o‘n ikki yil davom etgan. Afsonalarning so‘zlashicha, Armanistonga 652-yili tashrif buyurgan Vizantiya imperatori Konstantin III ni ibodatxonaning go‘zalligi shu darajada lol qoldirganki, u Zvartnots quruvchisiga u bilan Konstantinopolga ketishni buyuradi. Yo‘lda me’mor vafot etadi va ushbu holat Vizantiya poytaxtida shunga o‘xshash imoratning qad rostlashiga xalaqit beradi. So‘ngra Yerevan bo‘ylab kuzatuv turi. Turning yakunlanishi. Yerevanga qaytish. Yerevanda tunab qolish.

4

4-kun Payshanba

Ekskursiya –  Yerevan-Sevan-Dilijan-Goshavank-Agarsin –Yerevan

Mehmonxonada nonushta. Sevan ko‘liga ekskursiya va yarimoroldagi 9-asrga oid Sevan monastirini ko‘zdan kechirish. Ikki kilometrlik tunneldan o‘tib qalin daraxtlar bilan qoplangan mashhur Dilijan kurorti atrofiga yetib kelamiz. Shaharning etnografik ko‘chasiga tashrif. O‘zining xachkarlari bilan mashhur bo‘lgan Goshavank monastiriga tashrif. Avliyo Grigor cherkoviga kiraverishda o‘rnatilgan o‘sha xachkarlardan biri o‘rta asr buyuk arman ustalaridan bo‘lgan Pogos tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning yana bir durdona asari Yerevanda, Armaniston tarixi muzeyida namoyish etilgan. Ushbu ikkita xachkar juda ham murakkab va nafis texnikasi tufayli to‘qilgan deb nomlanadi. Hunarmandchilik maktabi – Agarsin (12-13-asrlar)ga tashrif. Monastirni qurish uchun 300 yil vaqt ketgan va me’morlarning har bir avlodi yangi strukturalar, tashqi va ichki dekoratsiyalangan badiiy vositalarni qo‘shgan. Turning yakunlanishi, Yerevanga qaytish. Yerevanda tunab qolish.

5

5-kun Juma

Yerevan-Garni (lavash yopish)-Gegard-Yerevan

Mehmonxonada nonushta. Butun hududda bizning kunlargacha saqlanib qolgan yagona ellinistik ibodatxonasi – Garni majusiylik ibodatxonasiga (77-yil) ekskursiya. Unga yaqin bo‘lgan joyda mashhur Gegard ichkiqoya monastiri (5-14-asr), u katta yerusti ibodatxonasi va o‘nlab g‘orlar atrofidagi butun qoya jinsida o‘yilgan uchta cherkovdan iborat. Gegard monastiri YUNESKO Butunjahon merosi fondi ro‘yxatiga kiritilgan. Lavash yopish bo‘yicha mahorat maktabi. Turning yakunlanishi, Yerevanga qaytish. Yerevanda tunab qolish.

6

6-kun Shanba

Poytaxtda mustaqil sayr qilish uchun bo‘sh kun .

7

7-kun Yakshanba

Vernisaj va meva bozoriga tashrif buyurish uchun bo‘sh kun.

8

8-kun Dushanba

Mehmonxonada nonushta. Aeroportga transfer. Uyga jo‘nash.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash