8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

Toshkentdan Parijga tur

Qaysi birimiz Parijga borishni orzu qilmaganmiz? Kim Yelisey maydonida sayr qilishni yoki Eyfel minorasiga chiqishni xohlamaydi? U yerdan butun shahar kaftdagidek namoyon bo‘ladi?

Dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri birinchi daqiqadayoq, birinchi qarashdayoq o‘ziga rom etadi. Fransuz poytaxtining shonli o‘tmishi fikr-xayolni egallab olib, o‘z to‘lqinlarida olib ketadi.

JO‘NAB KETISH Seshanba, Juma
QAYTIB KELISH Chorshanba, Shanba
VIZA Talab qilinad: €11.50 yevro + €80 yevro (80 yevro to‘lov kurs bo‘yicha dollarda)

 

Turning narxiga quyidagilar kiradi: 

  • Nonushtalarni o‘z ichiga oluvchi mehmonxonada 7 kecha yashash
  • E’lon qilingan reyslarga kelish va ketish uchun 2 ta transfer
  • Avtobusda Parij bo‘ylab guruhli ekskursiya
  • Fragonar parfyumeriya muzeyiga safar
  • Kemachada Sena bo‘ylab dengiz sayohatiga chipta

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Aviaparvoz: Toshkent – Parij – Toshkent
  • Kattalar tarifi – 5.890.000 so‘mdan boshlab
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 4.638.000 so‘mdan boshlab
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi 1 kishi uchun 80 yevro (to‘lov kunidagi kross kurs bo‘yicha dollarda) + 1 kishi uchun servis markazi xizmati 50 yevro (Fransiya elchixonasiga yozilish)
  • Tibbiy sug‘urta – 9 AQSH dollari. To‘lov kuni O‘zR MB davlat kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi.
  • Shahar soliqlari (mehmonxonaga joylashishda joyida to‘lanadi)

 

Qo‘shimcha to‘lov evaziga rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida ekskursiya xarid qilish mumkin

  • Versal – 1 kishi uchun 75 yevro
  • Luvr (piyoda) – 1 kishi uchun 50 yevro
  • Disneylend – 130 yevro 1 katta yoshli uchun va 110 yevro 1 bola uchun (11 yoshgacha), (avtobusga transfer, elektrichkaga qaytish chiptasi, 2 ta parkka kirish chiptalari kiritilgan)
  • Shuningdek Eyfel minorasida tushlik buyurtma qilish mumkin – 1 kishi uchun 75 yevro, bu minoraga kirish uchun navbatda turishdan qochish imkoniyatini beradi. Tushlikka quyidagilar kiritilgan: bir bokal vino yoki pivo-qahva bilan 3 ta taom (gazak+issiq ovqat+desert). Tushlik «piknik» shaklida savatda tortiladi.
  • Monmartr bo‘ylab piyoda ekskursiya – 1 kishi uchun 20 yevro.

япония, тур в японию

япония, тур в японию

СТОИМОСТЬ ТУРА НА 1 ЧЕЛОВЕКА ПРИ ПРОЖИВАНИИ В ОТЕЛЕ  3*:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 8 555 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik nomerga joylashishda – 4 985 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 4 578 000 so‘mdan boshlab

3* Plus MEHMONXONASIDA YASHASHDA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 10 443 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik nomerga joylashishda – 6 710 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 6 300 000 so‘mdan boshlab

4*LI MEHMONXONADA YASHASHDA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – 16 400 000 so‘mdan boshlab
  • 2 o‘rinlik nomerga joylashishda – 8 875 000 so‘mdan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – 7 653 000 so‘mdan boshlab

Grand Opera yaqinidagi Skrib ko‘chasida «Fragonar» parfyumeriya muzeyi joylashgan bo‘lib, u shubhasiz dunyodagi eng mashhur atirlar muzeyidir. Bu chindan ham noyob muzey bo‘lib, Versal va Luvr kabi durdonalarning orasida haqli ravishda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.

Biroq bu shunchaki mashhur xushbo‘y islar muzeyi emas, balki yirik go‘zallik markazi hamdir.

Luvr qal’a ham, qirollik saroyi ham bo‘lgan, hozir esa u yiliga 10 milliongacha tashrif buyuruvchini qabul qiluvchi yirik muzeylardan biridir.

1190-yili Filipp-Avgust qirolligi paytida qal’a sifatida qurilgan Luvr XIV asrga kelib o‘zining mudofaa funksiyalarini yo‘qotdi.

Versal saroyi bir asrdan ortiq vaqt davomida Fransiyaning siyosiy poytaxti bo‘lgan va qirollik oilasi uchun 1682-1789-yillar davomida uy sifatida xizmat qilgan.

Bugungi kunda saroy kompleksi Fransiyaning eng mashhur sayyohlik obidalaridan biri hisoblanadi. Eyfel minorasi – Parij markazidagi metall minora uning eng dong‘i ketgan obyektidir. Bosh konstruktor Gyustav Eyfel sharafiga nomlangan. Eyfelning o‘zi uni shunchaki «300 metrli minora» (tourde 300 mètres) deb atagan.

Keyinchalik Parij timsoliga aylangan minora 1889-yili qurilgan va dastlab o‘sha yili Parij Butunjahon ko‘rgazmasi uchun kirish arkasi sifatida vaqtinchalik xizmat qilishi rejalashtirilgan edi.

Fransiya elchixonasi uchun hujjatlar ro‘yxati

  1. HAMMA UCHUN:
  2. Pasport (ichki (yashil) va (mavjud bo‘lsa) xorijga chiqish (qizil) pasportning barcha bo‘sh bo‘lmagan sahifalarining nusxasi).
  3. Yaqin qarindoshlar uchun hujjatlarning nusxasi (turmush o‘rtog‘i, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan farzandlar)
  4. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 2 ta aktual biometrik fotosuratlar.
  5. Plastik kartada xorijiy valutada mablag‘ borlig‘i haqida bankdan ma’lumotnoma (USHBU KARTANING RAQAMINI KO‘RSATISH BILAN).
  6. Ushbu plastik kartaning nusxasi.

SHUNINGDEK:

Yollanib ishlovchi arizachilar uchun:

  1. Ish joyidan egallab turgan lavozimi to‘g‘risida ma’lumotnoma
  2. Safar muddati davomida ta’til taqdim etilgani haqida ish beruvchidan ma’lumotnoma-tasdiqnoma (…DAN … GACHA SANASI KO‘RSATILGAN HOLDA)
  3. Kadrlar bo‘limining ishonchnomasi (muhr bilan) bilan mehnat daftarchasining nusxasi (BARCHA BO‘SH BO‘LMAGAN SAHIFALAR)

YOKI:

Firma egalari yoki ta’sischilari uchun:

  1. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi, litsenziya)
  2. Dividend yoki boshqa daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma
  3. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma

YOKI

Xususiy tadbirkorlar uchun:

  1. Patent nusxasi bilan
  2. Qarzlar yo‘qligi haqida soliq boshqarmasidan ma’lumotnoma
  3. Daromadlar to‘g‘risida hujjat (bankdan ko‘chirma va sh.k.)

YOKI

Nafaqadagilar uchun:

  1. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan
  2. Ijtimoiy ta’minot bo‘limidan pensiya haqida ma’lumotnoma, pensiya miqdorini ko‘rsatish lozim

YOKI

Talaba va o‘quvchilar uchun:

  1. O‘qish joyidan ma’lumotnoma.

VA

Bolaga ota-onalardan faqat biri hamrohlik qilayotgan taqdirda:

  1. Bolaning chet etga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi.

Bolaga ota-onasi bo‘lmagan shaxs hamrohlik qilgan taqdirda:

  1. Ota-onaning notarial tasdiqlangan ruxsati.
  2. Hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan ariza-majburiyatnomasi.

Qo‘shimcha:

Ko‘chmas mulk hujjatlari: uy, kvartira kadastri, avtomobil texpasporti

YUQORIDA SANAB O‘TILGAN HUJJATLAR INGLIZ YOKI FRANSUZ TILIDA RASMIYLASHTIRILGAN BO‘LISHI KERAK.

1

1-kun

Chiptalar seshanba kunlari 14:50 da, Parijga uchib kelish 19.00 da. Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga guruh bo‘lib transfer.

2

2-kun

Fragonar muzeyiga tashrif buyurish bilan rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida Parij bo‘ylab ekskursiya.

3

3-kun

Kemachada Sena bo‘ylab dengiz sayohati, pristangacha mustaqil yetib olasiz.

4

4-kun

Mehmonxonada nonushta. Sayyohlarning istagiga qarab Eyfel minorasiga tashrif. Minoragacha mustaqil yetib olasiz.

5

5-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

6

6-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

7

7-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

8

8-kun: Toshkentga uchish

Aeroportga guruh bo‘lib transfer, 21.30 da Toshkentga uchish. Toshkentga chorshanba 07:20 da uchib kelish

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

4.56 based on 1 review
03.08.2023

Thanks for information????

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (9)

Baholash