8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Aprel – Oktyabr
Mavsum

Mazali sayohat

JO‘NAB KETISH Seshanba, Juma
QAYTIB KELISH Seshanba, Shanba
VIZA Talab qilinmaydi, xorijga chiqish pasporti, uchib ketishdan 72 soat oldin qilingan PZR test zarur

Narxga quyidagilar kiritilgan:

  • Aeroport – mehmonxona – aeroport transferlari
  • Mehmonxonada yashash
  • Ovqatlanish turi – nonushtalar
  • Dastur bo‘yicha ekskursiyalar
  • Xinkali, Churchxela, Xachapuri tayyorlash bo‘yicha master-klasslar
  • Dastur bo‘yicha kirish chiptalari
  • Oilada 1 ta tushlik (Sagamo ko‘li)

 

Quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lanadi:

  • Toshkent – Tbilisi – Toshkent aviaparvozi
  • Kattalar uchun – 4.520.000 so‘mdan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 3.380.000 so‘mdan
  • Tibbiy sug‘urta – 1 kishi uchun $10 dan
  • Firma xizmatlari – 200.000 so‘m
  • Gruziyaga uchib borgandan so‘ng 3-kuni PZR test topshiriladi, test narxi $45 dan boshlanadi

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun

Aeroportda kutib olish. Mehmonxonaga joylashtirish. Bo‘sh kun

2

2-kun

Bugun sizni Tbilisi va Msxeta shaharlari bo‘ylab obzorli ekskursiya kutmoqda. Mehmonxonada ertalab soat 10:30 da uchrashamiz. Siz Eski shaharga, hammomlari haqida A.S. Pushkin o‘zining «Arzrumga sayohat» asarida hikoya qilgan mashhur «Oltingugurt hammomlari»ga tashrif buyurasiz, arqon yo‘li orqali «Narikala» qal’asiga ko‘tarilasiz. Qal’adan turib qaraganingizda butun Tbilisi kaftdagidek namoyon bo‘ladi! Omadingiz chopsa, «Saperavi» muzqaymog‘ini tatib ko‘rasiz. Sayohatimizning keyingi manzili YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiruvchi Msxeta shahri bo‘ladi. Bu yerda siz M.Y. Lermontov «Mtsiri» dostonida yozgan mashhur «Jvari» monastirini borib ko‘rasiz. Ekskursiyamiz shu bilan yakunlanmaydi. Qiziqarli sayrdan so‘ng kuch to‘plab vinolarning bir necha turini degustatsiyadan o‘tkazish zarur. «Vino palatasi»ga yo‘l olamiz. Kunduzgi soat 4 larga yaqin 11-asrda qurilgan Svetitsxoveli Kafedral cherkoviga yo‘l olamiz. Gid sizga mahalliy madaniyatning bor ajoyibotlarini, barcha afsona va tarixini so‘zlab beradi. Msxetaga ekskursiya yakunlanganidan so‘ng mehmonxonaga jo‘naymiz, sizda dam olish va kechqurun soat 7 larga an’anaviy restoranda o‘tkazilishi mo‘ljallangan kechki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt bo‘ladi. Mazali taom va ichimliklardan tashqari sizni milliy raqslar va xalq og‘zaki ijodi kutmoqda! Xavotir olmang, kechki soat 10 da haydovchi kelib sizni mehmonxonaga olib ketadi. Ertangi kunga kuch-quvvat to‘plang.

3

3-kun

KaxetiyaMehmonxonada ertalabki soat 11 da yaxshilab hordiq chiqargan va qorinni to‘yg‘azgan holda uchrashamiz. Bugun Gruziyaning eng vinobop viloyati bo‘lmish Kaxetiga yo‘l olamiz. Ob-havo har doimgidek ajoyib, shu sababli suratlar yorqin va rang-barang bo‘lishi shubhasiz. Birinchi bo‘lib sevgi shahri Signaxiga kirib o‘tamiz, aytgancha, mashhur rassom N.Pirosmani aynan o‘sha yerda tug‘ilgan. Ha-ha, aynan u o‘zining sevgisini izhor qilish maqsadida sevganiga millionta qizil gul sovg‘a qilgan. So‘ng Sinandaliga boramiz. Sinandali – bu klassik gruzin vinochiligi dunyoga kelgan joy. Bu yerda Gruzin vinosi birinchi marta shishalarga quyilgan. 1841-yil hosilidan qilingan «Saperavi» va o‘n to‘qqizinchi asrning boshqa tarixiy ichimliklari hozirga qadar Sinandali enotekasida saqlanib kelmoqda. Kolleksiya 1814-yildan boshlanib, Sinandali, Saperavi, Shato Lafit, Shato Ikem kabi 19-asrning afsonaviy vinolarini o‘z ichiga oladi. Bog‘ va muzey bo‘ylab ekskursiyadan so‘ng sizni vinolar degustatsiyasi kutmoqda. Kaxetida biz nafaqat vino, balki mahalliy taomlar bilan ham tanishamiz. Buning uchun har jihatdan yaxshi joy «Mosmiyeri» vino yerto‘la-restorani hisoblanadi. Sizni gruzin «puri»si – non, xachapuri, churchxela va albatta xinkali tayyorlash bo‘yicha master-klass kutmoqda. Shu yerning o‘zida siz tushlik qilish va vaqtingizni maroqli o‘tkazish imkoniyatiga egasiz.
4

4-kun

«Samsxe-Javaxeti» sirli mintaqasi

Mehmonxonada ertalab soat 9 da uchrashamiz, ertalab turish majburiy, chunki sizni davomli, lekin juda sermazmun va qiziqarli safar kutmoqda. Birinchi bo‘lib siz 11-asrda qurilgan ibodatxonasi, pishloq va shokolad ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan Pokadagi Avliyo Nino monastiriga tashrif buyurasiz! Bularning barchasini tatib ko‘rasiz ham. Aminmizki, milliy taomlar va an’analardan ko‘nglingiz shod bo‘ladi. So‘ngra sizni Saxamo ko‘lida to‘xtab o‘tish kutmoqda, bu yerda ajoyib suratlar qilish mumkin. Mintaqa rang-barangligini ko‘proq his qilish uchun albatta biror bir oilaga mehmonga kirib o‘tish kerak. Gruzinlar juda mehmondo‘st xalq. Dasturxon yozilgan, sizni mehmonga kutishyapti. To‘yimli tushlikdan so‘ng Gorelovka qishlog‘iga, Duxoborlarga mehmonga boramiz. Birinchi bo‘lib atrofdagi yorqin ranglarni sezasiz. Barcha uylar moviy, oq va ko‘k ranglarga bo‘yalgan. Hamma yoq gullar bilan burkangan, bu suratlar qilish uchun ajoyib imkoniyat! Oqshom ham zerikarli bo‘lmasligi aniq, «Kotteji Volodi»ga yo‘l olamiz. Joyning go‘zalligi sizni lol qoldirishi shubhasiz, kottejlar Kura daryosining shundoqqina qirg‘og‘ida joylashgan. Dam olish va kechki ovqatni tanovul qilish uchun yoqimli joy. Kuch to‘plang!

5

5-kun

«Rabot» qal’asi

Nonushta ham, tushlik singari, yoqimli bo‘lishi kutilmoqda. Taomlar bilan tajribalar hali o‘z nihoyasiga yetmadi, Vardzi monastiriga yo‘l olamiz. Bu yerda bizni shilliq qurtlar, mesxurigata va mintaqaning boshqa pishloqlaridan farqli bo‘lgan pishloq degustatsiyasi kutmoqda. Aytganimizdek, Samsxe-Javaxeti mintaqasi eng sirlilaridan biridir. Taomlari esa rang-barang, chunki har bir inson unga o‘z madaniyatining bir qismini olib kirgan. Bu yerda ko‘plab millatlar yashaydi. Degustatsiyalardan so‘ng «Rabot» qal’asiga otlanamiz, u monastirdan bir soatlik masofada joylashgan. Bu Axalsixe shaharchasining eng asosiy obidasi bo‘lib, uning nomi arab tilidan kelib chiqqan va «mustahkamlangan joy» degan ma’noni beradi. U g‘arbiy chekkada joylashgan va shaharning deyarli istalgan nuqtasidan ko‘rinadi. XIII asrda qurilgan ushbu harbiy imorat ko‘plab tarixiy jarayonlarning guvohi bo‘lgan. Qal’a ko‘p marta vayron qilingan, qamalga olingan va oxir-oqibat turli madaniyat hamda dinlarning belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan. Tbilisiga yo‘l mineral suvi butun Gruziya va uning tashqarisida mashhur bo‘lgan Borjomi kurorti orqali o‘tadi. Bu yerda siz dam olishingiz, tushlik qilishingiz va Tbilisiga bo‘lajak safar oldidan kuch to‘plab olishingiz mumkin.

6

6-kun

Biz o‘tgan kunlar juda ham sermazmun bo‘lganini tushunamiz, shu sababli sizga ushbu kunni o‘z ixtiyoringizcha o‘tkazishingiz uchun imkoniyat beramiz. Oltingugurt hammomlariga tashrif buyurish va iliq suv oqimi ostida hordiq chiqarishni taklif qilamiz.
7

7-kun

Kazbegi va uning Buyukligi Gruziyaga borgach, go‘zalligi ko‘zni qamashtiruvchi Stepansminda kabi joyga albatta tashrif buyurish lozim. Ko‘plab sayyohlar uni yana ko‘rishni, uning musaffo havosidan bahra olishni va o‘sha xinkalilarni tatib ko‘rishni istaydilar. Bu joy kichkina, biroq muhim bo‘lgan, 2170 metr balandlikda joylashgan «Gergeti» cherkovi bilan mashhur, Stepansmindaga barcha yo‘llar aynan shu yerga olib boradi. Tushlik qilib va qaynoq choy ichib bo‘lgach, Tbilisiga qaytish mumkin. Dam oling va sayohatingizning barcha xotiralarini birlashtiring, chunki siz ertaga uyingizda bo‘lasiz. Tbilisida oqshom.
8

8-kun

Uyga qaytish Afsuski, bu sayohatingizning oxirgi kuni. U qiziqarli va unutilmas bo‘ldi, degan umiddamiz. Aeroportga transfer oldidan tashkillashtirilgan, haydovchi belgilangan vaqtda yetib keladi va Shota Rustaveli nomli aeroporgta sizni olib borib qo‘yadi.

– Sizga yoqimli parvoz tilaymiz –

Gruziyaga turlar

Gruziyaga turlar – Kavkazning qoq yuragiga sayohat qilish imkoniyati, u yer o‘zining boy tarixi, arxeologik va arxitektura obidalari, subtropik va tog‘ iqlimli xushmanzara tabiati va albatta, o‘zining milliy taomlari-yu ajoyib vinolari bilan faxrlanuvchi erksevar hamda mehmondo‘st xalqi bilan mashhur.

Bundan tashqari, Gruziyaga turlar – bu Yevropa va Osiyo madaniyatlarining to‘qnashuvi sodir bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lining eng muhim yo‘nalishlari bilan tanishish imkoniyatidir.

Gruziyaga sayohat siz uchun eng yorqin voqealardan biri bo‘ladi, siz yangi joylar va gruzin xalqining rango-rang hayoti bilan tanishasiz.

4*li mehmonxonada yashaganda

2 kishilik xonaga joylashtirilganda 1 kishi uchun

4 kishilik guruh, bir kishi uchun narx 7.438.000 so‘mdan boshlab

6 kishilik guruh, bir kishi uchun narx 6.916.000 so‘mdan boshlab

10 kishilik guruh, bir kishi uchun narx 6.522.000 so‘mdan boshlab

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash