8 kun 7 kecha
Kunlar soni
0+
Yoshi
Butun yil davomida
Mavsum

“Eyfel minorasida romantik uchrashuv”

Parij sevishganlar shahri ekanligi hammaga ma’lum. Turmush o‘rtog‘i bilan bu yerga tashrif buyurishni istamaydigan odamni topish qiyin. Eyfel minorasi yaqinidagi uchrashuvdan ko‘ra romantikroq lahza bormi?

Eyfel minorasi – Mars dalasida joylashgan Parijning ramzi. U Xeops piramidasidan deyarli ikki baravar baland. Arxitektura yodgorligi uning muallifi, dizayner Gustav Eyfel nomi bilan atalgan. Metall konstruksiyani yaratish paytida hech kim minora dunyoga mashhur bo‘lishini tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak. Har yili u yerga 7 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. O‘zingiz va yaqinlaringizga unutilmas taassurot hadya qiling! Parijni qushning nazari bilan tomosha qiling va bu lahzaning eksklyuzivligini his eting!!! Axir, SIZ bunga loyiqsiz!

Yil bo‘yi

JO‘NAB KETISH HAR KUNI
QAYTIB KELISH HAR KUNI
VIZA 11.50 yevro (Elchixonaga yozilish) + 80 yеvro (to‘lov kurs bo‘yicha dollarda )

 

Turning narxiga quyidagilar kiradi:

  • Nonushtani o‘z ichiga oluvchi mehmonxonaga 7 kechaga joylashish
  • E’lon qilingan reyslarga kelish va jo‘nash uchun 2 ta transfer
  • Parijning diqqatga sazovor joylariga individual ekskursiya
  • Monmartr bo‘ylab piyoda sayohat

 

Qo‘shimcha to‘lovlar:

  • Aviaparvoz: Toshkent – Istanbul – Parij – Istanbul – Toshkent
    • Kattalar tarifi – 9.300.000 so‘mdan boshlab
    • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 6.230.000 so‘mdan boshlab
  • Elchixonaning konsullik yig‘imi 1 kishi uchun € 80 (to‘lov kunidagi kross kurs bo‘yicha dollarda) + 1 kishi uchun € 11.50, servis markazining xizmatlari (Fransiya elchixonasiga yozilish)
  • Tibbiy sug‘urta – 12 USD. To‘lov kunidagi O‘zbR Markaziy banki davlat kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi
  • Shahar soliqlari (mehmonxonaga joylashishda joyida to‘lanadi)

Qo‘shimcha to‘lov evaziga rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida ekskursiyalar xarid qilish mumkin

  • Versal
  • Luvr (piyoda)
  • Disneylend

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

япония, тур в японию

1

1-kun

Uchib borishlar seshanba va juma kunlari 14:45 da, Parijga uchib kelish 18.55 da. Aeroportda kutib olish, mehmonxonaga transfer.

2

2-kun

Fragonar muzeyiga tashrif buyurish bilan rus tilida so‘zlashuvchi guruh tarkibida Parij bo‘ylab ekskursiya. Ekskursiyaga yig‘ilish joyi «Grand Opera» zinapoyasida.

3

3-kun

Sena bo‘ylab kemada sayohat, pristangacha mustaqil yetib olinadi.

4

4-kun

Mehmonxonada nonushta. Eyfel minorasiga tashrif buyurish. Minoragacha mustaqil yetib boriladi.

5

5-kun

Mehmonxonada nonushta. Monmartr bo‘ylab piyoda sayr. Avenir metrosidan chiqish oldida gid bilan uchrashuv (2-liniya).

6

6-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

7

7-kun

Mehmonxonada nonushta. Parijda bo‘sh vaqt.

8

8-kun: Toshkentga uchib kelish

Aeroportga guruh bo‘lib transfer, Toshkentga 21.30 da uchib ketish, Toshkentga chorshanba kuni soat 07.15 da va juma kuni 09:20 da uchib kelish.

Grand Opera yaqinidagi Skrib ko‘chasida «Fragonar» parfyumeriya muzeyi joylashgan bo‘lib, u shubhasiz dunyodagi eng mashhur atirlar muzeyidir. Bu chindan ham noyob muzey bo‘lib, Versal va Luvr kabi durdonalarning orasida haqli ravishda markaziy o‘rinlardan birini egallaydi.

Biroq bu shunchaki mashhur xushbo‘y islar muzeyi emas, balki yirik go‘zallik markazi hamdir.Luvr qal’a ham, qirollik saroyi ham bo‘lgan, hozir esa u yiliga 10 milliongacha tashrif buyuruvchini qabul qiluvchi yirik muzeylardan biridir.

1190-yili Filipp-Avgust qirolligi paytida qal’a sifatida qurilgan Luvr XIV asrga kelib o‘zining mudofaa funksiyalarini yo‘qotdi.Versal saroyi bir asrdan ortiq vaqt davomida Fransiyaning siyosiy poytaxti bo‘lgan va qirollik oilasi uchun 1682-1789-yillar davomida uy sifatida xizmat qilgan.

Bugungi kunda saroy kompleksi Fransiyaning eng mashhur sayyohlik obidalaridan biri hisoblanadi. Eyfel minorasi – Parij markazidagi metall minora uning eng dong‘i ketgan obyektidir. Bosh konstruktor Gyustav Eyfel sharafiga nomlangan. Eyfelning o‘zi uni shunchaki «300 metrli minora» (tourde 300 mètres) deb atagan.

Keyinchalik Parij timsoliga aylangan minora 1889-yili qurilgan va dastlab o‘sha yili Parij Butunjahon ko‘rgazmasi uchun kirish arkasi sifatida vaqtinchalik xizmat qilishi rejalashtirilgan edi.

3*LI MEHMONXONADA YASHASHDA 1 KISHI UCHUN TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1.110 yevrodan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 900 yevrodan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 870 yevrodan boshlab

________________________________________3* Plus MEHMONXONASIDA YASHASHDA TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1250 yevrodan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1.010 yevrodan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 990 yevrodan boshlab

________________________________________4* MEHMONXONASIDA YASHASHDA TURNING NARXI:

  • 1 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1.390 yevrodan boshlab
  • 2 o‘rinlik joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1.270 yevrodan boshlab
  • 3 o‘rinlik nomerga joylashishda – so‘mda davlat kursi bo‘yicha 1.230 yevrodan boshlab

BARCHA ARIZACHILAR UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
1. Yevropa Ittifoqi tomonidan ma’qullangan vaksina olganlik to‘g‘risida sertifikat: AstraZeneca (Vaxzevria), Moderna (Spikevax), Johnson&Johnson (Janssen), PfizerBioNTech (Comirnaty), Covidshield

Arizani faqat ikki dozalik vaksinalarning ikkinchi dozasini olgandan 14 kun o‘tib topshirish mumkin.

12 yoshdan oshgan bolalar vaksina olgan bo‘lishlari shart

2. Chegarani kesib o‘tish uchun, emlash sertifikatiga qo‘shimcha ravishda, salbiy PSR testi talab qilinadi.
3. Xorijga chiqish pasporti va oddiy pasportdagi barcha belgi va muhrli sahifalarining nusxalari
4. Yaqin qarindoshlarning (turmush o‘rtog‘i) hujjat nusxalari
5. 3,5×4,5 sm o‘lchamdagi 2 ta joriy biometrik fotosurat, yuz yirik planda oq fonda
6. Plastik kartada chet el valyutasida hisob raqami mavjudligi to‘g‘risidagi bankdan ma’lumotnoma, hisobdagi qoldiq ko‘rsatilishi lozim, karta nusxasi, hisobdan raspechatka.

SHUNINGDEK:
Yollanib ishlovchi ariza taqdim qiluvchilar uchun:
7. Ishdan egallab turgan lavozim to‘g‘risida ma’lumotnoma.
8. Ta’til taqdim etilganlik to‘g‘risida ish beruvchining tasdiqnoma-ma’lumotnomasi
9. Ish joyidan maosh to‘g‘risida ma’lumotnoma.
10. Mehnat daftarchasining nusxasi va mehnat.uz dan elektron shaklda ham

Firma egalari va ta’sischilari uchun:
11. Firma hujjatlari (ta’sis shartnomasi, hokimlikda ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya)
12. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.
13. Yillik aylanma to‘g‘risida bankdan ma’lumotnoma
Xususiy tadbirkorlar uchun:
14. Patent nusxasi bilan.
15. Qarzdorlik yo‘qligi to‘g‘risida soliq idorasidan ma’lumotnoma.
16. Yillik aylanma to‘g‘risida bankdan ma’lumotnoma
Nafaqaxo‘rlar uchun:
17. Pensiya daftarchasi nusxasi bilan
Ayni vaqtda ishsiz bo‘lganlar uchun:
18. Yashash joyidan ma’lumotnoma.
19. Safarga homiylik qilayotgan yaqin qarindoshlaridan birining oyligi ko‘rsatilgan ish joyidan ma’lumotnoma.
Talaba va o‘quvchilar uchun:
O‘qish joyidan ma’lumotnoma.
Bolaga ota-onalarning faqat bittasi hamrohlik qilayotgan hollarda:
1. Bolaning chet elga chiqishi uchun ikkinchi ota yoki onaning notariusda tasdiqlangan roziligi.
Bolaga ota-onasidan boshqa shaxs hamrohlik qilayotgan taqdirda:
1. Har ikki ota-onadan notariusda tasdiqlangan ruxsatnoma.
2. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notariusda tasdiqlangan ariza-majburiyati.
YUQORIDAGI HUJJATLARNING HAMMASI RUS YOKI INGLIZ TILIDA RASMIYLASHTIRILISHI KERAK

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

5.00 based on 0 reviews

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Show reviews in all languages (2)

Baholash