6 – 8 (soat), 6 – 8 (soat)
Kunlar soni
7+, 7+
Yoshi

«BAROKKO» uslubidagi Usmonlilar saroyi» mualliflik turi

Hurmatli sayyohlar, agar siz yo‘l-yo‘lakay Istanbulga kirib o‘tsangiz yoki o‘sha yerda dam olayotgan bo‘lsangiz, sizda qisqa vaqt ichida Turkiyaning tarixi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bor!

Barokko badiiy uslubi 16-asr oxirida Italiyada yuzaga paydo bo‘lgan. Bu nomning tarixi portugaliyalik dengizchilarga tegishli bo‘lib, ular noto‘g‘ri shakldagi yaroqsiz marvarid donalarini barocco deb atashgan. Italiyaliklar yangi madaniy oqimning jimjimador va g‘alati hodisalarini birlashtirgan holda bu atamani o‘zlashtirishdi.

Dabdabali, murakkab, hashamat bilan bezatilgan stilistikadan shahar saroylari, qarorgohlarni qurishda foydalanilgan. Saroy me’morlarining arxitektura yechimlari yagona g‘oyaga, ya’ni hayron qoldirish va maftun qilish g‘oyasiga bo‘ysungan.

Barokkoning asosiy xususiyatlariga haddan ortiq bezakdorlik ham kirgan bo‘lib, bu didsizlikda ayblash uchun yetarlicha asoslarga sabab bo‘lgan.

Devorlar ganch, naqsh, o‘yma panellar, haykallar, ustunlar, oynalar ostida deyarli ko‘zga ko‘rinmaydi. Mahobatga bo‘lgan intilish og‘ir mebellarda, ulkan shkaflarda, zinapoyalarda o‘z aksini topgan. Agar barokko haqida qisqacha gapiradigan bo‘lsak, bu ortiqchalikning bir uslubidir. Yoritilgan va panalangan hududlarning almashinishi, yondan sozlanuvchi yoritilish hisobiga ustalar makonni kengaytirish taassurotini yaratishgan. Oltin tusli, moviy, pushti ranglar tantanali muhitni hosil qiladi.

Usmonlilar barokkosi (Saljuqiylar barokkosi) – XVIII–XIX asrlarda Usmonlilar imperiyasida Yevropa (Fransiya) barokkosi ta’sirida paydo bo‘lgan arxitektura uslubi. Ushbu uslubda ijod qilgan ustalar qatorida Balyanlar, shuningdek, Mahmud Tohir Og‘ani alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

 

Turning davomiyligi (6–8 soat)

Turni yuqori malakali tarixchi-gid, tur muallifi olib boradi..

Tur yo‘nalishi bo‘yicha transfer: Mersedes VITO 2018

япония, тур в японию

япония, тур в японию

Ekskursiya DO‘LMABOXCHA saroyidan boshlanadi

Paydo bo‘lish yili: 1853. Maydoni: 45 000 kv metr

Barokko uslubida qad rostlagan, Do‘lmaboxcha saroyi bejamalikda XVIII asr Yevropa qarorgohlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Bosfor sohilida qurilgan va dunyodagi eng noyob panoramali manzaraga ega. Billur zinapoya va boshqa interyerni bezatishga 14 tonna tilla sarflangan, qurilishga ketgan umumiy mablag‘ esa besh million funt tillasiga baholanadi. Asosiy obidalar qatorida qirolicha Viktoriya tomonidan sovg‘a qilingan, og‘irligi deyarli besh tonna bo‘lgan bogema shishasidan yasalgan qandil…

 

So‘ng KUCHUKSU saroyiga o‘tiladi.

Istanbul

Sirli va muhtasham, sershovqin va ertaknamo go‘zal Istanbul – bu Yevropa va Osiyo, an’anaviy Sharq va zamonaviy G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik. O‘zining boy tarixi davomida u nomini bir necha marta o‘zgartirishga va Rim, Vizantiya, Usmonlilar va Lotin imperiyalarining poytaxti bo‘lishga ulgurdi.
Turkiyaning bugungi poytaxti, uning asosiy madaniy, savdo va sanoat markazi hatto geografik jihatdan ham ikkiga bo‘lingan. U Bosfor bo‘g‘ozining ikki qirg‘og‘ida, demakki birato‘la ikki qit’ada joylashgan.

To‘pqopi saroyi

Sultonlarga 400 yildan ortiq xizmat qilgan Usmonlilar imperiyasi hukmdorlarining qadimiy qarorgohi. O‘zining 600 yildan ortiq tarixi davomida saroy ko‘p voqea-hodisalarning guvohi bo‘lgan va barcha sirlar uning devorlarida mustahkam saqlanib kelmoqda.
Bu yetti yuz kvadrat metr maydonga ega butun boshli saroy kompleksi bo‘lib, besh kilometrga cho‘zilgan to‘rtta alohida hovlidan iborat. Bu yerda turarjoy, g‘aznachilik, devon, qurollar ombori, novvoyxona, sultonning otxonasi, go‘zal bog‘ va favvoraga ega gulli terrasalar, ma’lum masofada Koshinli saroy joylashgan.

Do‘lmaboxcha saroyi

Istanbuldagi podsho qarorgohlari orasida sof turkchaga eng uzoq bo‘lgan mahobatli Do‘lmabaxche saroyi Yevropa hukmdorlarining eng yaxshi saroylari bilan raqobat qilish uchun barpo etilgan. Ushbu dadil niyat katta muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan – ajoyib barokko uslubi Bosfor qirg‘oqlarida o‘ziga xos jozibaga ega bo‘ldi, Do‘lmabaxchega tashrif buyurgan har bir sayyoh buning bevosita guvohi bo‘lishi mumkin.

Mozaika saroyi

tashlandiq binolar o‘rnida qurilish ishlari olib borilgan. Qazish ishlari kutilmagan bebaho topilmaga sabab bo‘lgan: arxeologlar keng ko‘lamdagi tuzilmalarning qoldiqlarini aniqlashgan. Davomli va batafsil qazish ishlaridan so‘ng Vizantiya imperatorlarining Konstantinopol saroyi peristili, shuningdek Korinf orderi ustunlarining parchalari topilgan. Biroq arxeologlarning asosiy e’tibori yopiq galereyada mahobatli saroy va peshayvonni bezatib turgan, ajoyib tarzda saqlangan mozaikalar tortadi. Aniqlangan mozaikalarning umumiy maydoni 2000 kv. m.ga teng bo‘ldi. Ushbu topilma Istanbul mozaikalar muzeyining asosi bo‘lib xizmat qilib, uni aynan shu yerda, arxeologik qazilmalar o‘rnida ochishga qaror qilinadi.

Guruh uchun tur narxi: 1–6 kishidan boshlab = 4 000 000 so‘mdan boshlanadi

(marshrut bo‘yicha obyektlarga navbatdan tashqari tashrif buyurish)

Muzeyga kirish chiptalari va tushlik turning narxiga kirmaydi, joyida to‘lanadi.

Sayyohlarning fikr-mulohazalari

Hozircha hech qanday sharh yo'q.

Fikr bildiring

Baholash